So’nggi yangiliklar

08:39“Навбаҳор“ “Нефтчи“ футболчиси билан 2 ярим йиллик шартнома тузди  2 08:13Салоҳ барча даврларнинг энг яхши африкалик футболчи ким деган саволга жавоб берди  4 07:47“Навбаҳор“ Одиловнинг ўрнига бразилиялик футболчини олиб келмоқда  6 07:20Суперлигада иккинчи давра бошланишига 10 кун қолганида навбатдаги истеъфо рўй берди  5 00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  2 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  3 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  7 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  13 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  3 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  13 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  17 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3

O'FA rahbariyati OFK masullari bilan kelishilgan o'yinlar va totalizatorga qarshi kurash bo'yicha uchrashuv o'tkazdi Yangiliklar

O'FA rahbariyati OFK masullari bilan kelishilgan o'yinlar va totalizatorga qarshi kurash bo'yicha uchrashuv o'tkazdi

Ravshan Ermatov boshchiligidagi O'FA delegaciyasi ayni paytda Malayziyada bo'lib turibdi.

Xabaringiz bor, 15 iyul kuni bo'lib o'tgan O'zbekiston futbol associaciyasining navbatdan tashqari Konferenciyasida O'FA Prezidenti Abdusalom Azizov mamlakatimizda futbol rivoji uchun amalga oshiriladigan ishlar xususida gapirib, futbolimizni orqaga tortayotgan illatlardan bo'lgan kelishilgan o'yinlar va totalizatorda ishtirok etish kabi holatlar bilan keskin kurash olib borilishini takidlagan edi.

SHu boisdan ayni paytda Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda joylashgan Osiyo futbol konfederaciyasi bosh qarorgohida bo'lib turgan Ravshan Ermatov boshchiligidagi O'FA delegaciyasi OFKning ushbu yo'nalish bo'yicha masullari – AFC Integrity departamenti rahbari Ahmed Alosaymi hamda Sportradar kompaniyasi direktori Oskar Brodkin bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuv chog'ida OFK vakillari O'zbekistondagi ichki musobaqalarda kelishilgan o'yinlar tashkil etilishiga qarshi kurashda O'zbekiston futbol associaciyasini to'liq qo'llab-quvvatlashini hamda bu borada o'zaro hamkorlikda ish olib borishga tayyor ekanini malum qilishdi. O'z navbatida Ravshan Ermatov ham mamlakatimizda futbolning rivoji uchun to'sqinlik qilayotgan turli qing'irliklardan holi bo'lish muhim ekani, kelishilgan o'yinlar va totalizatorga qarshi kurashda O'FAning qita futbol konfederaciyasi bilan hamjihatlikda faoliyat olib borishi yanada samara berishini takidladi.

SHuningdek, FIFA hakamlar qo'mitasi raisi o'rinbosari Hani Ballan hamda OFK hakamlar boshqarmasi direktori SHamsul Maydin bilan ham uchrashuv o'tkazildi. Unda Osiyodagi va O'zbekistondagi hakamlikni rivojlantirish, hakamlar saviyasi va mahoratini oshirish uchun seminarlar tashkil etish, hakamlikni havaskorlikdan professional yo'nalishga o'tkazish, VAR tizimi kabi masalalar muhokama qilindi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика