O'FFning 2014 yil yakunlariga bag'ishlangan tadbiri yakunlandi
06 mar 2015 11:09
Yangiliklar

O'FFning 2014 yil yakunlariga bag'ishlangan tadbiri yakunlandi
O'FF matbuot anjumanlari zalida 2014 yil laureatlarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Tadbirni O'FF vice-prezidenti Sardor Raxmatullaev ochib berdi
"Bugun kun mavzusidan 3 narsa o'rin oladi. Avvalo Mirabror Usmonov nutq so'zlaydilar. So'ngra taqdirlash marosimi va undan keyin O'FFning ko'krak nishoni o'z egalariga topshiriladi", - deydi Rahmatullaev
"Bugunga kelib xursand qiladigan ishlarimiz ham ko'payib boryapti. Buning uchun avvalo Respublikamiz rahbariga barchamizning nomimizdan rahmat aytaman. Mana 12 ta yangi stadion qurildi. Yoshlarning bandligini taminlash yo'lida ko'plab futbol maktablari ochilyapti. Mini-futbol maydonlari ham ko'payib boryapti. Asl yutug'imiz shu aslida. O'zbekiston futboli xalqaro va Respublika miqiyosida OFK va FIFAning oldida o'z o'rnini topdi. Buning uchun hammaga o'z minatdorchiligimni bildiraman. Mana 14ta hududiy federaciyalarni tashkil etdik. Xozirgina bosh vazir bilan suhbatda bo'ldik. U kishi ham barchaga o'z rahmatini etkazib yubordilar", - deydi Mirabror Usmonov.
"Bu yil ilk marotaba 4ta klubimi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etayapti. Men shu 4 klub vakillaridan bu musobaqaga jiddiy qarashlari va bu borada masuliyatni his etishlarini istardim. Siz bizning yuzimizsizlar. Mana FIFA va OFK kelishgan holda Markaziy Osiyo Futbol Uyushmasini bizga berdi. Bu hududda futbolni rivojlanishi bizning chekimizga tushdi. Bu jiddiy ishonch. Yana bir yangilik, aprel oyida OFKning kongressi bo'ladi bu saylovda bizdan Sardor Rahmatullaev ishtirok etadi. Umid qilamiz endi bu kishi Markaziy Osiyo nomidan bizni yuzimiz bo'lib katta yig'ilishlarda ishtirok etadi", - deydi Usmonov.
"Futbolchilarning tibbiy holatini aniqlash uchun "Futbol Med" tashkilotini ochgan edik. Endi u yopiladi. Uning o'rniga olimpiya qo'mitasi binosida juda katta tibbiet markazi ishga tushadi. Unga hali O'zbekistonga kirib kelmagan tibbiy texnikalarei olib keldik. Buni Tomas Bax ham ko'rib bunday tashkilot hali hech bir davlatda yo'qligini aytdi. Yani ham olimpiya qo'mitasi, ham tibbiy bo'lim. Rejaga ko'ra bunday uskunalar bilan kelajakda Respublikaning ham boshqa joylarini taminlash. Bizning tibbiyot markazimiz yordamida 10 daqiqa ichida tashhisni qo'yish imkoniyatiga ega bulamiz. Bu ham uning qanday kuchli texnik vositalar bilan taminlanganidan dalolat. Yangi Milliy Olimpiya qo'mitasi binosining qurilishiga 64 milliard so'm pul sarflandi", - deydi Usmonov.
"Nimaga "Paxtakor", "Nasaf" va "Bunyodkor"ning ishi yaxshi bo'lyapti? Javob oddiy: Bu jamoalar bolalar futboliga etibor qaratyapti. Mana sekin "Neftchi" ham shunga etibor bera boshladi va ularni ham ishi erta-indin yaxshi bo'ladi. Mana "Paxtakor"ni oling 4 yil qiynaldi jamoa. Lekin ularni ertasi bor edi akademiyasidan kelib chiqsak. Mana "Bunyodkor" ham shunday holdan chiqib ketyapti. Qani bolalar futboliga etibor bering. Bu yil "Keksalarni qadrlash yili". Men qiziqdim, bironta klub bu borada uz dasturiga ega emas. Bu yaxshi emas, qani bir dastur ishlangchi", - deydi Usmonov.
O'FF matbuot kotibi Baxtiyor Mametov O'FF tvitterida faol tarzda reportaj olib bormoqda.
Namangan Futbol Federaciyasi vice-prezidenti Bahrom Muhitdinovichga so'z berildi:
- O'zbekiston FFning kuchi yil sayin oshib borayapti. Biz Namanganda ham akademiya ham yangi stadionga ega bo'ldik. Bu borada O'FFning xizmati katta bo'ldi. Bu bizga ishonchni oshiradi va bu borada ish olib borishimiz kerak. Hukumatimiz rahbariga Namangan ahli nomidan rahmat aytaman.
Mirabror Usmonovning Baxtiyor Ashurmatov haqida bergan savoliga Bahrom Muhitdinovich shunday javob berdi: Bu biz uchun g'urur. Jamoamiz bosh murabbiyi OTJga yo'lboshchi bo'ldi.
Mirabror Usmonov: - Jamoaning moddiy holati qanday? vaqtida pul berilayaptimi?
- Biroz qarzdorlik bor.
Mirabror Usmonov: - Qachon qutulasizlar?
- 8 mart kuni
Mirabror Usmonov:
- Bayramgami? (zalda kulgu)
Alisher Sultonov:
- "Gulbahor"ni qachon tiklaysizlar?
- Moliyaviy holatimizdan kelib chiqib faqat "Navbahor" bilan cheklanib qoldik. "Gulbaxor"ni esa pul bilan taminlay olmayapmiz.
"Nasaf" klubi bosh menejeri SHamil Yarulin so'zga chiqdi:
- "Nasaf" haqida yaxshi gaplarni eshitish yoqimli bo'ldi. Buning uchun sizga rahmat. Bu yil OCHLda 4ta klubimiz o'ynaetgani muxlislarni qiziqishini yanada oshiryapti. Akademiyalarimiz o'sib boryapti. Markaziy Osiyo Futbol Uyushmasinining ochilishida O'FFni OFKda tutgan o'rni katta bo'ldi va bunda sizning ham xizmatingiz katta. Yana bir bor klublarimiz nomidan sizga rahmat aytamiz.
Mirabror Usmonov: - Sizlarning bunday yutuqqa erishingizda rahmatli Nuriddin Zaynievning xizmati katta bo'ldi. Undan tashqari Alisher Sultonov ham bu borada juda katta ishlarni amalga oshirdi. Mana shu ikki kishi bo'lmaganida bugun Qarshi futboli bu darajada bo'lmas edi.
Narimon Jalolov: O'FF bironta savolimizni javobsiz koldirmaydi. 19ta turnir o'tkazdik. Lekin xafa buladigan tomonimiz bor. Biz faxriylarni yodga olamiz turnir utkazamiz. Lekin ularda hozir faoliyatini davom ettirayotgan bironta futbolchi eki murabbiy ishtirok etmaydi. Axir ular sizlarning ham ustozingiz.
Xayrulla Xoliqov savoli:
- Yaqinda Baxtiyor Ashurmatov olimpiya terma jamoasiga tayinlandi. Bir murabbiyga ikkita jamoani boshkarish qiyinchilik tug'dirishi mumkin...
Mirabror Usmonov: - Bir gap aytaman. Agar olimpiya terma jamoamiz Olimpiadaga chiqa olmasa nafaqat Ashurmatov balki markazdagi barcha xodim ishdan ketadi! "Navbahor"ni shunchaki tashlab ketish ham kerak emas.
Zafar Imomxo'jaev savoli:
- Markaziy Osiyo futboliga oid turnirlar tashkil etiladimi?
Mirabror Usmonov:
- Aprel oyida katta yig'ilishimiz bor. Turli yosh toifalarda turnirlar tashkil etamiz. Biz endi uning manbasi, yani moddiy tomoni ustida bosh qotirishimiz kerak.
- Nodirxo'ja Yuldashev savoli:
Avvalo barchasi uchun sizga rahmat aytamiz. Sizga bir taklifim bor. Bugungi kunda voha va Toshket futboli ancha o'tib ketishdi. Boshqa hududlarni ham shunday rivojlantirish maqsadida regional federaciyalarni tashkil etish. Yani masalan Vodiy federaciyasi va unda Namangan, Qo'qon, Andijon va Farg'ona bo'lsa.
Undan keyin 5ta klubni etiborga aytmasa kolganlar matbuot kotibiga etibor kilmaydi. Siz o'zingiz aytmasangiz bizning gapimizga quloq solishmayapti. Keyin barcha viloyat futbol Federaciyalariga ham matbuot kotiblarini tayinlasak.
Mirabror Usmonov:
- Bu borada haqiqatdan ham ish olib borishimiz kerak. Undan tashqari sizlarni yozganlarizni doim kuzataman. 30foizga yaqinini doim o'zimga olaman. Kerakli gaplar ham ko'p buladi. Taklifingiz borasida o'rganib chiqishimiz kerak.
Taqdirlash marosimi boshlandi.
Fazliddin Sirojiddinov, Jahongir Usmonov, Miron Kim, Gali Imomov, Habibulla Abdualiev kabi futbol fidoiylariga O'FF ko'krak nishonlari topshirildi.
"Feyr Pley" sovrini - "Olmaliq" klubi
Eng yaxshi bolalar o'smirlar murabbiyi - Temur Olimxo'jaev
Eng yaxshi yosh futbolchi - Islom Kenjaboev
Eng yaxshi futzalchi - Artur Yunusov
Eng yaxshi hakam - Ravshan Ermatov
Eng eng qanot hakami - Abdulhamidillo Rasulov
Eng yaxshi to'purar - Artur Gevorkyan ("Nasaf"). Mukofotni SHamil Yarulin qabul qilib oldi.
Oliy liganing eng yaxshi murabbiyi - Samvel Babayan
Oliy liganing eng yaxshi futbolchisi - Jamshid Iskanderov
Ayollar o'rtasida eng yaxshi futbolchi - Zebo Jo'raeva ("Sevinch")
2014 yilning eng yaxshi murabbiyi - Samvel Babayan ("Paxtakor")
2014 yilning eng yaxshi futbolchisi - Odil Ahmedov ("Krasnodar")
Nodirxo'ja Yuldashev va Xayrulla Xoliqov

Fikrlar