"O'FF Prezidenti kubogi" musobaqasida 3-tur uchrashuvlari o'tkazildi
30 noy 2025 16:34
Yangiliklar
"O'FF Prezidenti kubogi" musobaqasida 3-tur uchrashuvlari o'tkazildi
Havaskor jamoalar o'rtasida o'tkazilayotgan musobaqa shiddati shu qadar yuqoriki, bahslarni sport majmuasida tomosha qilayotgan, shuningdek O'FFning YouTube kanali orqali kuzatib borayotgan muxlislar sonining turdan turga ortib borayotgani bunga yaqqol misoldir.
3-turning barcha uchrashuvlari tomoshabop o'tdi, desak yanglishmaymiz. Ayniqsa, "Bahrayn–2025" musobaqasida qatnashgan o'smirlar terma jamoasi azolaridan shakllangan O'zbekiston yoshlar terma jamoasining Respublika Bojxona qo'mitasi futzalchilariga qarshi o'yini yuqori suratlarda kechdi. To'qqizta gol urilgan ushbu bahsda yoshlar terma jamoasi 6:3 hisobida zafar quchib, musobaqadagi birinchi g/alabasini rasmiylashtirdi.
Musobaqa mezbonlari — TATU futzalchilari "Olimpik" jamoasiga imkoniyat qoldirmadi. "Istiqlol"ning SQB jamoasini mag'lub etgani esa turning eng kutilmagan natijasi sifatida qayd etildi. Dastlabki ikki turda ham g'alaba qozongan "Parma" va "Kamol Konstrukcion" jamoalari bahsi turning markaziy uchrashuviga aylandi. Tezkor va keskin hujumlar ostida kechgan o'yin taqdirini so'nggi soniyalarda jarimadan urilgan gol hal etdi. Muhim uch ochkoni qo'lga kiritgan "Parma" musobaqaning yakka peshqadamiga aylandi.
IMV va BMB jamoalari o'rtasidagi uchrashuv esa Iqtisodiyot va moliya vazirligi jamoasining Reglamentning 6.4-bandi talablariga amal qilmagani sababli o'tkazilmadi. Natijada IMV'ga texnik mag'lubiyat, BMB'ga esa texnik g'alaba berildi.




O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar