So’nggi yangiliklar

01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  16 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  16 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  1 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0 20:50"Машъал" Про-лига вакили билан назорат ўйинида 2 тўп фарқидаги ғалабани ушлаб қола олмади  3 20:29"Шўртан" 4 футболчини таркибига қўшиб олганини маълум қилди  2 19:58"Манчестер Юнайтед" Уоткинс борасида музокараларни давом эттирмоқда  5

O'FAda yig'ilish o'tkazildi Yangiliklar

O'FAda yig'ilish o'tkazildi

Bugun O'zbekiston futbol associaciyasida hududiy futbol associaciyalari vice-prezidentlari va futbol akademiyalari direktorlari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi, deya xabar bermoqda O'FA rasmiy sayti.

Yig'ilishni O'FA Birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov olib bordi. Yig'ilishda hududiy bolalar-o'smirlar futbol akademiyalari faoliyati tanqidiy ko'rib chiqildi.

Birinchi navbatda futbol akademiyalarining infratuzilmasini yaxshilash, sifatli maydonlar barpo qilish, akademiya tarbiyalanuvchilariga barcha shart-sharoitlarni muhayyo qilish masalalari muhokama qilindi.

Umid Ahmadjonov mamlakatda futbolni rivojlantirishda akademiyalarning ahamiyati yuqori ekanini takidlar ekan, akademiyalarning asosini mustahkam qilib shakllantirilish asosiy vazifalardan biri ekanini aytib o'tdi.

Bu borada futboli rivojlangan xorij akademiyalari tajribasidan faol ravishda foydalanish zarurligi ham takidlandi. Jumladan, Qatar milliy terma jamoasining so'nggi Osiyo Kubogidagi muvaffaqiyatida bu mamlakatda faoliyat yuritayotgan "Aspire" akademiyasi, u erda ishlayotgan xorijiy mutaxassislarning o'rni katta ekani qayd etib o'tildi. SHundan kelib chiqib, yurtimizdagi hududiy bolalar-o'smirlar futbol akademiyalari direktorlari va murabbiylarini malaka oshirish va tajriba o'rganish uchun futboli rivojlangan Ispaniya, Italiya, Gollandiya kabi mamlakatlar akademiyalariga safarga yuborish bo'yicha ham topshiriqlar berildi.

SHuningdek, hududiy bolalar-o'smirlar futbol akademiyalaridagi bo'sh ish o'rinlarini malakali mutaxassislar bilan to'ldirish, yuqori saviyali murabbiylarni bu erga jalb qilish masalalari ham ko'rib chiqildi.

Reyting: -72   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика