Odamlarni o'ldirishga davat qilgan "Qorabog'" matbuot kotibi bir umrga futboldan chetlatildi
26 noy 2020 23:39
Yangiliklar


Odamlarni o'ldirishga davat qilgan "Qorabog'" matbuot kotibi bir umrga futboldan chetlatildi
"Qorabog'" matbuot xizmati rahbari Nurlan Ibragimov bundan buyon futbol borasidagi ishlar bilan shug'ullana olmaydi.
Bunday qarorga UEFA kelishi uchun ancha vaqt davomida tergov ishlari olib borildi. Qayd etish kerak, Ibragimov feysbukdagi sahifasi orqali Armaniston fuqarolarini, shu jumladan, bolalar va ayollarni ham o'ldirib yuborishni davat qilgan.
UEFA esa o'z navbatida buni FIFAga olib chiqdi va tashkilotdan xodimni bir umrga futboldan chetlatilishini so'ragan. Undan tashqari, xodimning qilgan ishi sababli klub 100 ming evro jarimaga tortildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar