So’nggi yangiliklar

07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  32 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1

O'FA rahbariyati O'zbekiston yoshlar terma jamoasi azolari bilan uchrashdi Yangiliklar

O'FA rahbariyati O'zbekiston yoshlar terma jamoasi azolari bilan uchrashdi

Xabaringiz bor, joriy yilning 6-10 noyabr kunlari Saudiya Arabistonida U-19 Osiyo CHempionati-2020 saralash bahslari o'tkaziladi.

Saralash bahslariga hozirlik jarayoni olib borayotgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bugun poytaxtdagi yig'inni yakunlaydi va ertaga qita chempionati saralashida ishtirok etish uchun Xobar shahriga yo'l oladi.

Bugun O'FA Birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov Otabek G'ulomxo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi azolari bilan uchrashdi va terma jamoamizga saralash bahslarida omad tiladi.

-  19 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati-2020 final bosqichi kelasi yili yurtimizda bo'lib o'tadi. Lekin avvalo ushbu yosh toifasidagi terma jamoamiz oldida saralash bahslarini muvaffaqiyatli o'tkazish vazifasi turibdi. O'zbekistonning har bir yoshdagi terma jamoasidan muxlislarimiz yuksak natijalar kutishadi. SHu boisdan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ham saralashdagi har bir uchrashuvda ishonchli o'yin namoyish etib, xalqimizga chiroyli g'alabalar taqdim etishini kutamiz. Futbolchilar hamda murabbiylar shtabiga oldindagi musobaqada omad tilaymiz. Ishonamizki, yurtimizga yorug' yuz bilan qaytasizlar, - deya takidladi Ravshan Ermatov.

Qayd etish joiz, O'zbekiston U-19 terma jamoasi saralashning “F” guruhidan o'rin olgan va guruhda Saudiya Arabistoni, Hindiston hamda Afg'oniston terma jamoalari bilan bahs olib boradi. U-19 Osiyo CHempionati-2020 saralash bahslari Saudiya Arabistonidagi Xobar shahrida o'tkaziladi.

Otabek G'ulomxo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Saudiyaga ertaga yo'l oladi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика