So’nggi yangiliklar

11:46"Сўғдиёна" мураббийи: "Бу йилги мақсадимиз - Ўзбекистон Кубоги"  1 11:21Факт. "Сўғдиёна" Ўзбекистон Кубогида 20 йилдан сўнг "Навбаҳор"ни ютди  0 10:50"Реал" футболчиси Лига 1 чемпионатига кўчиб ўтиши мумкин  0 10:33Пролига. Бугун 13-тур якунланади  0 10:05ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади  2 09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  3 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  6 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  4 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  14 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  5 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  8

O'FF tomonidan bolalar o'rtasida “Kelajak umidlari” tadbiri o'tkazilmoqda Yangiliklar

O'FF tomonidan bolalar o'rtasida “Kelajak umidlari” tadbiri o'tkazilmoqda

Teglar :  Bolalar futboliO'FF
Mamlakatimizda bolalar futbolini rivojlantirish, joylarda bolalar va o'smirlar orasida futbolni yanada ommalashtirish borasida O'zbekiston Futbol Federaciyasi bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Toshkent shahridagi har bir tumanda joylashgan maktab va maktabgacha talim muassasalarida hamda imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash internatlaridagi tarbiyalanuvchilarni yangi yil bilan tabriklash va ularga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan sovg'alar topshirish maqsadida,   joriy yilning 25 dekabridan boshlab “Kelajak umidlari” tadbiri o'tkaziladi. Bunday tadbirlar 27 dekabrga qadar davom etadi.


Bugundan boshlangan mazkur tadbirda maktabgacha talim muassasalarining tarbiyalanuvchilari hamda maktablarning boshlang'ich sinf o'quvchilari o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida futbol va turli sport musobaqalari o'tkazilyapti. Tadbir yakunida kelajagimiz umidlari bo'lgan bolalarga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg'asi sifatida to'plar va sport formalari, shuningdek, Faxriy yorliqlar topshirilmoqda. Tadbirda O'zbekiston futbol federaciyasi masullari, taniqli futbolchilar va OAV vakillari ishtirok etmoqda.


Bu loyiha yil davomida butun respublika bo'ylab davom etadi. Respublikamizdagi talim muassasalarida tahsil olayotgan yosh bolakaylar muntazam ravishda mana shunday musobaqalarga jalb qilinib, rag'batlantirilib boriladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика