O'FF raxbaridan Lokomotiv FKga qutlov keldi
11 noy 2013 11:36
Yangiliklar


O'FF raxbaridan Lokomotiv FKga qutlov keldi
Lokomotiv futbol klubi mamuriyatiga
O'zbekiston futbol federaciyasi Lokomotiv futbol klubining ahil jamoasini futbol bo'yicha 2013 yilgi oliy liga musobaqalarida ajoyib ishtirok etgan holda musobaqaning kumush medallarga sazovor bo'lganligi munosabati bilan samimiy tabriklaydi.
2013 yilgi mavsumda chempionlik poygasi har qachongidan shiddatli va qiziqarli kechdi.
O'tgan yili so'nggi turgacha davom etgan intriga, bu yil ham oxirgi turgacha saqlanib qoldi. Farqi shundaki, 2013 yilgi chempionlik poygasida 3 ta jamoa faol kurash olib bordi. CHempionlik poygasida yil sayin tajriba to'playotgan Lokomotiv o'z tarixida birinchi kumush medallarni qo'lga kiritdi.
Umid qilamanki, Lokomotiv yutuqlar pillapoyasida bugungidek, yuqori ildam ko'tarilishda davom etib, 2014 yilgi Osiyo CHempionlar ligasi musobaqasida yaxshi ishtirok etib, O'zbekiston sharafini munosib himoya qiladi.
Kumush medallar muborak bo'lsin!
O'zbekiston futbol federaciyasi prezidenti M.Z.Usmonov

Fikrlar