So’nggi yangiliklar

15:41Маскерано: "Интер Майами" дунёнинг энг яхши 16 жамоаси қаторига кирди"  0 15:34"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди?  1 15:14МЮ Мбеумо учун курашда пешқадам ва у учун катта пул ажратишга тайёр  0 14:45Лотар Маттеус "Манчестер Сити"га Тер Штегенни сотиб олишни маслаҳат берди  0 14:17Жонни Эванс МЮда маълум бир лавозимга тайинланади  0 13:48Миш-мишларга қарамай, Маунт МЮни тарк этишни режалаштирмаяпти  2 13:20Илёс Зейтуллаев: "Самарқанддаги 3 очкони жамоавий ғалаба деган бўлардим"  2 13:02Мареска: "АҚШдаги об-ҳаво туфайли машқ қилиш деярли имконсиз"  0 12:34Раулнинг навбатдаги манзили Испания U-21 термаси бўлиши мумкин — музокаралар бошланди  0 12:07"Бавария" дортмундликлар юлдузини сотиб олмоқчи  0 11:39"Манчестер Сити" ҳимоячисининг дисквалификацияси узайтирилди  4 11:19Суперлига. 14-тур ҳакамлари маълум: "Насаф" – "Пахтакор" учрашувини Тўхтасинов бошқаради  26 10:40"Тоттенхэм" 20 ёшли япониялик футболчининг трансфери бўйича келишувга эришди  1 10:04Шаҳбоз Умаров “Турон“ билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси водий клуби бўлиши мумкин  7 09:33Шомуродовга А Серия жамоасидан таклиф бор  13

O'FFda hakamlar va nazoratchilar yig'ilishi bo'lib o'tdi Yangiliklar

O'FFda hakamlar va nazoratchilar yig'ilishi bo'lib o'tdi

O'zbekiston Futbol Federaciyasi majlislari zalida hakamlar va nazoratchilar ishtirokidagi navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda O'zbekiston futbol federaciyasi prezidenti Umid Ahmadjonov, federaciya xodimlari hamda O'zbekiston chempionatida faoliyat yuritayotgan hakam va nazoratchilar ishtirok etdi.

Kun tartibidagi masala O'zbekistonda hakamlik sifatini oshirish, Oliy liga, Birinchi liga hakamlari, shuningdek,  yosh hakamlar bilan ishlashni yo'lga qo'yish, hakamlarga o'quv-amaliyot seminarlarini O'zbekistonda va xorijda tashkil etish masalalari ko'rib chiqildi. Hakamlik faoliyati bilan shug'ullanayotgan mutaxassislarga federaciya rahbariyati tomonidan tegishli ko'rsatma va vazifalar berildi.

Yig'ilish davomida so'zga chiqqan O'zbekiston futbol federaciyasi prezidenti Umid Ahmadjonov quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi: “Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan yurtimizda sportni, xususan, futbolni rivojlantirish bo'yicha katta ko'lamdagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Federaciya rahbariyati bir qator islohotlar o'tkazib, yurtimizda futbolni yangi bosqichga olib chiqishga harakat qilyapti. Futbolning rivojida Siz hakamlarning ham o'z o'rningiz bor. SHu sababdan bugungi yig'ilishimizda Sizlardan o'z ishingizga professional yondoshib, o'yinlarni xolis va masuliyat bilan boshqarib borishingizni so'rayman. Oxirgi paytlarda O'zbekistonda hakamlik bilan bog'liq bo'lgan bazi kamchiliklar ko'zga tashlanmoqda. Men tushunaman, ish bor joyda, xato bo'ladi. Lekin ataylab xatolikka yo'l qo'ygan, sport principlaridan og'ishgan hakamlarga nisbatan qatiy choralar ko'riladi.

Bu kabi kamchiliklarni bartaraf etish, hakamlik saviyasini oshirish va adolatli hakamlikni taminlashni asosiy vazifalarimizdan biri deb bilaman. Mana shu maqsadda Sizlarga yaqinda Mamur Saidqosimov yangi rahbar sifatida tayinlandi. Ishonamanki, siz mutaxassislar yaqin orada yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etib, O'zbekiston chempionati va Xalqaro o'yinlarni xolis va munosib boshqarib, o'zbek hakamligini yuqori bosqichga olib chiqish uchun o'z kuch va bilimingizni ayamaymizlar”.

SHundan so'ng, yig'ilishda FIFA referisi Ravshan Ermatov so'zga chiqdi.

“Bugungi kunda yurtimizda bo'layotgan katta islohotlar jarayonida muhtaram Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoev har bir ishga adolat bilan yondoshib, bizga o'rnak ko'rsatyaptilar. Hozirgina Umid Muhammadjonovich takidlab o'tganlaridek, biz hakamlar o'z ishimizga masuliyat va adolat bilan yondoshib, muxlislarimiz ishonchini oqlashga borimizni berib harakat qilishimiz kerak. So'nggi paytlarda hakamlik bilan bog'liq yuzaga kelayotgan muammolar va muxlislar etirozlarini inobatga olib, shu xatolar ustida jiddiy ishlab, uni boshqa qaytarmaslik va har bir o'yinda sifatli hamda adolatli hakamlik namoyish etib, futbolimiz rivojiga o'z hissamizni qo'shishimiz zarur”.

Ravshan Ermatovdan so'ng Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi boshlig'i Mamur Saidqosimov o'z fikrlarini bildirib o'tdi:

“Avvalambor, menga masuliyatli ishda ishonch bildirganingiz uchun minnatdorman. Ushbu ishonchni oqlash uchun bor kuch va tajribamni ishga solishga vada beraman. Federaciya rahbariyati tomonidan hakamlar oldiga qo'yilayotgan vazifalar o'zbek hakamligini yangi bosqichga olib chiqish, FIFA va OFK standartiga tayangan holda hakamlik ishini to'g'ri yo'lga qo'yishdan iborat. Mazkur vazifalarni bajarish uchun barchamiz birlashgan holda ish olib boramiz”.

Reyting: -114   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика