Ochoaning agenti: "Gilermening maqsadi – Franciyada qolish"
08 iyu 2014 19:54
Yangiliklar
Ochoaning agenti: "Gilermening maqsadi – Franciyada qolish"
Darvozabon Gilerme Ochoaning agenti Kristof Mongai mijozi borasida gapirib o'tdi.
"Biz ikkita francuz klubidan taklif oldik. Lekin, ushbu takliflarga rad javobini berdik. Bu biz kutgan darajadagi takliflar emas edi.
Ochoaning maqsadi - Franciya chempionatida qolish. Agar bu amalga oshmasa biz boshqa Evropa klublari variantlarini ko'rib chiqishimiz mumkin", - deydi agent.
Eslatib o'tamiz, "Ayachcho" bilan shartnomasi yakunlangan Ochoa ayni paytda erkin agent hisoblanadi.
Fikrlar