OCHL. "Seul"dan uchinchi g'alaba, Adrianodan 9-gol VIDEO
16 mar 2016 16:06
Yangiliklar


OCHL. "Seul"dan uchinchi g'alaba, Adrianodan 9-gol VIDEO
"F" guruhida Xitoyning "SHandong Luneng" klubi Janubiy Koreyaning "Seul" klubini qabul qildi. Ikkala klub dastlabki ikki turda g'alaba qozonib 6 ochkodan to'plashgandi.
Bugungi o'yinda "Seul" raqibni 4:1 hisobida taslim qilib guruhda yakka peshqadam bo'lib oldi. Etiborlisi, jamoa hujumchisi braziliyalik Adriano dublga erishdi. U o'tgan ikki turda raqiblar darvozasiga 7ta gol urib musobaqa to'purari bo'lib turgandi. Adrianoning gollari soni 9taga etdi.
Guruhdagi ikkinchi o'yin "Sanfrechche Xirosima" va "Buriram Yunayted" o'rtasida bo'lib o'tdi. Unda Yaponiya klubi 3:0 hisobida zafar quchdi.
"SHandong Luneng" - "Seul" 1:4
Gollar: Jusiley 62 - Adriano 28, 71, Ko Yo Xan 65, Deyan Damyanovich 68.
"SHandong Luneng" - Vang Dalei, Dai Lin, Zao Mingjian (Vang Tong, 84), Zeng Zeng, Jil, Xao Junmin, Vang Yongpo (Zang Venzao, 79), Jusiley, Jin Jingdao (Liu Binbin, 46), Diego Tardelli, Yang Ksyu.
"Seul" - Xyun Yyu, Kim Dong Vu, Takaxagi, Ko Yo Xan, Osmar, Kim Von Sik, Ko Kvang Min, SHin Jin Xo (Park Yong Vu, 83), Ju Se Jong, Deyan Damyanovich, Adriano (Yun Ju Tae, 88).
"Sanfrechche Xirosima" - "Buriram Yunayted" 3:0
Gollar: Asano 42, 55, SHimicu 81.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar