OCHL. "Paxtakor" bu yilgi yurishini qaysi jamoaga qarshi o'yin bilan boshlaydi?
18 jan 2019 20:13
Yangiliklar


OCHL. "Paxtakor" bu yilgi yurishini qaysi jamoaga qarshi o'yin bilan boshlaydi?
Iroqning "Eyr Fors" klubi 12 fevral kuni Osiyo CHempionlar Ligasi 2-saralash bosqichida "Paxtakor" mehmoni bo'ladi.
Bu haqda "Paxtakor" klubining rasmiy sayti xabar berdi. OFK Kubogining oxirgi uch musobaqasida g'alaba qozongan "Eyr Fors" jamoasi Iroq chempionatida ayni paytda uchinchi pog'onani egallab turibdi. Bosim Qosim boshchilik qilayotgan jamoa 12 uchrashuvda 27 ochko to'plagan holda "SHorta" va "Zavra"dan keyin bormoqda. CHempionat bellashuvlari Iroqda 6 fevraldan davom ettirilishi mo'ljallangan.
Osiyo Kubogida Iroq terma jamoasini sharafini bu klubdan darvozabon Muhammad Qassid, himoyachi Saad Notiq va yarim himoyachi Ali Hosni himoya qilmoqda. Iroq Kubogida 20 yanvar kuni "Eyr Fors" o'z maydonida "Naft" jamoasini qabul qiladi.
O’xshash yangiliklar
14:52
"Sherlar" so'nggi soniyalarda g'alabani ilib ketgan "Paxtakor" – "Xorazm" o'yinidan GALEREYA 0

Fikrlar