So’nggi yangiliklar

11:48Факт: "Динамо" Самарқандда 17 йилдан буён "Насаф"ни юта олмаяпти  0 11:22Балотелли Шимолий Америкага йўл олиши мумкин  0 10:45"Жар"даги жанг: Саҳна тайёр, роллар тақсимланган, навбат спектаклга   6 10:17Алонсо ПСЖга қарши учрашув ҳақида фикр билдирди  11 09:45"Пахтакор" легионери ёзда жамоани тарк этади  3 09:08"Навбаҳор"нинг собиқ легионери фаолиятини "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  1 08:34Мусиала қанча муддатга сафдан чиққани маълум  6 08:05Суперлига. ОКМК минимал ҳисобда, "Бунёдкор" эса ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  0 07:57Суперлига. Бугун иккита супер учрашув бор  12 07:25МЛС. ЖЧдан қайтган "Интер Майами" рақибини йирик ҳисобда мағлуб этди. Мессидан 2+1  5 03:03Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" "Боруссия"ни мағлуб этиб, ярим финалга чиқди, финал йўлидаги рақиб — ПСЖ  25 01:50"Арсенал" ва Мадуэке шартнома борасида келишиб олди. "Челси" билан музокаралар яқин кунларда бошланади  3 01:02Максим Шацких: "Афсуски, баъзи футболчиларимиз бундай даражадаги ўйинга тайёр эмас"  14 00:41"Челси" "Реал" ҳужумчиси учун 40 млн евро тўлашга тайёр  5 00:15Илёс Зейтуллаев: "Мен мураббийман, футболчининг шартнома масаласини клуб ҳал қилади"  2

OCHL. “Sepaxon” – “Lokomotiv” uchrashuvi oldidan matbuot anjumani tashkil etildi Yangiliklar

OCHL. “Sepaxon” – “Lokomotiv” uchrashuvi oldidan matbuot anjumani tashkil etildi

Teglar :  LokomotivSepaxon
Xabaringiz bor, ertaga Osiyo chempionlar ligasining 3-turidan o'rin olgan o'yinlarga start beriladi.

O'z tarixida ikkinchi bor OCHL guruh bosqichida ishtirok etayotgan “Lokomotiv” safarda Eronning “Sepaxon” klubi mehmoni bo'ladi.

Bugun “Lokomotiv” futbol klubi delegaciyasi istiqomat qilayotgan mehmonxonada o'yinoldi matbuot anjumani tashkil etildi. Unda dastlab “temiryo'lchilar” ustozi Andrey Miklyaev hamda hujumchi Temurxo'ja Abduxoliqov ishtirok etishdi.

A.Miklyaev: – Avvalambor bizni iliq kutib olishgani uchun mezbon jamoa vakillariga minnatdorchilik bildiraman. SHahringizga kecha etib keldik va kechaning o'zida mashg'ulot o'tkazdik. Ertaga bo'lsa ikkala jamoani qiziqarli o'yin kutib turibdi deb o'ylayman. Guruhdagi to'rtta jamoada ham imkoniyat bor. Ertaga g'alaba qozonsak, guruhdan chiqish uchun yanada yaxshi imkoniyatga ega bo'lamiz. Biz bu erga faqat uch ochkoni ko'zlab tashrif buyurganmiz.

T.Abduxoliqov: – Bu yilgi Osiyo chempionlar ligasi bilan hammani tabriklayman. Bunday turnirda har bir futbolchi to'p surishni istaydi. Men oldin ham Eronda bo'lganman va bizni doim mehmondo'stlik bilan kutib olishgan. Jamoamizda kayfiyat yaxshi, biz futbolchilar o'yinga tayyormiz.

Savol: – “Sepaxon” jamoasi haqida nima deya olasiz?
A.Miklyaev: – Biz bu klub haqida malumotga egamiz. Jamoaning o'tgan yil Eron chempioni bo'lganidan xabarimiz bor. Tarkibda kuchli legionerlar shuningdek, yaxshi saviyadagi mahalliy futbolchilar to'p tepishadi. Oldin bizda o'ynagan Fozil Musaev ham ushbu jamoada faoliyat olib boryapti. Klub ichki chempionatda bir tekis o'yin ko'rsata olmayapti, biroq OCHL umuman boshqa turnir va hamma jamoa bunda bor imkoniyatini ishga soladi.

Savol: – Bu erning ob-havosi haqida fikringiz? Tarkibda jarohat olgan futbolchilar bormi?
A.Miklyaev: – Ob-havo xuddi Toshkentdagiga o'xshash, yani maza qilib futbol o'ynasa bo'ladi. Ertaga hech bir jamoaning ob-havodan nolishga haqqi yo'q. Jarohat olganlar bor-yo'qligiga keladigan bo'lsak, bizda faqat bir futbolchi Ikrom Alimboevning jarohati bor, shu bois uni Toshkentda qoldirib kelganmiz.

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Igor Stimach (xorvatiyalik murabbiy) va “Sepaxon” futbolchisi Ali Karimi ishtirok etishdi.

I.Stimach: – Ertaga bizni juda muhim bahs kutib turibdi. “Lokomotiv” yaxshi shakllangan jamoa, ularni kichik O'zbekiston terma jamoasi desa ham bo'ladi. Bizga oson bo'lmasligi aniq, lekin yutishga harakat qilamiz.

A.Karimi: – Biz bu o'yinga jiddiy hozirlik ko'rdik. O'z maydonimizda xuddi “Al Nasr”ni yutganimiz kabi “Lokomotiv”ni ham mag'lub etmoqchimiz. Raqib safida kuchli futbolchilar ko'p, birini ajratish kerak bo'lsa 18-raqamdagi Timur Kapadzeni ko'rsatgan bo'lardim.

Savol: – Raqibni qanchalik o'rgandingiz?
I.Stimach: – Biz ularning OCHLdagi avvalgi ikkita o'yinini ko'rib chiqdik. “Lokomotiv” yaxshi harakat qildi deya olaman. Qolaversa, O'zbekistonda ichki chempionat yaqinda boshlanganini ham bilamiz.

Savol: – Guruhda qiziqarli vaziyat yuzaga kelgan, ikkita jamoada uch, yana ikkitasida ikki ochko bor. SHuningdek, barcha klublarda to'plar nisbati bir xil 2-2. Bu borada nima deya olasiz?
I.Stimach: – Men matematik emasman. Meni faqat ertangi o'yin o'ylantirmoqda, boshqasi bilan qiziqayotganim yo'q.

P.S. Matbuot anjumanidan so'ng har ikkala jamoa menjerlari hamda uchrashuv rasmiylari ishtirokida miting tashkil qilindi. Unda ertangi bellashuvda kimning qaysi liboslarda to'p tepishi aniqlab olindi. Demak, 15 mart kungi bahsda “Lokomotiv” oq, “Sepaxon” esa sariq-qora rangli liboslarda harakat qiladi.
















“Lokomotiv” matbuot xizmati.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика