Odemvingening aniq zarbasi Nigeriyaga g'alaba keltirdi
22 iyu 2014 05:17
Yangiliklar
Odemvingening aniq zarbasi Nigeriyaga g'alaba keltirdi
Jahon chempionati "F" guruhi guruhi vakillari Nigeriya hamda Bosniya va Gercegovina jamoalari o'rtasida kechgan bahs har ikkala terma jamoa uchun hal qiluvchi bellashuv maqomiga ega edi.
Mag'lubiyatga uchragan jamoa mundialdagi ishtirokini erta yakunlashi oydinlashib qolardi, aksincha g'alaba qozongan jamoa esa keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini saqlab qolardi.
Hujumkor ruhda boshlangan ushbu o'yin har ikkila jamoalarning g'alabaga chanqoqligi kuchli ekanligini anglatib turardi. Navbatma-navbat hujum tashkil etishdan charchamagan bu ikki jamoa vaziyatlardan foydalanishda biroz oqsashdi.
Uchrashuvning 29-daqiqasiga kelib Nigeriyaning tashkil etgan hujumi samaralari yakunlandi. Emenike raqibidan o'tib ketib, jarima maydoncha ichida o'z imkoniyatini poylab turgan Piter Odemvingega to'pni tashladi. Olmaliqda tug'ilgan ushbu hujumchi o'zining aniq zarbasi bilan o'yindagi hisobni ochdi, 1:0.
Piter Odemvinge tomonidan kiritilgan ushbu gol yakunda yagonaligicha qoldi va hisob o'zgarmadi.
Ikkinchi bo'limda Nigeriyada ham, Bosniyada ham bir qator vaziyatlar yuzaga keldi. Ammo yaratilgan imkoniyatlardan foydalana bilishmadi.
Piter Odemvingening yagona goli Nigeriyaga ushbu mundialdagi ilk g'alabani taqdim etdi.
JCH-2014. "F" guruhi, 2-tur.
Nigeriya - Bosniya va Gercegovina 1:0
Gol: Odemvinge (29)
Nigeriya: Eneama, Yobo, Ambrouz, Musa (Ameobi, 65), Odemvinge,Eminike, Mikel, Oshaniva, Onazi, Babatunde (Uzoenyi, 75), Omerou.
Bosniya va Gercegovina:
Begovich, Spaxich, Besich, Pyanich, Misimovich, Jeko, Muyja, Sunich, Lulich
(Salixovich, 58), Medudyanin (Susich, 64), Xayrovich (Ibishevich, 57).
Ogohlantirishlar: Medunyanin (6), Mikel (82).
SHahboz Beg'amov.
Fikrlar