Odil Ahmedov - yilning eng yaxshi futbolchisi

Narzulla Saydullayev
4 mar 2016, 13:01
O'zbekiston milliy terma jamoasi hamda Rossiyaning “Krasnodar” klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov OAV vakillari orasida o'tkazilgan so'rovga ko'ra O'zbekistonning 2015 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

“Krasnodar” klubi a'zosi o'tkazilgan so'rov natijalariga ko'ra, mazkur sovrin uchun kurashda yaqin taqibchilari Qatarning “Al Jaish” klubida to'p surayotgan Sardor Rashidov hamda o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra “Paxtakor” safida O'zbekiston chempionati oltin medalini qo'lga kiritgan Igor Sergeevni ortda qoldirdi.

Takidlash lozim, ayni damda Rossiyaning “Krasnodar” safida to'p surayotgan Ahmedov uchun mazkur sovrin faoliyatidagi to'rtinchi shunday sovrin hisoblanadi. Bungacha, Ahmedov 2009, 2011 hamda 2014 yillarda O'zbekistonda yil laureati bo'lgan edi.

OAV vakillari ovoziga ko'ra O'zbekistonning eng yaxshi futbolchilari kuchli uchligi:

1.  Odil Ahmedov (“Krasnodar”, Rossiya) – 50 ochko
2.  Sardor Rashidov (“Al Jaish”, Qatar) – 32 ochko
3.  Igor Sergeev (“Paxtakor”, O'zbekiston) – 21 ochko


O'rin       

Futbolchi

I

II     

III       

Jami   

1

Odil Ahmedov

14      

2

4

50

2

Sardor Rashidov

5

6

5

32

3

Igor Sergeev

1

6

6

21

4

Vitaliy Denisov

1

6

2

17

5

Sanjar Shoahmedov     

-

1

-

2

7

Eldor Shomurodov

-

-

1

1

8

Sanjar Tursunov

-

-

1

1

9

Aleksandar Lobanov

-

-

1

1

10

Server Jeparov

-

-

1

1

11

Bahriddin Vahobov

-

-

1

1


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com