So’nggi yangiliklar

14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  0 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  4 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  4 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  7 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  14 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  2 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  2

O'FA Baxtiyor Qosimovga OKMKda o'ynashga ruxsat bermadi Yangiliklar

O'FA Baxtiyor Qosimovga OKMKda o'ynashga ruxsat bermadi

2023-yil 15-sentyabr kuni O'zbekiston futbol associaciyasi Futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Kun tartibidan OKMK futbol klubining futbolchi Baxtiyor Qosimovni klub tarkibida O'zbekiston Professional futbol ligasi musobaqalarida ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi murojaatini ko'rib chiqish masalasi o'rin oldi. Unga ko'ra, Qatar davlatining “Al-Xor” futbol jamoasida faoliyat ko'rsatgan Baxtiyor Qosimovni transfer oynasi vaqtidan tashqari bo'lgan davrda ro'yxatdan o'tkazishda amaliy yordam berish so'ralgan.


O'zbekiston futbol associaciyasi Futbolchilarning maqomi va transferi bo'yicha reglamentining 6-moddasi, 6.1-bandida futbolchi O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan yiliga ikki marta ro'yxatdan o'tkazish uchun belgilangan davrlardan birida ro'yxatdan o'tkazilishi mumkinligi, ushbu qoidadan istisno tariqasida ro'yxatdan o'tkazish davri yakunlangunga qadar shartnoma muddati tugagan yoki shartnomasi uzrli sabab bo'yicha tugagan professional futbolchi ushbu ro'yxatdan o'tkazish davridan tashqari ro'yxatdan o'tkazilishi mumkinligi, associaciya bunday professional futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishga tegishli musobaqaning sport yaxlitligiga etarlicha diqqat-etibor qaratish shartida ruxsat berilishi belgilangan.


Bunda, ro'yxatdan o'tkazish davridan tashqari ro'yxatdan o'tkazilishi mumkinligi, associaciya bunday professional futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishga tegishli musobaqaning sport yaxlitligiga etarlicha diqqat-etibor qaratish shartida ruxsat berilishi obektiv omil sifatida qayd etilgan.


Hozirda Superliga musobaqasining 19-tur o'yinlari arafasida turilgani, musobaqa yakuniga qadar 8 tur qolganligi, jamoalar o'rtasida yuqori o'rinlarni egallash uchun raqobat yanada kuchaygani, aynan OKMK futbol klubi uchun transfer oynasidan tashqari bo'lgan vaqtda yangi futbolchini ro'yxatdan o'tkazish boshqa futbol klublarining manfaatiga zid ekanligi, futbol klublarining sport natijalariga jiddiy tasir etishi hamda sport yaxlitligini buzilishiga olib keladi degan xulosaga kelindi.


Yuqoridagilarga asoslangan holda Futbolchilarning maqomi va transferi bo'yicha reglamentining 6-moddasi, 6.1-bandidan kelib chiqib, O'zbekiston futbol associaciyasi Futbolchilarning maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitasi OKMK futbol klubi tomonidan futbolchi Baxtiyor Qosimovni O'zbekiston Professional futbol ligasi musobaqalarida ishtirok etish uchun ikkinchi davra davom etayotgan, qolaversa chempionat va kubok bahslari hal qiluvchi pallaga kirgan davrda ro'yxatdan o'tkazilishi sport yaxlitligini buzilishiga olib kelishi sababli futbol klubining bu boradagi murojaatini qanoatlantirishni rad etish bo'yicha qaror qabul qildi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика