So’nggi yangiliklar

15:36"Машъал" "Нефтчи"ни Ўзбекистон Кубогидан чиқариб юборган ўйиндан галерея  0 15:20"Арсенал" 5 миллион фунтга "Челси"дан Кепани сотиб олади  1 15:05Бобир Абдихолиқов ва Жасур Жалолиддинов "Сумқайит"ни тарк этишди  4 14:40Жамшид Ҳасанов: "Ўзбекистон Кубогини ким ютади? Мен учун "Машъал" фаворит"  1 14:20Ҳожиакбар Алижонов нега фақат қора бутсада майдонга тушади?  4 14:00Достонбек Тўхтабоев: "Нефтчи"нинг кучли томонларини тўхтатишга тайёр эдик"  1 13:42Ротен ПСЖдаги Месси ҳақида: "Пиёда юрарди, ўзини бағишламасди. Бу ҳақда сукут сақлаганларнинг ҳаммаси эркак эмас"  10 13:12Марказий Осиё. Қозоғистонда кубок ярим финали ўтказилади, "Истиқлол" 3-ўринга кўтарилди, "Аркадағ" эса энг яқин таъқибчисидан 11 очко илгарилаб кетди  0 12:52"Барселона" "Камп Ноу"га қайтадиган кунни эълон қилди  1 12:22Ўзбекистон терма жамоаси футболчилари ўзлари туғилган ҳудудлардаги академияларга ташриф буюришди  3 12:17Расман: Машарипов ўйнаётган "Истиқлол"га янги бош мураббий тайинланди  1 12:06Нега? "Брюгге"нинг 22 ёшли футболчиси МЮга "йўқ" деди  0 11:58Делап "Челси"да омадсиз ҳисобланган 9-рақам ҳақида: "Бундай нарсаларга ишонмайман"  1 10:50“Барселона“ Маркус Рэшфорд бўйича бир қарорга келди  2 10:23“Ливерпуль“ яна тўртта трансферни амалга оширмоқчи  6

"Odil Ahmedov FA NEWS": Superlidagi birinchi debyut, O'FA Kubogida start va shahar chempionatida yirik g'alabalar Yangiliklar

"Odil Ahmedov FA NEWS": Superlidagi birinchi debyut, O'FA Kubogida start va shahar chempionatida yirik g'alabalar

Championat.asia sayti bilan hamkorlikda endi Siz "Odil Ahmedov FA"da hafta davomida bo'lib o'tgan eng sara yangiliklar bilan tanishib borasiz.

Ali Abdurahmonov Superligada debyut qilgan ilk futbolchi

11 mart kuni "Lokomotiv" o'z maydonida AGMK jamoasini 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Akademiyamiz uchun quvonchli kun sifatida tarixdan o'rin olgan mazkur sanada, 2017-2020 yillarda Aziz Eshonxo'jaev qo'l ostida "Odil Junior" sharafini himoya qilgan Ali Abdurahmonov 78-daqiqada "temiryo'lchilar" safida Jerom Etame o'rniga maydonga tushdi. SHunday qilib 2021 yilgi mavsum o'rinbosarlar ligasida 9ta gol urgan hujumchi - ilk qaldirg'ochimiz sifatida Superligaga qadam qo'ydi. Bu borada "Lokomotiv" futbol klubi rahbariyati, uni yoshlar jamoasiga jalb qilgan Dilshod Nuralievga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz va Aliga "gazni bos" deb qolamiz!



"Mana shu kun kelganidan xursandman, lekin bu bilan to'xtab qolish niyatim yo'q. Bu boshlanishi, Odil akam juda ko'p kerakli gaplarni shu kungacha gapirib kelganlar. Yaqinda "Lokomotiv" direktori bilan ko'rishgan akademiya rahbariyati menga kerakli barcha sharoitni qilib berdi, endi buyog'i o'zimning qo'limda. Bundan 3 yil avval to'p tepsangiz manzilga to'g'ri etib bormaydigan maydonlarda shug'ullanardim. Bugun esa Superligada maydonga tushdim. Bu mening yoshimda orzu qilish mumkin bo'lgan holat. Buning uchun o'rinbosarlar safiga olgan murabbiyimiz Dilshod Nuralievga, menga yoshlikdan yordam bergan Aziz Eshonxo'jaevga va albatta Superligada o'ynash imkoniyatini bergan Denis Korostichenkoga katta rahmat aytaman", - deydi Abdurahmonov.


O'zbekiston futbol associaciyasi Kubogida start

O'tgan mavsum U-14 jamoamiz PFL tomonidan o'tkazilgan tayyorlov guruhlari musobaqasida bosh sovrinni qo'lga kiritgan edilar. Mazkur musobaqa joriy mavsum 4ta yosh toifasida bo'lib o'tadi. Bular, 2009, 2008, 2007 va 2006 yillar o'rtasida. 10 mart kuni PFL, O'zbekiston futbol associciyasi va Toshkent shahar futbol associaciyasi bilan hamkorlikda mintaqa bosqichi start oldi. Unda Toshkent shahar, Toshkent viloyati va Sirdaryo viloyati jamoalaridan iborat 10ta klub jam bo'ldi. 

1-turdagi raqibimiz Toshkent futbol akademiyasi bo'ldi. Bo'lib o'tgan 4ta yosh toifasidagi o'yinlarning 3tasida g'alaba qozongan bo'lsak, bittasida imkoniyatni boy berdik.


U-13 (2009 yillar). "Odil Ahmedov FA" va TFA 4:0

U-14 (2008 yillar). "Odil Ahmedov FA" va TFA 1:0

U-15 (2007 yillar). "Odil Ahmedov FA" va TFA 4:2

U-16 (2006 yillar). "Odil Ahmedov FA" va TFA 1:3




Toshkent shahar chempionati 1-tur

13 mart kuni poytaxt ligasi ham start oldi. Garchand kuchli yomg'ir yoqqan bo'lsada, aksar o'yinlar bo'lib o'tdi. 2006, 2007 va 2008 yillarda tavallud topgan futbolchilarimiz "Phoenix" klubiga qarshi safarda maydonga tushdilar. Qizig'i shundaki, muhim o'yin bo'lishi aniq bo'lib turgan bir paytda, mezbonlarning asosiy tarkibi "Paxtakor"ga qarshi maydonga chiqdi va yarim asosiy tarkibi bilan 2006 yillarimizga qarshi o'ynadi. Buning natijasi, juda yirik hisob bilan tugadi. 2007-yillarimiz qiyinchilik bilan g'alaba qozongan bo'lsa, 2008-yillarimiz raqibga umuman imkoniyat qoldirmadilar.


U-16 (2006). "Phoenix" va "Odil Ahmedov FA" 0:7

U-15 (2007). "Phoenix" va "Odil Ahmedov FA" 2:3

U-14 (2008). "Phoenix" va "Odil Ahmedov FA" 0:8


U-21 ligada seyv 

2017 yil Namanganda faoliyat boshlagan "Odil Ahmedov FA" safiga kelib qo'shilgan Muhammadbobur Mo'ydinov 2021 yilning birinchi davrasini Akmal Xolmatov boshqaruvidagi "Olimpik" U-18 jamoasi safida PFL ligasida to'p tepdi. Uning harakatlari 1-ligada faoliyat olib borayotgan "CHig'atoy" bosh murabbiyi Dmitriy Kimning nazariga tushdi va ikkinchi davrani himoyachi mazkur ligada o'tkazdi. Joriy yil "Navbahor" jamoasining asosiy tarkibida o'quv yig'in mashg'ulotlarini o'tkazgan qanot himoyachisi o'zining ilk professional shartnomasini imzoladi. "Surxon"ga qarshi kechga U-21 ligasida tarbiyalanuvchimiz 90-daqiqa maydonda harakat qildi.

Namangan futbol akademiyasi va klubimiz o'rtasida tuzilgan hamkorlik natijasida, 2020 va 2021 yilni Toshkent shahar chempionati, tayyorlov guruhi va klubimizning Ukrainadagi yig'inida ishtirok etib qaytgan darvozabon Ozod Marufov kelajak posboni deb aytsak mubolag'a bo'lmaydi. "Odil Ahmedov FA" sharafini Toshkent shahar chempionatida himoya qilish orqali O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi nazariga tushgan posbon "Surxon"ga qarshi bahsni to'liq o'tkazdi "kamiga" 81-daqiqada Jahongir Ahmadov tomonidan tepilgan 11 metrlik jarima zarbasini qaytarishga muvaffaq bo'ldi. 


Odil Ahmedov FA matbuot xizmati

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика