So’nggi yangiliklar

21:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 - Япония U-23  8 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  2 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  1 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  9 18:13АПЛ топ-клублари "Ал Ҳилол" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  2 17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  3 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  4 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  4 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  21 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  9 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  6 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1

O'FA rahbariyati klublar bosh murabbiylari, shuningdek, hududiy akademiyalar direktorlarining mavjud kamchiliklar bo'yicha fikrlarini tingladi Yangiliklar

O'FA rahbariyati klublar bosh murabbiylari, shuningdek, hududiy akademiyalar direktorlarining mavjud kamchiliklar bo'yicha fikrlarini tingladi

Teglar :  MurabbiylarO'FA
Bugun O'zbekiston futbol associaciyasida Superliga klublari rahbarlari hamda bosh murabbiylari, hududiy bolalar-o'smirlar futbol akademiyalari direktorlari, shuningdek, Professional futbol ligasi vakillari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev ham bevosita qatnashgan yig'ilish avvalida Ravshan Ermatov barcha avvalo “futbol tili”da so'zlashishi muhim ekanini, futbolga xizmat qilish yo'lida har bir ishga adolat bilan yondoshish zarurligini alohida qayd etib, ishni avvalo klublar vakillarini tinglashdan boshlash, klublarni qiynayotgan muammo hamda kamchiliklarni bartaraf etish juda muhim ekanini takidlab o'tdi. Bu borada esa bildirilarigan barcha fikrlar va takliflar O'FA tomonidan tahlil etilib, albatta inobatga olinishi taminlanadi.

Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan yig'ilishda klublar bosh murabbiylari, akademiyalar rahbarlari, Professional futbol ligasi vakillari mavjud kamchiliklar yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Xabaringiz bor, kuni kecha vazirlik hamda O'FA rahbariyati Toshkent viloyati hamda Toshkent shahri bolalar-o'smirlar futbol akademiyasiga tashrif buyurib, u erdagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishgan edi. Bu jarayonda bir qator kamchiliklar va muammolar aniqlangani bor gap. SHu maqsadda bugungi yig'ilishda hududiy bolalar-o'smirlar futbol akademiyalari direktorlari ham ishtirok etishdi va ishni to'g'ri yo'lga qo'yish, qolaversa, tarbiyalanuvchilarning akademiyani tamomlagach klublar safiga borib qo'shilishida uzilishlar bo'lmasligini taminlash uchun bevosita klublar bilan yaqindan hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha o'z takliflarini taqdim etishdi.

Qolaversa, kamchiliklarni bartaraf etishda jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev hukumat tomonidan amaliy yordam ko'rsatilishini bildirdi.

SHuningdek, Superliga klublari vakillari o'zlarini qiynayotgan aksariyat masalalar bo'yicha murojaat etishdi. Qolaversa, sport boshqaruvi hamda klublar yoki akademiyalarda faoliyat olib boradigan menejer mutaxassislar tayyorlash uchun xalqaro futbol tashkilotlaridan amaliy ko'mak so'rash bo'yicha takliflar ham bildirildi.

Bundan tashqari joriy yilgi Musobaqalar Reglamentining ayrim bandlaridan xulosa qilgan holda kelasi mavsum uchun bazi o'zgartirish yoki to'ldirishlar kiritish bo'yicha taklif va mulohzalar ham taqdim etildi.

O'zbekiston futbol associaciyasi hamda Professional futbol ligasi futbol jamoatchiligi, xususan, klublar tomonidan milliy futbolimiz hamda ichki chempionatimiz saviyasini ko'tarishga xizmat qiladigan har qanday takliflarni o'rganib chiqish va amalga tatbiq etish uchun ochiq, bundan buyon har qanday murojaat albatta atroflicha o'rganib chiqilishi taminlanadi.

Reyting: -38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика