So’nggi yangiliklar

07:26Ўртоқлик учрашуви. «Қўқон-1912» «Сўғдиёна»ни мағлуб этди   1 01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  3 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  1 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  3 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  6 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3

O'FF Prezidenti FIFA Prezidenti bilan uchrashdi Yangiliklar

O'FF Prezidenti FIFA Prezidenti bilan uchrashdi

Teglar :  O'FFFIFA
O'zbekiston Futbol Federaciyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov va O'zbekiston Futbol Federaciyasi Ijroiya Qo'mitasi azosi Bobur SHodiev bugun SHveycariyaning Cyurix shahrida FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashdi.

FIFA qarorgohida bo'lib o'tgan muzokaralar yakuniga ko'ra, O'FF Prezidenti Umid Ahmadjonovning taklifi bilan FIFA prezidenti Janni Infantino O'zbekistonga tashrif buyurishga vada berdi.

Umid Ahmadjonovning tashrifdan ko'zlagan asosiy maqsadi FIFA tasnifidagi xalqaro tadbir va musobaqalarni O'zbekistonga olib kelish bo'lib, O'FF Prezidenti Janni Infantino bilan o'zaro suhbat chog'ida o'smirlar hamda yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati, 17 va 20 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasidagi jahon chempionatini O'zbekistonda o'tkazish masalasini qizg'in muhokama qildi.

O'FF Prezidenti FIFA prezidenti bilan suhbat asnosida O'zbekiston bugungi kunga kelib, FIFA Kongressi, shuningdek, FIFAning ixtisoslashgan forumlaridan biriga  mezbonlik qilishga tayyor ekanligini malum qildi.

Muzokaralar chog'ida O'zbekiston delegaciyasi futbol targ'ibotini kuchaytirish maqsadida FIFAdan dunyo futbolining yorqin afsonalari va buguni kun yulduzlarini O'zbekistondagi yosh futbolchilarga master-klass o'tab berishi, shuningdek, jahon futbolida top-murabbiylarni O'zbekistonda nazariy va amaliy mashg'ulotlar o'tkazib berishi uchun taklif qilishda FIFAning amaliy yordam berishini so'radi. Bundan tashqari, Evropaning ko'zga ko'ringan futbol klublari va O'zbekiston klublari o'rtasida hamkorlikdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish va mutaxassislarni jalb qilgan qolda, o'zaro tajriba almashinuvini yo'lga qo'yish bo'yicha ikki tomonlama kelishuvga erishildi.

O'zbekiston Futbol Federaciyasining barcha turdagi faoliyatini, ayniqsa, moliyaviy jihatdan shaffoflashtirish bo'yicha yangi strategik reja barpo qilayotgan Umid Ahmadjonov FIFA rahbari bilan “Forvard” loyihasi bo'yicha muzokaralar olib bordi. Natijada 2018 yilning oxirigacha O'zbekiston futboliga 3.5 million AQSH dollari, 2019 yilda esa yana 1.5 million dollar O'FF hisobiga o'tkazib beriladi.

“Bu pullar qaerdan keladi?” degan savolga FIFAga yangi prezident bo'lib saylangan Kongressda Janni Infantino tomonidan so'zlangan nutqni javob tariqasida keltirish mumkin. Meksikada bo'lib o'tgan Kongressda Infantino FIFAning daromadi unga azo federaciyalarga taqsimlab berilishi kerakligini baralla aytgan edi. Ana shu gaplarning isboti tariqasida Infantino yangi rivojlantirish loyihasini ishga tushirdi. Mazkur loyiha doirasida FIFAga azo har bir federaciya, shu jumladan O'zbekiston ham, 4 yil muddatga 5 million AQSH dollari miqdorida pul oladi. Bu pullar FIFAning “Forvard” loyihasi reglamentida aytib o'tilganidek federaciyaning ishini yuritish, mamuriy boshqaruv ishlari, shuningdek, terma jamoalar, Respublika miqyosidagi musobaqalarni o'tkazish, veb-sayt ishlarini takomillashtirish kabi alohida belgilab qo'yilgan ishlarga sarflanishi kerak. Amaliy ishlar tugagach, FIFA 5 million AQSH dollarini 4 yil ichida o'rnatilga tartibda federaciyalarga audit asosida o'tkazib beradi.



Alohida takidlash kerakki, Umid Ahmadjonovning FIFA bilan muzokaralari natijasida maxsus loyihalar uchun FIFA bilan 2017-2018 yilgi davrga 1,5 million AQSH dollari miqdorida shartnoma imzolanadigan bo'ldi. Ahmadjonovning topshirig'i asosida Toshkentda ushbu shartnoma shartlarini bajarish bo'yicha ishchi guruhi tuzilib, unga belgilangan muddat ichida barcha xujjatlarni Cyurixga yuborish vazifasi birlamchi qilib qo'yildi. Bundan tashqari 2016 yilgi maxsus loyihalar uchun o'z hisobidan mablag' ishlatib turgan O'FFga harajatlarni qoplash maqsadida 1 million AQSH dollarini o'tkazib beriladigan bo'ldi. Janni Infantino kelgusida FIFAning futbolni rivojlantirishga yo'naltirilgan moliyaviy grant dasturlarida O'zbekistonning faol ishtirok etishiga umid bildirdi.

Umid Ahmadjonov va Janni Infantino o'rtasidagi suhbatda FIFAning “Gol-4” loyihasi bo'yicha O'FFning hisob raqamiga o'tkazilishi kerak bo'lgan mablag'larni kechiktirmasdan olish, milliy terma jamoaga avtobus sotib olish uchun ajratiladigan mablag'ning miqdorini oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.
“Gol-4” loyihasi FIFAning sobiq prezidenti Zepp Blatter davridagi rivojlantirish loyihalarining oxirgisi bo'lib, uning doirasida O'zbekiston Futbol Federaciyasiga 500,000 AQSH dollari miqdorida mablag' beriladi. Bu pullarning bir qismi allaqachon O'zbekiston Futbol Federaciyasi binosini qayta tamirlash uchun ishlatilgan. Qolgan qismi esa milliy terma jamoaga yangi avtobus sotib olish uchun sarflanadi. SHu tariqa O'FF FIFAning “Gol” loyihalaridagi ishtirokini tamomlaydi.

 “Biz O'zbekiston Futbol Federaciyasining faoliyatini shaffoflashtirish orqali ishqibozlarning mamlakatimiz futboliga bo'lgan hurmat va etiborini, ishonchini qaytarishni maqsad qildik. Federaciya endilikda, barcha turdagi faoliyatlar, shu jumladan, moliyaviy operaciyalar haqida vaqti-vaqti bilan hisobot berib turadi”, - deydi Umid Ahmadjonov Infantino bilan uchrashuvdan keyin O'FF matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Umid Ahmadjonov boshchiligidagi O'FF delegaciyasi SHveycariyadan Toshkentga shu hafta oxirida qaytib keladi.

O'FF matbuot xizmati

Reyting: +84   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика