So’nggi yangiliklar

20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  0 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  3 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  1 19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  5 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  7 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  8 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  22 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  1 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  21 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  7

OCHL. "Paxtakor"ga qarshi o'yin oldidan "Al Hilol"ning 5 futbolchisida koronavirus aniqlandi Yangiliklar

OCHL. "Paxtakor"ga qarshi o'yin oldidan "Al Hilol"ning 5 futbolchisida koronavirus aniqlandi

OCHLning amaldagi g'olibi "Al Hilol" kecha Dohaga uchib kelgandi.

Bu haqda xabar bergan edik.

FOTO  OCHL. Musobaqaning amaldagi g'olibi "Al Hilol" ham Dohaga etib keldi, ular "Paxtakor" bilan o'ynaydi

Osiyo futbol Konfederaciyasi Qatar Sog'liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda CHempionlar ligasi (g'arbiy mintaqa)da ishtirok etadigan jamoalarni Dohaga kelishlari bilan aeroportning o'zida COVID-19 uchun test nazoratidan o'tkazishdi. Unga ko'ra, test javoblari chiqmagunga qadar hech kim mehmonxonadan tashqariga chiqmasligi kerak.

Bugun ana shu test natijalari shuni ko'rsatdiki, Saudiya Arabistonining "Al Hilol" jamoasidan 5 nafar futbolchi va rahbariyatidan 1 nafar xodimning koronavirusga topshirgan testi ijobiy chiqqan. Bundan tashqari, Qatarning "Al Duhayl" jamoasi futbolchisi (1 nafar)da ham virus aniqlangan.

Yuqoridagi har ikki klubga ham kerakli tibbiy yordam va xizmat ko'rsatilmoqda. Test natijalari ijobiy chiqqanlar esa karantinga olingan va tibbiyot xodimlari nazoratidalar. Sababi, buni musobaqa uchun qabul qilingan COVID-19 xavfsizlik choralari va protokollari talab etadi.


Eslatib o'tamiz, "Al Hilol" OCHLning "B" guruhida "Paxtakor" bilan birga joy olgan. 14 va 17 sentyabr kunlari aynan ular o'zaro o'yin o'tkazishlari kerak.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика