So’nggi yangiliklar

14:16Осиё Кубоги-2027 саралаш. Тожикистонда дуранг, Туркманистонда ғалаба  0 14:15Месси Хамесга Аргентина ва Колумбия ўйини вақтида: "Сен жуда кўп гапиряпсан"  1 14:01Игорь Сергеев: "Йиғлаб юборишимга бир бахя қолди"  8 13:27Сане "Бавария"ни тарк этишга қарор қилди. Вингер "Галатасарой"га ўтишга яқин  0 13:15"Манчестер Сити" 70 млн. еврога ярим ҳимоячи сотиб олди  1 12:56"Пахтакор" ва ўзбек футболи афсоналаридан бири Аҳрол Иноятов 80 ёшда  1 12:43Коларов Кивунинг "Интер"даги штабига киради. У Сербия ёшлар терма жамоасини бошқараётган эди  0 11:41Аллегри "Милан" Адриен Рабьо билан шартнома имзолашини хоҳлайди  0 11:10ЖЧ-2026 саралаши. Анчелотти Бразилияни Жаҳон чемпионатига олиб чиқди  2 11:00Пролига. Бугун 9-турга старт берилади  0 10:38Марк-Андре тер Штеген фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  4 10:11Италия термасини бошқаришга асосий номзод маълум  5 09:45Клоппнинг икки нафар собиқ ёрдамчилари “Манчестер Сити“ билан шартнома имзолади  3 09:18He we go! “Ливерпуль“ ёзнинг энг катта трансферини ҳал қилди  5 08:51Клаудио Раньери қарорини маълум қилди  2

O'FA tanlovidan fotomaqola Yangiliklar

O'FA tanlovidan fotomaqola

Xabaringiz bor, bugun O'zbekiston futbol associaciyasida futzal bo'yicha bo'lib o'tgan Osiyo chempionatini faol yoritgan OAV tashkilotlarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

"Musobaqa davomida faoliyat olib borgan barcha-barchangizga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Qita chempionatida yurtimiz sharafini munosib himoya qilishimizda OAV va muxlislarning ham o'rni katta bo'ldi. Aslida bu sovg'alar, qilgan mehnatingiz oldida hech gap emas. Undanda katta sovg'alarga munosibsizlar. Associaciyamiz nomidan barchangizga omad va salomatlik tilayman", - deya tadbirni ochib berdi O'FAning birinchi Vice-prezidenti Muxtor Hoshimov .

SHundan so'ng g'olib va sovrindorlarga maxsus sovg'alar taqdim etildi.



"Sport TV"dan sovg'ani kanal bosh rejissyori Erkin Isomiddinov qabul qilib oldi.


"O'zbekiston futboli" gazetasi bosh muharriri Oybek Yunusovga atalgan sovg'ani O'FA direktori Rustam Tolibjonov topshiryapti.


Rustam Umarov esa "Championat.asia"ga atalgan sovg'ani Nodirxo'ja Yuldashevga topshirdi. Endi bu TVda futzal o'rtasidagi jahon chempionatini tomosha qilamiz.


Ko'ngilochar kanal bo'lsada, "MY5" kanalining ijodkorlari ham futzal o'rtasidagi qita chempionatini yoritib bordilar va tanlovda uchinchi o'rin sohibi bo'ldilar.


Zafar Qosimov esa "Uff.uz" hamda "InterFutbol" gazetasi nomidan o'z sovg'alarini qabul qilib oldi.


Sanjar Rizaev esa "Oriat Dono" radiokanali uchun atalgan sovg'ani tashkilot uchun qabul qilib olayapti.


Komil Jumaev O'zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi barcha o'yinlarni "O'zbekiston" radiokanaliga to'g'ridan - to'g'ri sharhlab bordilar va haqli ravishda sovrindorlar qatoridan joy oldilar.


Saytimiz uchun quvonarlisi shunda bo'ldiki, tadbir yakuniga etganidan so'ng, futzal bo'yicha Osiyo chempionatini va so'nggi yillar davomida futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatini yoritib borayotgan "Championat.asia" uchun maxsus sovg'a taqdim etildi. Sovrinni O'FA vice-prezidenti Jahongir Usmonov nomidan, direktor Rustam Tolibjonov topshirdi.



Tadbir yakunida barcha esdalik uchun suratga tushdi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика