OCHL. "Paxtakor" raqibi bosh murabbiyni ishdan bo'shatdi
18 apr 2019 09:17
Yangiliklar


OCHL. "Paxtakor" raqibi bosh murabbiyni ishdan bo'shatdi
Osiyo chempionlar ligasida "Paxtakor" bilan bir guruhdan joy olgan "Al Ahli"da istefo yuz berdi.
Urugvaylik mutaxassis Xorxe Fossatining ishidan qoniqmagan klub rahbariyati unga chiqish eshiklarini ko'rsatdi va mavsum oxirigacha vaqtincha murabbiy etib Yusef Anbarni tayinladi.
O'z vaqtida uch marta Saudiya Arabistoni chempionligini qo'lga kiritgan "Al Ahli" hozirda ichki chempionatda beshinchi o'rinda boryapti. Bundan tashqari jamoaning OCHLdagi ishlari ham yaxshi emas. Jiddaliklar turnir jadvalida bir g'alaba va ikki mag'lubiyat bilan oxirgi o'rinni egallab turishibdi.
Bu ham kamlik qilgandek, "Al Ahli" Saudiya Arabistoni Proligasining oxirgi turida o'z maydonida "Al Hilol"ga 0:1 hisobida yutqazib qo'ydi. Natijada toqati toq bo'lgan klub rahbariyati Xorxe Fossatini ishdan bo'shatishni lozim topdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar