So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  2 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  7 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

Odiljon Abdurahmonov: “Futbolchi sifatida o'sishni istaganim uchun ham “Bunyodkor”ga kelganman” Yangiliklar

Odiljon Abdurahmonov: “Futbolchi sifatida o'sishni istaganim uchun ham “Bunyodkor”ga kelganman”

Qirg'iziston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odiljon Abdurahmonov faoliyatini “Bunyodkor”da davom ettirmoqda.

Xo'sh, bu futbolchi Superligada o'ynab, qanday taassurotlarga ega bo'ldi? Quyida u bilan bo'lgan suhbatimiz vaqtida barcha savollarimizga javob oldik.

- Odiljon, “Bunyodkor”ga kelishingizdan avval qaysi klublar sharafini himoya qilgansiz?
- Faoliyatimni dastlabki qismini Qirg'iziston chempionatida o'tkazganman. Dastlab “Aldier” tarkibida bir muddat to'p tepganman. Keyinchalik “Oloy” bilan shartnoma imzoladim hamda u klubda besh mavsum davomida faoliyatimni davom ettirdim. Yil boshida “Bunyodkor”dan taklif tushdi. SHu tariqa, hozirda faoliyatimni “qaldirg'ochlar” safida o'tkazmoqdaman.

- Klubda o'tkazayotgan faoliyatingizdan qoniqish hosil qilyapsizmi?
- Albatta. CHunki klubda futbol ichidagi insonlar yig'ilgan va barchasi professional tarzda ishlashadi. SHuningdek, O'zbekiston Superligasi ancha kuchli. Bu erda o'ynash orqali tajribamni yanada oshirmoqdaman. Kelajakda yanada kuchli jamoalar safida o'ynashni istaganim uchun ham “Bunyodkor”dan tushgan taklifga rozilik bildirganman. Sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritish istagida tashrif buyurganman. Qisqasi, bu erda o'tkazayotgan faoliyatimdan to'liq qoniqish hosil qilyabman.



- Deylik, “Bunyodkor” Qirg'iziston chempionatida to'p tepganida, mavsumni nechanchi o'rinda tugatgan bo'lardi?
- Menimcha, har yili chempionlikni qo'lga kiritgan bo'lardi. Negaki, Superliga saviyasi juda yuqori. To'g'risini aytish kerak, Qirg'iziston chempionati saviyasi bilan solishtirib bo'lmaydi. Qolaversa, “Bunyodkor”da juda ko'p kuchli futbolchilar to'p tepadi. Yoshlar ham juda yaxshi harakat qilmoqda. SHu boisdan jamoa oltin medallarni har yili o'zini qilishi mumkin edi.

- Superliga saviyasidan olgan taassurotlaringiz qanday?
- O'zbekistonda futbol saviyasi yuqori. Men o'zim o'yinlarda ishtirok etib, shunga amin bo'ldimki, o'sishga istagan yoshlar uchun foydali. Osiyoda o'ziga yarasha obro'ga ega bo'lgan chempionatlardan biri hisoblanadi.

- Qirg'iziston milliy terma jamoasi oktyabr oyida yig'in o'tkazmadimi?
- O'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadigan jamoamiz bilan kelishuvga erisha olingani yo'q. SHu tufayli mazkur yig'in o'tkazilmadi. Bilishimcha, terma jamoamiz noyabr oyida o'quv-yig'in tashkil qiladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика