So’nggi yangiliklar

13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   0 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  0 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  2 12:32"Металлург" – сокинлик бағридаги юбилей  5 12:03Расман: "Бунёдкор" легионер ҳужумчи трансферини эълон қилди  2 11:45Муҳаммадали Усмонов: "Андижон" мухлисларининг бундай илиқ кутиб олиши бошқача қувонч ва хурсандчилик бағишлади"  1 11:22"Бу рассомни Ван Гог билан солиштиришга ўхшайди". Гвардиола Месси ва Ямаль ҳақида  4 10:54Санчо учинчи марта "Боруссия"га қайтиши мумкин  0 10:26"Пахтакор" ва "Бунёдкор" собиқ ҳужумчиси фаолиятини "Шўртан"да давом эттириши мумкин  7 09:55Жоау Феликснинг "Ал Насср"даги маоши маълум  1 09:28"Пахтакор" ҳимоячиси фаолиятини "Динамо" ёки "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  3 09:01Абдуқодир Ҳусанов янги мавсумга тайёргарлик кўриш учун "Манчестер Сити" ихтиёрига қайтди  5 08:34"Сурхон" ва "Андижон" ўзаро футболчи алишишди. Шунингдек, "бургутлар" "шерлар"дан футболчи ижарага олади  2 08:05"Шўртан" яна бир собиқ "Олимпик" футболчиси билан шартнома имзолади  1

Odil Ahmedov "Odil Junior" (To'raqo'rg'on) akademiyasi bilan yaqindan tanishdi Yangiliklar

Odil Ahmedov "Odil Junior" (To'raqo'rg'on) akademiyasi bilan yaqindan tanishdi

26 noyabr kuni Odil Ahmedov To'raqo'rg'onda tarbiya topayotgan klub tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi.

Tadbirda, ayni paytda "Odil Junior" jamoasining sport direktori lavozimida faoliyat olib borayotgan Dilshod Nuraliev va jamoa murabbiyi Jahongir Usmonov ham ishtirok etdilar. Dastavval klubning 2005-2010 yillarda tug'ilgan futbolchilari ikkiga bo'lingan holda mashg'ulotlarda ishtirok etdilar. SHundan so'ng Odil Ahmedov bolalarga murojaat qildi:


- Bugun Sizlar bilan ko'rishib turganimdan xursandman. Hech nima mehnatsiz bo'lmaydi. Bir narsani aytishim mumkin, agar mehnat qilishdan qochmasangiz albatta baxt qushi elkangizga qo'nadi. Bugun yaxshi futbolchi ko'chada qolmayapti. Aksincha, jamoalar yaxshi saviyadagi futbolchilarni qidirib yurish bilan bandlar. Siz yaxshi sifatli mashg'ulot o'tkazishingiz uchun yaxshi murabbiylar kerak. SHuning uchun Alisher (Mahmudov) va Nuriddin va poytaxtdan tashrif buyuradigan murabbiylar endi bu erda sizlarga yordam beradilar. Muhimi ishlash kerak.

SHundan so'ng ota-onalarga "Odil Junior"ning asl maqsadi tushuntirib berildi. Bahor oyidan boshlab mazkur arenada 2009-11 yillarda tavallud topgan futbolchilar o'rtasida doimiy chempionat yo'lga qo'yilishi haqida xabar qilindi. Eng sara futbolchilar poytaxtdagi filialga yo'l oladilar. Katta bo'lgach esa "Navbahor" jamoasida to'p tepish imkoniyatini qo'lga kiritishlari mumkin bo'ladi.

To'raqo'rg'on Namangan braziliyasi deb bejizga aytilmagan. Bu erdagi futbolni yana qayta oyoqqa turg'azish kerak. Bu borada 2019 yilning oxirida yana bitta standart arena qad ko'tarishi ko'zda tutilgan.



Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика