So’nggi yangiliklar

01:19"Милан" "Торино" футболчисининг трансферини эълон қилди  0 01:13"Милан" Асенсио билан музокаралар ўтказмоқда  0 00:45"Ливерпуль" 20-рақамни "музлатди"  3 00:17"Ал Қодисия" А Серия тўпурари учун 40 млн евро тўлашга тайёр  0 23:57"Бунёдкор" ва "Локомотив" собиқ устози "Хўжанд" бош мураббийига айланди  0 23:36Акмал Рустамов: "Омад биз томонда бўлди"  1 23:14Элдор Мойлиев: "Сирожиддин Қўзиев легионерга айланди"  1 22:58Ди Марцио Элдор Шомуродовнинг янги жамоасини маълум қилди  15 22:40Расман: Абрахам яна "Рома"дан кетди, бу сафар бутунлайга  2 22:19Суперлига. Турнир тубидагилар тўқнашувида "Қизилқум" меҳмонда "Шўртан"дан устун келди  8 21:50Ансу Фати: "Барселона"дан доимо миннатдорман"  0 21:25Расман: Мирко Йеличич "Олимпик"дан кетди  3 21:15МЮ собиқ мураббийи Санчо ҳақида: "У машғулотларда энг зўрларидан бири эди, лекин..."  1 20:44"Зенит"га ўтган футболчи "Ал Насср"да 30 млн евро маош олиши мумкин эди  0 20:05"Флуминенсе" сардори Тиаго Силванинг нутқи тармоқларни "портлатмоқда"  5

O'FA hamda MOQ rahbariyati O'zbekiston olimpiya terma jamoasi murabbiylari bilan uchrashdi Yangiliklar

O'FA hamda MOQ rahbariyati O'zbekiston olimpiya terma jamoasi murabbiylari bilan uchrashdi

Yanvar oyida Tailandda 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Unda Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Avval xabar berganimizdek, ertadan olimpiyachilarimiz musobaqaga tayyorgarlik doirasidagi so'nggi yig'inga kirishadi.

Yig'in oldidan esa O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston futbol associaciyasi rahbariyati Olimpiya terma jamoamiz murabbiylar shtabi bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuv davomida terma jamoa oldiga qo'yilgan vazifalar, oldindagi yakuniy o'quv-mashg'ulot yig'ini, Osiyo chempionatiga olib borilgan tayyorgarlik jarayoni muhokama qilindi. MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov va O'FA Birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov Lyubinko Drulovich boshchiligidagi murabbiylar shtabi bilan do'stona muloqot qilib, terma jamoadagi ichki muhit, futbolchilarning jismoniy hamda ruhiy tayyorgarligi bilan qiziqishdi. Terma jamoa azolariga zarur barcha shart-sharoit yaratib berilishi, ularning bor diqqat-etiborlari faqat va faqat oldindagi masuliyatli musobaqaga qaratilishi lozim ekani takidlandi.

O'z navbatida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi murabbiylar shtabi bunday qo'llab-quvvatlashdan mamnun ekanliklarini bildirib, terma jamoaning barcha azolari Osiyo chempionatiga jiddiy tayyorgarlik olib borayotgani va zimmalaridagi ulkan masuliyatni his etib turishganini, nasib etsa qita birinchiligida bor mahorat ishga solinishini takidlashdi.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика