So’nggi yangiliklar

17:56"Атлетико" тўхтамаяпти, улар энди "Барселона" футболчиси билан келишиб олишди  1 17:32Про-лига. "Дўстлик" - "Олимпик Mobiuz". Асосий таркиблар маълум  0 17:14Равшан Эрматовга ҳамдардлик билдирамиз  9 16:44"Реал" бугун "Барселона"дан ўтиб кетиши ва навбатдаги рекордларни ўрнатиши мумкин  6 16:16ОЧЛ-2. "Насаф"нинг эҳтимолий рақиблари маълум  16 15:53"Ливерпуль" ниҳоят ишга киришмоқда  1 15:20Ҳусайннажодмахаленколай Муҳаммаджавад Рамазон — "Динамо"нинг янги футболчисининг исм фамилиясини нечта уринишда ўқидингиз?  7 15:04Суперлига. 16 ва 17-тур, шунингдек қолдирилган ўйинларнинг бошланиш вақти маълум  11 14:18"Аякс" клуби де Лигт ва Мазрауини сотиб олган МЮ ҳақида ўзгача пост қўйди  7 13:50Бу - футбол эмас, цирк!  13 13:34Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси устидан жиноий иш қўзғатилди  9 12:54Анчелотти: "У тайёр"  5 12:26"Реал"ни таслим этишимизга ишонаман"  8 11:58УЕФА Суперкубоги. "Реал" ва "Аталанта"нинг тахминий таркиби билан танишинг  12 11:32"Олимпик"нинг эртаси нима бўлади?  12

Odil Ahmedov: "Krasnodar ob-havosi O'zbekistonnikiga o'xshar ekan" Yangiliklar

Odil Ahmedov: "Krasnodar ob-havosi O'zbekistonnikiga o'xshar ekan"

Teglar :  Odil Ahmedov
O'zbekiston terma jamoasi va "Krasnodar" yarim himoyachisi Odil Ahmedov Rossiyaning "Sport-Ekspress" nashriga intervyu berdi.

- Bugun ikki marotaba mashg'ulot o'tkazar ekansiz? Har kuni shundaymi?

- Yo'q. Faqat o'yinlardan so'ng shunday bo'ladi. Odatda ikki kun shunday bo'ladi, keyin esa kuniga bir martadan.


- Nega bunday?

- Bu murabbiylarning qarori. Ular bizning jismoniy xolatimizni kuzatib borishadi, demak ularga shuni to'g'ri deb bilishadi.


- "Krasnodar" so'nggi ikki turda yirik hisobda g'alaba qozondi. Jamoa formaga kirdimi?

- SHunday desak ham bo'ladi. Yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Bu biz uchun juda muhim g'alabalar edi.


- "Krasnodar"ning qishki tanaffusdan so'ng o'ziga kelishi juda qiyin bo'ldi. Bu nima bilan bog'liq?

- Futbolda har doim ham siz o'ylagan narsalar sodir bo'lavermaydi. "Krasnodar" asosan markazi orqali o'ynaydi va ko'plab raqiblarimiz yopilib olishdi. Sizga qarshi o'ynayotgan jamoa bor kuchi bilan himoyalansa, unga qarshi harakat qilish juda qiyin bo'ladi. SHu sababli hujumda ishlarimiz yurishmadi. Bu asosiy sabab deb o'ylayman.


- Mavsum boshida ham shu muammo bo'ldi - jamoa uzoq vaqt o'ziga kela olmadi. Bunga nima deysiz? Yoki sabab yana raqiblardami?

- Yo'q. Mavsum boshida boshqa sabab bo'lgan. Birinchi navbatda raqiblar qanday o'ynashimizni bilib olgan edi. SHu sababli ular bizga qarshi qanday o'ynash kerakligini deyarli tushinib olishdi. Biz uchun esa har bir uchrashuvda o'z o'yinimizni tutib olishimiz kerak edi va shundagina hammasi joyiga tushardi. Ammo biz o'ylaganlarimiz amalga oshmasa, ruhan sinamiz.


- Qattiq havotir olganmisiz?

- Ha, juda.



- "Dinamo" va "Ural" ustidan qozonilgan ikki ajoyib g'alabalarda siz ham gol urdingiz. Do'stlaringiz, oila azolaringiz va muxlislaringizdan tabriklar juda ko'p bo'lgandir?

- Albatta, hamma meni qutladi. Gol urish doimo yoqimli.


- Bu uchrashuvlardan so'ng Oleg Kononov jamoaga nima degan?

- U bo'shashmaslikni, shu tempni ushlab turishni va vazifalarni bajarishda davom etishimizni aytdi.


- Qanday vazifalarni?

- Har bir uchrashuvda ajoyib o'yin ko'rsatish.


- "Dinamo" uchun bu mavsum juda og'ir o'tmoqda, shu sababli "Krasnodar"dan uchralgan mag'lubiyat kutilmagan hol deyish qiyin. Ammo "Ural" yaxshi o'ynayapti va evrokuboklar hududiga yaqin joyda. Bahsdan oldin yirik hisobda g'alaba qozonishingizni kutganmidingiz?

- G'alabaga umid qilgandik, ammo bunday hisobda emas. Uchrashuvdan oldin murabbiylar bizga "Ural"ni anchadan beri mag'lub etmaganimizni, shu sababli o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rish kerakligini aytgan edi. Ammo baribir bunday hisob kutilmagan hol bo'ldi.


- "Krasnodar" "Ural"dan qaysi jabhalarda ustun bo'ldi?

- Biz murabbiylarning deyarli barcha ko'rsatmalarini bajardik. Qo'shimchasiga futbolchilarimiznging o'ylaganlari amalga oshdi va shu sabab yirik hisob qayd etildi.


- Bu uchrashuvdan so'ng kayfiyatingiz juda ko'tarilgandir?

- Ha, albatta. Faqat menda emas, barcha futbolchilarda kayfiyat yuqori edi. Yirik hisobda g'alaba qozonsang, har qanday inson xursand bo'lishi aniq!


- Keyingi bahs "Terek"ga qarshi. "Krasnodar" 4 yildan beri bu jamoaga mag'lub bo'lmayapti. Ular qulay raqibmi yoki bu shunchaki tasodifmi?

- Tasodif bo'lsa kerak, bu futbol. Ammo bu seriyani davom ettirishga harakat qilamiz.


- "Terek"ning qaysi jihatlarini kuchli deya olasiz?

- Ularda ajoyib murabbiy bor va jamoa ham shakllangan. "Terek"ning markaziy zonasida kuchli futbolchilar o'ynaydi, ularga qarshi harakat qilish juda qiyin.



- Mart oyida Rossiya Kubogi doirasida "Terek"ni mag'lub etdingiz, ammo uchrashuv nafaqat hisobi bilan, balki Stanislav Kricyukning fantastik seyvi bilan esda qolgan. Uni rosa maqtagandirsiz?

"Ha, albatta! Uning debyut uchrashuvi juda ajoyib bo'lgan. Aslida ham u yaxshi darvozabon. Stanislav "Terek"dan tashqari boshqa o'yinlarda ham o'zini ko'rsat olgan. Asosiysi ko'z tegmasin (kuladi).


- U qishda jamoa yig'iniga kelganda birinchi taassurotlar qandayb o'lgan?

- U kelganda qanday darvozabon ekanligini bilmasdim. Ammo keyinroq mashg'ulotlarda ishlay boshladi, nazorat uchrashuvlarida maydonga tushdi. Bir qancha muddat o'tib Kricyuk yaxshi darvozabon ekanligiga ishondim.


- Demak, Kricyukning Rossiya terma jamoasidan chaqiruv olishi sizni hayron qoldirmadi?

- Yo'q, umuman.


- Tez orada "Krasnodar" Rossiya Kubogi yarim finalida CSKA bilan o'ynaydi. Sovrin uchun kurashasizmi?

- Ha, Kubokni qo'lga kiritishni judayam istaymiz. Bu bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'ryapmiz. Bu sovrinni qo'lga kiritishni umid qilyapmiz.


- Jamoaning chempionatda uchinchi o'rindan teparoqqa ko'tarilish maqsadi bormi?

- CHempionatda yana 7 uchrashuv o'tkazishimiz kerak. Birinchi va oltinchi o'rinlar o'rtasidagi farq bor-yo'g'i 6 ochko.


- Demak chempionlik uchun ham kurashasiz?

- Hamma narsa bo'lishi mumkin. Ammo yana qaytaraman, biz o'z vazifamizni bajarishimiz kerak: O'z o'yinimizni ko'rsatish. SHundagina natija ham ijobiy bo'ladi.


- "Krasnodar" joriy mavsumda Evropa ligasida yaxshi qatnashdi. Guruhda Dortmundning "Borussiya"sidek jamoa bo'lsa ham birinchi o'rinni egalladingiz, keyin 1/16 finalda "Sparta"dan mag'lub bo'lib, turnirni tark etdingiz. Jamoangiz chexiyaliklarga jiddiy munosabatda bo'lmadimi?

- Yo'q, biz odatdagidek tayyorgarlik ko'rgan edik. SHunchaki "Sparta"ga qarshi bahsda bitta gol hamma narsani hal qildi. Mehmonda shunday bo'ldi. Uyda birinchi bo'limni yaxshi o'tkazgan edik, ammo goldan keyin taslim bo'ldik. Keyin esa yana ikkita gol o'tib ketdi. "Sparta" - yaxshi tashkillashgan jamoa.


- Siz O'zbekiston terma jamoasi sardori va "Krasnodar" etakchilaridan biri hisoblanasiz. Boshqa klublardan qiziqish bo'lsa kerak?

- Hozircha "Krasnodar" bilan shartnomam bor, men xatto boshqa takliflarni ko'rib ham chiqmayapman. Takliflar bo'lgan, ammo ular meni qiziqtirmadi.


- Yangi yildan oldin "Krasnodar" bilan shartnomangizni 2019 yilgacha uzaytirdingiz. Bu erda uzoq qolmoqchimisiz?

- Albatta. Asosiy tarkibda maydonga tushib tursang, hamma erda o'zingni yaxshi his qilasan. Agar o'ynashda va jamoamga yordam berishda davom etsam, uzoq qolaman.


- Sizni bu klubga nima bog'lab turadi?

- "Krasnodar"da hamma o'z ishiga professionallarcha yondoshadi. Bu menga juda yoqadi. Jamoamiz juda yaxshi.


- SHaharga ko'nikdingizmi?

- Ha, oilamga bu erlar juda yoqadi. Bungacha Moskvada yashagan edik, ammo u erda tibandliklar ko'p va manzilingizga o'z vaqtida etib borish juda qiyin. Krasnodar ob-havosi O'zbekistonnikiga o'xshar ekan".

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика