O'FF Rustam Mirsodiqovning licenziyasini bekor qildi
29 sen 2015 18:47
Yangiliklar
O'FF Rustam Mirsodiqovning licenziyasini bekor qildi
Mirsodiqovning murabbiylik licenziyasi bekor qilinishiga “Paxtakor” – “Metallurg” (3:2) o'rtasida bo'lib o'tgan o'yin sabab qilib ko'rsatilmoqda.
O'FF ijroiya qo'mitasining qarori:
1. 2015 yilning 24 sentyabrida Toshkent shahrida o'tgan “Paxtakor” hamda “Metallurg” o'yinining 83-daqiqasidan sportga oid bo'lmagan harakatlar qayd etilgan.
2. O'FFning Tartib-intizom kodeksi qoidalariga binoan “Metallurg” klubi bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqovning murabbiylik licenziyasi 2015 yilgi mavsum uchun to'xtatilsin.
3. O'zbekiston professional futbol ligasi (F.Magometov): Ijroiya qo'mitaning qaroriga binoan kerakli choralar ko'rilsin.
Eslatib o'tamiz, Toshkentda o'tgan uchrashuvda “Metallurg” 83-daqiqagacha “Paxtakor”ni 2:0 hisobida mag'lub etayotgan edi, ammo o'yin yakunida bekobodliklar o'z darvozalaridan 3ta to'p o'tkazib yuborib, g'alabani qo'ldan chiqarishgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar