So’nggi yangiliklar

21:25"Насаф" – "Трактор" баҳсини малайзиялик ҳакамлар бошқаради  0 21:07Ўзбекистонлик ҳакамлар U-17 Осиё Кубоги саралаши ва CAFA U-18 мусобақаларида ишламоқда  0 20:50Ўзбекистонлик ярим ҳимоячи Камбоджа терма жамоаси шарафини ҳимоя қилади  3 20:33Рўзиқул Бердиев: "Руҳий ва жисмоний томондан қийналяпмиз, аммо бунга ўзимиз айбдормиз"  7 20:21АПЛ. "Арсенал" – "Тоттенхэм": Инкапье, Эзе, Мерино, Дансо ва Қудус асосийда!  4 20:08Суперлиганинг энг яхши ёш футболчиси — "Йил жавоҳири" соврини учун номзодлар  3 19:57Флорентино Перес: "Реал" мухлислари сони Евроиттифоқ фуқароларидан кўпроқ"  17 19:32Матерацци: "Асосийси, "Интер" "Милан"дан кучлироқ эканлигини билади"  3 19:05Элит ОЧЛ. "Насаф" - "Трактор": жамоалар қандай рангли либосда ўйнайди?  2 18:55Драган Скочич: "Насаф" оддий хатолар туфайли "Ал Ваҳда"га ютқазди. Эртага барча нарсага тайёр туришимиз зарур"  11 18:36Одил Ҳамробеков: "Футболчилик фаолиятимни "Насаф"да бошлаганман, шу боис уларга қарши ўйнаш бошқача"  0 17:55"Бавария" ярим ҳимоячиси: "Месси мен учун ўрнак. У буткул бошқа даражада"  15 17:20Суперлига тарихида қайси жамоа чемпионлик ўйинларида кўпроқ "қурбон" бўлган?   4 16:58"Марсель" сафида 30-голини урган Мэйсон Гринвуд клуб тарихига кирди  14 16:31Расман: АҚШ ЖЧ иштирокчиси ҳисобланган давлат ишқибозларини мамлакатга киритмайди  7

"Odil Ahmedov FA"ga Italiyadan murabbiy tashrif buyurdi, bugun u Namanganga boradi Yangiliklar

"Odil Ahmedov FA"ga Italiyadan murabbiy tashrif buyurdi, bugun u Namanganga boradi

Bolalar futboliga o'zining munosib xissasini qo'shayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedovning taklifi bilan italiyalik bolalar futboli mutaxassisi Daniel Andreocci kecha tunda Rim - Toshkent yo'nalishida poytaxtimizga uchib keldi.

7-10 noyabr kunlari Namangan viloyatining To'raqo'rg'on tumanida faoliyat yuritayotgan "Odil Ahmedov FA" stadionida "Kelajak Yulduzlari" musobaqasining beshinchi mavsumi start olgan. Tiffozilar yurtidan tashrif buyurgan murabbiy 3 kun davomida To'raqo'rg'ondagi musobaqani jonli kuzatadi va shundan keyin poytaxtda 2009-2012 yillarda tug'ilgan futbolchilarga mahorat darslarini o'tadi.

18-25 noyabr kunlari Andreocci yana Namanganga qaytadi. Bu erda "Odil Ahmedov FA"ning 2004, 2005, 2006, 2007 va 2008 yillarda tavallud topgan eng yaxshi futbolchilaridan iborat guruhlariga o'quv-yig'in mashg'ulotini tashkil etadi. 1 hafta davomida Namangan viloyati hokimligi va futbol associaciyasi bilan hamkorlikda, murabbiy Namanganda faoliyat yuritayotgan bolalar murabbiylariga bepul trening mashg'ulotlarini o'tkazadi. 

Murabbiyning O'zbekistondagi uchinchi haftasini "Odil Ahmedov FA"ning viloyatlardagi, Buxoro, Samarqand va Surxondaryo filiallariga tashrifi ko'zda tutilgan. 

Dekabr oyini boshida esa "Odil Ahmedov FA"ning 6ta filialida endi futbolga qadam qo'yayotgan 2011 va 2012 yillarda tug'ilgan futbolchilar  o'rtasida 2 kunlik blic turnirda ishtirok etadi. Unda poytaxt Toshkentdan tashqari, Samarqand, To'raqo'rg'on, Farg'ona, Qo'qon va Zarafshondan tashrif buyuradigan 2011/12 yillarda tug'ilgan bolakaylar o'zaro kuch sinashadilar.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика