O'FA Tohir Kapadzeni nafaqaga kuzatib qo'ydi
11 may 2018 10:37
Yangiliklar
O'FA Tohir Kapadzeni nafaqaga kuzatib qo'ydi
Bugun O'zbekiston futbol Associaciyasida Farg'ona futboli rivojiga uzoq yillar davomida katta hissa qo'shib kelgan, Farg'ona viloyati futbol Associaciyasi vice-prezidenti lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Tohir Kapadzeni nafaqaga kuzatish marosimi bo'lib o'tdi.
O'FA rahbariyati Tohir Veysalovich Kapadzega futbol sohasidagi uzoq yillik samarali faoliyati va fidoiy mehnati uchun minnatdorchilik bildirib, tashakkurnoma taqdim etdi.
SHuningdek, milliy ananalarimizga muvofiq Tohir Kapadzega zarbof to'n kiydirildi. Bundan tashqari, O'zbekiston futbol Associaciyasi nomidan esdalik sovg'alari topshirildi.
O'z o'rnida Tohir Kapadze ko'rsatilgan etibor uchun O'FA rahbariyatiga minnatdorchilik bildirar ekan, endi davr yoshlarniki ekanini, yosh mutaxassislarga futbol rivoji yo'lida amalga oshirayotgan chora-tadbirlari davomida maslahatgo'y bo'lishga tayyorligini malum qildi.

O'FA rahbariyati Tohir Kapadzening keyingi faoliyatiga omad tilab qoladi!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Расман: Тимур Кападзе — "Навбаҳор" бош мураббийи!
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади
Суперлига. Голи инобатга олинмаган ва бир киши кам қолган "Пахтакор" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотганига қарамай, мавсумни иккинчи ўринда якунлади
Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" меҳмонда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаев гол урди!
Fikrlar