So’nggi yangiliklar

14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  0 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  4 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  3 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  8 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14

OCHL. "Paxtakor" - "Al Hilol". O'yinni qaysi hakam boshqarishi malum Yangiliklar

OCHL. "Paxtakor" - "Al Hilol". O'yinni qaysi hakam boshqarishi malum

Bugun, 17 sentyabr kuni Osiyo CHempionlar ligasi G'arb mintaqasida 4-turga start beriladi.

"B" guruhida "Paxtakor" va "Al Hilol" jamoalari o'zaro kurash olib borishadi. Tomonlarning 3 kun oldin 3-tur doirasidagi bahsida saudiyaliklar so'nggi daqiqadagi gol evaziga g'alaba qozonishgandi.

Pakhtakor Tashkent

AFC Champions League Grp. B . 4-tur

18/09/2020, 00:00

0
:
0
Cancelled

Al Hilal

Ertangi bellashuvni boshqarib boradigan hakamlar brigadasi malum bo'ldi. Demak, uchrashuv bosh hakami bahraynlik Navaf SHukrulla. Ha, siz uni juda yaxshi taniysiz. Unga qanotlarda hamyurtlari Muhammad Salmon va Abdulla Solih Alrovaimi yordamlashadi. Hakamlar nazoratchisi esa ko'pchilik yaxshi tanish bo'lgan malayziyalik Subhiddin Mohd Solih.

OCHL

4-tur, "B" guruhi

"Paxtakor" - "Al Hilol"

Bosh hakam:  Navaf SHukrulla Abdulla G'ayyat (Bahrayn)

Qanot hakamlar: Muhammad Jafar Muhammad Salmon (Bahrayn), Abdulla Solih Alrovaimi Abdulla Mohsen (Bahrayn).  

Zaxira hakami: Krishanta Dilan Perera Hettikankanamge (SHri-Lanka).  

Nazoratchi:  Subhiddin Bin Mohd Solih (Malayziya).


Qiziq malumot: Navaf SHukrulla ushbu jamoalarning OCHL-2016 2-turi doirasida Ar-Riyoddagi o'yinini boshqargan. O'shanda saudiyaliklar 4:1 hisobida g'alaba qozonishgan. 4 yil oldin bo'lib o'tgan o'sha o'yinda "sherlar"ning yagona golini kiritgan Igor Sergeev hozir ham tarkibda. "Hilol" safida esa o'sha yirik g'alabada ikkita golga assistentlik qilgan Muhammad Al SHalhub OCHLning markazlashgan o'yinlari uchun "zayavka"ga kiritilgan. Lekin, u yaqindagina futbol bilan xayrlashgan edi. Tugatgan bo'lsa nega "zayavka" qilgan degan tabiiy savol tug'ilishi mumkin. Balki, jamoa OCHLni yana yutgan taqdirda klub afsonasi kubokni ko'tarishini xohlab shunday qilgandir. Har holda Al SHalhub "Hilol"ning eng katta afsonasi hisoblanadi.

Bundan tashqari, janob Navaf "Paxtakor"ning xalqaro maydondagi yana bir o'yinini boshqargan. OCHL-2012 4-turi doirasida Dohada "Al Arabi"ga qarshi bellashuvda toshkentliklar 1:0 hisobida g'alaba qozonishgan. 8 yil oldingi o'sha to'qnashuvda asosiy tarkibda tushgan Egor Krimec hozirda jamoa sardori hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" - "Al Hilol" uchrashuvi bugun, 17 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan 21:00 (Toshkent vaqti bilan 23:00)da start oladi. Bahs "Al Janub" stadionida bo'lib o'tadi.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика