O'FAda “Sport kunlari” musobaqasi start oldi
16 dek 2020 19:30
Yangiliklar
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoniga muvofiq O'zbekiston futbol associaciyasi, O'zbekiston Professional futbol ligasi hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar futbol associaciyalari xodimlari o'rtasida do'stona muhitni mustahkamlash, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida “Sport kunlari” musobaqasi o'tkazilmoqda.

Bugun O'zbekiston futbol associaciyasi hududida sportning stol tennisi va badminton turlari bo'yicha bellashuvlar bo'lib o'tdi. Quyida dastlabki kungi natijalar bilan tanishishingiz mumkin.
Stol tennisi (erkaklar)
1-o'rin: SH.Ashirov (Terma jamoalar bo'limi mutaxassisi)
2-o'rin: R.Mavlyanov (O'zPFL mutaxassisi)
3-o'rin: M.Sultonov (Bolalar, o'smirlar va ommaviy futbolni rivojlantirish bo'limi mutaxassisi)
Badminton (ayollar)
1-o'rin: Y.Panina (Musobaqalarni o'tkazish bo'limi mutaxassisi)
2-o'rin: N.Jalolova (O'zPFL mutaxassisi)
3-o'rin: A.Tatlimuratova (Xalqaro aloqalar bo'limi mutaxassisi)
Ertaga O'zbekiston futbol associaciyasi, O'zbekiston Professional futbol ligasi hamda hududiy futbol associaciyalari xodimlaridan iborat futbol jamoalari o'rtasidagi chempionatning guruh bosqichi uchrashuvlari bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar