So’nggi yangiliklar

23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  0 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  0 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  60 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  9 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  8 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1

O'FA jahon chempionati har ikki yilda o'tishini qo'llab-quvvatlaydi Yangiliklar

O'FA jahon chempionati har ikki yilda o'tishini qo'llab-quvvatlaydi

O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov FIFAning yangi g'oyasiga javoban dunyo futboli ommasiga murojaat qildi.

Unda o'zbekistonlik futbol muxlislarining 30 yillik orzusi hisoblangan jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyati oshishiga xizmat qiladigan FIFA tashabbusi qo'llab-quvvatlandi.

Eslatib o'tamiz, FIFA jahon chempionatini har ikki yilda bir marotaba o'tkazish istagida. 

"Assalomu alaykum!

Bugungi, hammamiz uchun sinovli kunlarda sog'-omonsiz degan umiddaman. 

Men O'zbekiston futboli oilasining FIFA jahon chempionati bo'yicha fikri bilan o'rtoqlashmoqchiman. 

Jahon chempionati futboldagi cho'qqi hisoblanadi. Bu sport bilan shug'ullanishni boshlagan inson borki, mundialni orzu qiladi. Ammo bu juda kam sonli mahoratli futbolchilarga nasib etadi. Sababi JCH to'rt yilda bir marotaba o'tkaziladi. Saralash bosqichi esa juda ham murakkab va unda bazida top-jamoalar ham yo'llanmasiz qoladi. Futbolchilik faoliyati juda qisqa, milliy jamoalarda raqobat kuchli. Bir bosqichda o'ynagan futbolchi 4 yildan so'ng keyingi bosqichda jamoaga boshqa chaqirilmasligi mumkin. Qolaversa, jarohatlarni ham unutmaslik kerak. SHunday ekan, jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyatining oshishi butun dunyo futbolchilari, murabbiylari, hakamlari va albatta, muxlislari qo'llab-quvvatlasa kerak, deb o'ylayman. 

Misol uchun, hakamlarni olaylik. Men bilgan ko'plab istedodli hakamlar 4 yillik bosqichda ro'yxatdan chetda qolgan. FIFA taklif qilayotgan 2 yillik bosqichning yutug'i shundaki, futbolchilar va futbolga aloqador barcha mutaxassislarning mundial orzusi amalga oshish imkoniyati yanada ortadi. Qolaversa, agar qita chempionatlari ham shu tizimga o'tsa, biz har yili terma jamoalar miqyosida katta final turnirlari guvohiga aylanishimiz mumkin. FIFAning futbolni rivojlantirish bo'limi rahbari Arsen Vengerning bu boradagi taklifi bilan tanishar ekanmiz, yana bir muhim jihatga etibor qaratishimiz zarur. Saralash bahslarining optimallashtirilishi. Yani, mavsumda ikki marta terma jamoalar saralash bahslari uchun yig'ilishadi va yo'llanmalar uchun o'yinlar o'tkazishadi. Boshqa payt futbolchilar klublarning ixtiyorida bo'lishadi va uzoq safarlardan keyingi toliqish muammosiga kamroq duch kelishadi. Biz bu taklifni futbol uchun foydali deb hisoblaymiz. 

Hakamlik faoliyatim davomida biz ham yirik musobaqalarni intizorlik bilan kutardik. Endi esa mamlakatimiz futbolining rahbarlaridan biri sifatida terma jamoamizning mundialda qatnashishini niyat qilaman. Zero, jahon chempionati ishtirokchisi bo'lish o'zbekistonlik futbol muxlislarining 30 yillik orzusi hisoblanadi. O'zbek futboli ommasi FIFAning bu boradagi tashabbusini qo'llab-quvvatlaydi. Futbolni birgalikda rivojlantiramiz!", – Ravshan Ermatov.

Reyting: -31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика