So’nggi yangiliklar

20:10Ўзбекистон МТЖнинг КХДРга қарши ўйиндан олдинги аъло кайфиятда ўтган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 19:42ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ КХДРга қарши оқ либосда ўйнайди  3 19:04Одилжон Ҳамробеков: "Ушбу учрашувлар қанчалик катта аҳамиятга эга эканлигини барча тушуниб турибди"  2 18:31"Лестер" судда ютиб чиқди ва очколарини сақлаб қолди  0 18:03Моуринью "Челси" юлдузини "Фенербахче"да кўрмоқчи  1 17:39ЖЧ-2014 қаҳрамони Португалия чемпионатига ўтди  0 17:10"Винисиуснинг ёнида Мбаппенинг техник имкониятлари чеклангани сезилиб қолмоқда"  4 16:39Айвен Тоуни "Ал Аҳли"да "Брентфорд"дагидан 10 баробар кўпроқ маош олади  2 16:11Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Хитойдаги халқаро турнирда Малайзияни мағлуб этди  6 15:54Тожикистон "Мердека кубоги"да Ливанга ютқазиб қўйди  14 15:12"Челси" собиқ футболчиси Санчо ҳақида: "Пул учун бўлмаса, нима учун?"  3 14:18Винисиус: "Вазият ўзгармаса, ЖЧ-2030ни Испаниядан олиб қўйиш керак"  23 13:45Сречко Катанец: "Бу ерда ким хўжайин эканлигини эртага кўрсатишимиз керак" (тўлиқ)  30 13:17Элит ОЧЛ. "Пахтакор" – "Ал Васл" учрашувини япониялик ҳакамлар бошқаради  9 12:30КХДР бош мураббийи: "Нейтрал майдонда ўйнаш қўшимча устунлик бермайди"  17

Odil Ahmedovning supergoli, Qatarni o'z maydonida mag'lub etgan Abramov yoxud 2011 yil Osiyo kubogidagi tarixni boshlab bergan uchrashuvga 10 yil bo'ldi Yangiliklar

Odil Ahmedovning supergoli, Qatarni o'z maydonida mag'lub etgan Abramov yoxud 2011 yil Osiyo kubogidagi tarixni boshlab bergan uchrashuvga 10 yil bo'ldi

O'zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo kuboklaridagi eng yaxshi ishtiroki 2011 yil Qatar yashil maydonlarida bo'lib o'tgan qita kubogiga to'g'ri keladi. Buni qarangki ko'pchilikda yorqin taassurot qoldirgan ushbu turnirga va tarixni debochasi vazifasini o'tagan uchrashuvga roppa-rossa 10 yil bo'libdi.

SHu bois aksariyat muxlislarning talab va istaklariga muvofiq terma jamoamizning 2011 yil Qatardagi Osiyo Kubogi birinchi uchrashuvini yodga olishga qaror qildik.

Malumki, milliy jamoamiz ushbu turnirda tarixdagi eng yaxshi natijani qo'lga kiritgan. Vadim Abramov shogirdlari birinchi qadamni turnirning ochilish o'yinida Qatar terma jamoasiga qarshi kechgan bellashuv bilan boshlagan.

Mazkur uchrashuvdan oldin ko'pchilik mezbonlarni imkoniyatini yuqori baholadi. Qatar tarkibida urugvaylik, ispaniyalik mahalliylashtirilgan futbolchilar ancha vaqtdan beri to'p tepardi. Fabio Sezar, Pedro Migel, Sebastyan Kuintana va hokazo. Bosh murabbiy o'z davrida Senegalni mundial sari etaklay olgan Bruno Metsyu edi. Franciyalik mutaxassis bunga qadar ikki bor terma jamoamizga ro'baro' kelgan. Aniqrog'i, JCH-2010 saralash bosqichida ham Qatarga ustozlik qilgan. Vadim Abramov esa olimpiya terma jamoasini Pekin 2008 Olimpiadasiga saralashida boshqargan. Aynan o'sha jamoa o'zagini tashkil qilgan futbolchilarni Abramov milliy terma jamoa sifatida shakllantirgandi.

Uning uchun Osiyo kubogi ilk yirik rasmiy turnir sanalardi. Hayajon va bosim keragidan ikki hissa ko'proq yuzaga kelgandi. Boisi, o'yin ochilish maqomiga ega, barchaning nigohi maydonga qaratilgan. Tarkib va futbolchilarning joylashuvi noodatiy tarzda bo'ldi. Yarim himoyachi Odil Ahmedov Anzur Ismoilov bilan birgalikda markaziy himoyaga qo'yildi. Viktor Karpenko, Sahob Jo'raev qanotlardan o'rin oldi. Temur Kapadze, Aziz Haydarov, tayanch zonasida. Server Jeparov boshqaruvchi jamoa sardori rolida Jasur Hasanov, Maksim SHackix, Aleksandr Geynrix hujum uchligini hosil qilgandi. Odil Ahmedovni orqaroqqa qo'yilishi sababini Abramov keyinchalik o'z intervyularida birinchi pasni bera oladigan himoyachi yo'qligi bilan izoxlagandi. Vaholanki qaydnomada SHavkat Mullajonov ham borligini ko'rishimiz mumkin edi. Birinchi bo'limda ikki jamoa ham ochiq futbol ko'rsatishga urindi.

Ushbu holatni Vadim Abramov quyidagicha izohlagan edi.

"O'sha vaqtda birinchi pasni aniq beradigan himoyachi yo'q edi, shuning uchun Odilni o'ynatishga majbur bo'lganman. Ahmedov musobaqadan oldin yonimga keldi. Markaziy yarim himoyada joy bo'lmasa zaxirada o'tirishga tayyor ekani va bundan xafa bo'lmasligini aytdi. Men esa gap bu erda emasligini Germaniya misolida unga tushuntirdim.

Germaniya uch bor Jahon chempioniga aylangan musobaqalarni eslaymiz: birida Franc Bekkenbauer yarim himoyadan markaziy himoyaga olinadi. Ikkinchisida jamoaning eng yorqin yarim himoyachilaridan biri Mattias Zammer markaziy himoyachiga aylantiriladi. Uchinchisida pleymeker Lotar Matteusni markaziy himoyaga olishadi. SHularni aytib unga tushuntirdim va Odil himoyada o'ynashga rozi bo'ldi.

O'rtada birgina tushunmovchilik bor. Menga malum bo'lishicha, o'sha erda kimdir Avstraliyaga qarshi o'yin oldidan unga "sen yarim himoyachisan va hujumga o'tishing kerak", degan. U oldinga ko'p o'tib ketdi va buning ortidan bizda muammolar paydo bo'ldi",- deydi Abramov.


Odil Ahmedov esa bunga o'z munosabatini bildirgan

"Musobaqa arafasidagi o'rtoqlik o'yinlarida meni markaziy himoyada sinab ko'ra boshlashdi. SHundan keyin Abramov yuqorida takidlagan suhbat jarayoni bo'lib o'tdi.

Avstraliyaga qarshi o'yindan oldin menga hech kim yarim himoyachi ekanim va hujumga o'tishim kerakligini aytmagan. SHunchaki, raqib o'z vaziyatidan foydalanib gol urganidan so'ng, hech birimiz yutqazishni xohlamaganmiz. G'alaba qozonishni istaganman. SHu sabab ko'proq oldinga o'tib hujumga yordam berishga intilganman va Aziz Haydarov bilan almashib harakat qilganmiz. Umuman Qatardagi Osiyo kubogi men uchun faoliyatimdagi birinchisi bo'lgan. Mezbonlarga qarshi birinchi tur uchrashuvi juda muhim edi. Bunday katta turnirlarda barcha futbolchilar o'zini ko'rsatgisi keladi. Menda ham shunday imkoniyat yuzaga kelgan va ochilish o'yinida gol urganman. Mazkur turnirni doim yorqin xotiralar bilan eslanadi", — deydi Odil Ahmedov.

Biznikilardan Jasur Hasanov tezlik bilan raqib himoyasini yorib o'tishga qaratilgan harakatlari samara keltirmadi. Geynrixning o'zi bir nechta havfli vaziyatlar yaratdi. O'yinning birinchi yarimida ustunlik terma jamoamiz tomonida bo'ldi. Biroq, bu ustunlik hisobda aks etgani yo'q. Bo'lim yakuniga etishiga oz fursat qolganda raqib futbolchisi Fabio Sezar amalga oshirgan jarima zarbasini golga aylanishiga darvoza ustuni halal berdi.

Ikkinchi bo'lim ham terma jamoamizning ketma-ket hujumlari bilan boshlandi. 59-daqiqada qanotdan uyushtirilayotgan hujum markazga ko'chdi. Karpenko to'pni ochiq turgan Aziz Haydarovga uzatdi, uning yonida turgan Odil Ahmedov to'pni qabul qilib olib chamasi 35 metrlardan Qosim Burhon qo'riqlayotgan darvozani aniq nishonga oldi - 1:0. Supergol, qatarliklarni gangitib qo'ygan gol, stadionni larzaga keltirgan gol. Keyinchalik Ahmedovning ushbu goli yillar davomida turli videoroliklarning bezagiga aylandi. 

 "Ishtaha ovqat payti ochiladi" deganlaridek, goldan ruhlangan futbolchilarimiz bosimni oshirishdi. Zaxiradan maydonga tushgan Sanjar Tursunov raqib jarima maydoniga kirib ikkinchi golni urib raqibni chorasiz ahvolda qoldirishi mumkin edi. 77-daqiqada qatarlik himoyachilarning yo'l qo'ygan qo'pol xatosini Server Jeparov kechirib o'tirmadi va barchasiga nuqta qo'ydi - 2:0.  Quyida ushbu uchrashuvning to'liq qismini ko'rishingiz va o'sha zavqli onlardan yana bir bor bahra olishingiz mumkin.



"Qatardagi qita kubogidan oldin Xitoy va to'rt davlat mezbonlik qilgan turnirlarda ishtirok etganman. U erda ham o'ziga yarasha yaxshi o'yinlar o'tkazganmiz. 2011 yilda esa barcha futbolchilar ayni etilgan va kuchga to'lgan payti edi. Bizga yoqadigan, futbolimizga mos tushadigan uslubda o'ynaganmiz. Birinchi turdan boshlab chiroyli o'yin ko'rsatishni boshladik va yakunda yomon natija qayd etmadik. Ko'rsatgan o'yinimizdan o'zimiz qatori muxlislar ham zavq olishgan",- deydi Timur Kapadze.

"Haqiqatdan ham terma jamoamizda ahil oila shakllangan. Tarkibdagi barcha futbolchilar olimpiya terma jamoasidan boshlab birga o'ynab uzoq vaqt davomida tayyorlanib kelganmiz. Birinchi Qatar bilan o'yindagi lahzalarni so'z bilan ifodalash qiyin. Lekin bu bahsga o'zimizda kuchli ishonch bilan tushganmiz",- deya yodga oladi Aziz Haydarov.

Garchi oldingi turnirlarda ham vakillarimiz yomon o'yin ko'rsatmagan bo'lsada Qatarda o'tkazilgan qita kubogi o'zining jozibadorligi, muxlislarga olam-olam zavq va unutilmas hissiyotlarni berganligi bilan ajralib turadi.

Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика