So’nggi yangiliklar

10:45"Ал Насср" бразилиялик иқтидорни сотиб олди  1 10:14"Romaspress" нашри бугунги учрашув учун римликларнинг эҳтимолий таркибини эълон қилди  2 09:45Flashscore. Раҳмоналиев ва Ашурматов кечаги мағлубиятдан сўнг неч баҳога лойиқ кўрилди  1 09:19"Рома" етакчиларидан бири фаолиятини Саудияда давом эттиради  1 09:15Туркия чемпионати. "Галатасарой"да йирик ғалаба, Батшуайи пенальтидан гол ура олмади  2 08:47Sofascore. Кечаги учрашувда Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:35А Серия. Лукаку "Наполи" сафида дебют голини урди, Абрҳам "Милан"даги биринчи ўйинида ассист амалга оширди  4 08:20"Вест Хэм" футболчиси Хебай жамоасига кўчиб ўтди  2 07:52Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:19А Серия. «Милан» яна ғалаба қозона олмади,«Наполи»дан эса супер камбек  1 01:44Гринвуд "Марсель" сафида Лига 1даги 3та ўйинда 5та гол урди. Бу ишни сўнгги 50 йилда фақатгина Балотелли қила олганди  4 01:20Холанд АПЛдаги 30 йиллик натижани такрорлади  6 00:53"Барса" 2016 йилнинг декабридан бери илк бор 7+ тўп фарқи билан ғалаба қозонди  7 00:20АПЛ. Иккита тўп фарқи билан ғалаба қозонаётган "Эвертон" ўйиннинг сўнги дақиқаларида 3 та гол ўтказиб оғзидаги ошни олдирди  9 00:10Ла Лига. "Атлетик" — "Атлетико" ўйини тақдирини 90+2 дақиқадаги гол ҳал қилди  9

"OF": "Kengurular" Germaniyada (4-son) Yangiliklar

"OF": "Kengurular" Germaniyada (4-son)

Osiyo futboliga bag'ishlangan loyihamizning 4-sonida Avstraliya terma jamoasi haqida qisqacha malumot beramiz.

2006 yilda Avstraliya terma jamoasi o'z tarixida birinchi va hozircha oxirgi marta jahon chempionati pley-off bosqichiga chiqdi. Quyida o'sha musobaqa haqida:

Saralash turniri 

Avstraliyaliklar azaldan Okeaniya mintaqasida barcha raqiblaridan 2-3 qadam oldinda bo'lishgan (Osiyo futbol konfederaciyasiga o'tishidan avval) va boshqa qita vakillari bilan o'tkaziladigan o'tish o'yinlari ular uchun doim jiddiy to'siq sanalgan.

SHunday qilib, Avstraliya terma jamoasi bu gal ham barcha raqiblarini osonlikcha mag'lub qildi. Boshqalarning saviyasiga baho berish uchun Solomon orollari bilan 2 o'yinni eslashning o'zi kifoya (7:0, 2:1). Urugvay terma jamoasiga qarshi pley-offdan oldin avstraliyaliklar "Konfederaciyalar kubogi-2005"da ishtirok etishdi (guruhda 3 mag'lubiyat, shu jumladan, Tunisga ham imkon boy berildi). Navbatdagi muvaffaqiyatsizlikdan qo'rqqan mamlakat futbol federaciyasi bosh murabbiy Frenk Farinani ishdan bo'shatdi. Uning o'rniga niderlandiyalik Gus Xiddink taklif qilindi. Urugvay termasiga qarshi Montevideodagi birinchi o'yin Lotin Amerikasi vakillarining minimal ustunligida yakunlandi. "Yashil qita"da 86 000 tomoshabin guvohligida o'tgan javob uchrashuvi taqdirini Marko Breshianoning birgina goli hal qildi va penaltilar seriyasida Avsiraliyaning qo'li baland keldi – 4:2. SHu tariqa "Sokkeruz" o'z tarixida ikkinchi, 1974 yildan beri birinchi bor mundial yo'llanmasiga ega chiqdi.

CHempionat startidan avval

Qura Avstraliya uchun omadsiz bo'ldi. "Sokkeruz" amaldagi chempion (Braziliya), kuchli Xorvatiya hamda qatorasiga 3-bor mundialga chiqqan Yaponiya terma jamoalariga qarshi o'ynashi kerak edi. Biroq, avstraliyaliklarning tarkibi ham boshqalar yuragiga g'ulg'ula sola bilardi – ingliz klublaridan 11 futbolchi, Jeyson CHulina (PSV), Vins Grela va Mark Breshiano ("Parma"), Jon Aloizi ("Alaves"), Skott CHipperfild ("Bazel"). Qaydnomadan faqat 3 nafar milliy chempionatda o'ynaydigan o'yinchi joy oldi va ularning hech biri Germaniyadagi bahslarda maydonga chiqarilmadi. Sensaciyalar ustasi sifatida tanilgan Xiddink kabi mutaxassisning borligi Avstraliyaning foydasiga ishladi. 

Guruh bosqichi 

Avstraliya – Yaponiya 3:1. 

Avstraliya – Braziliya 0:2. 

Avstraliya – Xorvatiya 2:2.


Darhaqiqat, Xiddink Avstraliyaning mundialdagi ilk g'alabasida hal qiluvchi rol o'ynadi. Birinchi bo'limda to'p o'tkazib yuborgan "sokkeruz" tanaffusga qadar hech qanaqasiga hisobni tenglashtira olmadi. O'yinning ikkinchi yarmida niderlandiyalik mutaxassis dastlab Tim Kexill ("Everton"), keyin Jon Aloizini o'yinga chiqardi. 84-daqiqada javob golini urgan Kexill 89-daqiqa o'tib borayotgan bir paytda o'z jamoasini hisobda oldinga chiqardi. Aloizi esa o'yinga nuqta qo'ydi. SHundan so'ng muxlislarning sehrgar Gusga ishonchi ortib ketdi. 

Ikkinchi turda Braziliyaga imkoniyat boy berildi, ammo bundan hech kim fojia yasay olmaydi. Yaponiyani enga olmagan Xorvatiya termasi imtihonidan olingan bir ochko ham Astraliyani keyingi bosqichga olib chiqishi aniq edi. Uchrashuv xorvatlarning goli bilan oshlandi – Dario Srna, 2-daqiqa. "Yashil qita" yigitlari taym oxirida penalti ishlashdi, uni "Nyukasl" himoyachisi Kreyg Endryu Mur golga aylantirdi. 56-daiqada Jelko Kalach ("Milan" posboni) Niko Kovachdan gol qabul qilib oldi. Bunga qadar Avstraliya postini Mark SHvarcer ("Midlsbro") qo'riqlardi, ammo Xiddink Braziliyaga qarshi o'yindan keyin uni zahiraga o'tqazib qo'ydi.

Murabbiy xatosini tuzatdi. Breshiano va Aloizi o'yinga tushirildi. 79-daqiqada aynan shu ikkovi tashkil qilgan hujumni Xarri Kyuell ("Liverpul") Pletikosa darvozasiga kirgazib qo'ydi – 2:2. O'yinning qolgan qismi xorvatlarning ustunligida o'tdi. Uchta qizil kartochka (2 xorvat, 1 avstraliyalik) ko'rsatildi. Dario SHimich o'yindan chetlatilgan vaziyat qiziq bo'ladi. Unga hakam 3 marta sariq kartochka ko'rsatib, keyin "qizil" berdi. CHunki angliyalik Grem Poll birinchi ogohlantirishdan keyin yon daftarchasiga SHimichning familiyasini noto'g'ri qayd etgan edi. 

1/8 final 

Avstraliya – Italiya 0:1 

Italyanlar bilan o'yinda Xiddink sinovdan o'tgan SHvarcerni darvozaga qaytardi va bu orqali o'z xatosini tan olgan bo'ldi. "Sokkeruz" italyanlarni iloji boricha maydon markazida ushlab turishga harakat qildi, ammo SHvarcer darvozasi oldida bir nechta xavfli vaziyatlar sodir bo'ldi. 2 bor darvozabon muvaffaqiyatli o'ynadi, to'p bir marta to'singa tegdi.

Birozdan keyin Skott CHipperfildning zarbasini ajoyib usulda qaytargan Janluiji Buffon ham isbot talab qilmas mahoratini yana bir marta namoyish qildi. 2-bo'lim avvalida italyaanlar yana bir qulay imkoniyatni boy berishdi, 50-daqiqada esa ular uchun halokatli voqea yuz berdi: Breshianoga nistbatan qoidani buzgan Marko Materacci to'g'ridan-to'g'ri "qizil" bilan maydonni tark etdi. Avstraliya shundan keyin hududiy ustunlikni qo'lga olib, xavfli vaziyatlar yaratishni boshladi, ammo o'tkazib yuborilgan qarshi hujumlardan so'ng ular yana ehtiyotkorlik bilan imkoniyatlarini kutib o'ynashdi. SHunday vaziyat 81-daqiqada sodir bo'ldi, biroq Kexxilning zarbasiga aniqlik etishmadi. Xiddink yashirin quroli – Jon Aloizini maydonga chiqardi. Ammo barchasi teskari bo'ldi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan vaqtning so'nggi soniyalarida "skuadra adzurra" fulbeki Fabio Grosso avstraliyaliklar jarima maydoniga yorib kirdi va Lukas Nilga to'qnashib ketdi. Yaqqol qoidabuzarlik alomatlari bo'lmasa ham, ispaniyalik arbitr Luis Medina Kantalexo "nuqta"ni ko'rsatdi. 11 metrlik jarima to'pidan unumli foydalangan Franchesko Totti "jang"ni tugatdi.

O'yin yakunida sensaciya kutgan ko'plab ishqibozlar g'azablanishdi. Ammo tarixga etibor qilsangiz, 4 yil oldin aynan Xiddink boshchiligidagi Janubiy Koreya termasi ekvadorlik arbitr Bayron Moreno yordamida Italiyani mundialdan chiqaribb yuborgan edi. Taqdir italyanlar uchun adolatni tikladi...

"OF": Faoliyatini yakunlagan Edinak, "Ummon yoquti" va Iroq futboli afsonasi (3-son)

"OF": "Alan SHirer" va yapon futboli afsonasi (2-son)

"OF": Eronda o'ynayotgan Evropa chempioni (1-son)

Muallif :
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика