Odil Ahmedov: "Bugun o'zgarmasak har to'rt yilda kechirim so'rayveramiz"
19 iyu 2021 15:49
Yangiliklar
Odil Ahmedov: "Bugun o'zgarmasak har to'rt yilda kechirim so'rayveramiz"
O'FAning navbatdan tashqari kongressi bo'lib o'tmoqda.
O'FAning navbatdan tashqari hisobot kongressi boshlandi
Unda so'zga chiqqan terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov fikrlarini bildirib o'tdi.
"SHuni aytishim kerakki, futbolni aldab bo'lmaydi. Bugun o'zgarishni boshlamasak, har to'rt yilda shunday kechirim so'rayveramiz. Futbolchi bo'ladimi yoki murabbiymi, futbol sohasida ishlaydigan bo'ladimi futbolni manfaatini birinchi o'ringa qo'ymas ekan hech qanday natija chiqmaydi. Bu futbolni detallaridan biri. Mayda detallari juda ko'p. Asosiy katta muammolarimizdan biri bolalar futbolini to'g'ri yo'lga qo'ymaganimizda. Fundament yo'q ekan natijani o'ylamasak ham bo'ladi. Terma jamoadagi faoliyatimni esa yakunladim",- deydi Odil Ahmedov.
Fikrlar