So’nggi yangiliklar

02:20Хейлунд МЮдан кетганидан қаттиқ ҳафа бўлган. Ҳужумчи ўзини Шешкодан яхшироқ деб ҳисоблаганди  0 01:50УЕФА "Барселона"га EЧЛ лига босқичи давомида "Камп Ноу"га қайтишига рухсат беради. Регламентда бу тақиқланганди  0 01:35Диёр Холматов: "Янги либосларнинг сифатига гап йўқ"  9 01:15Расман: Гюндоган "Ман Сити"дан "Галатасарой"га ўтди. Трансфер турк клубига текинга тушди  0 00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  0 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  9 00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  6 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  11 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  36 23:03Равшан Ҳайдаров U-23 Осиё кубоги саралаши ҳақида: "Жамоамиз турнирга белгиланган режа асосида пухта тайёргарлик кўрди"  2 22:08Игорь Сергеев миллий жамоа тарихидаги тўпурарлар орасида олтинчи ўринга кўтарилиб олди  13 21:40CAFA Nations Cup. Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  27 21:30CAFA Nations Cup. Бир киши кам бўлиб қолган Ўзбекистон Туркманистонни кичик ҳисобда мағлуб этди  273 20:55Қирғизистон бош мураббийи: "Ғалабамизни ўғирлашди"  7 20:33Топ лигалардан клуб топа олмаган Лукман Туркияга йўл олиши мумкин  1

OCHL. "Paxtakor" o'z maydonida "Al Fayha"ga mag'lub bo'lib, joriy OCHLdagi ishtirokini yakunladi Yangiliklar

OCHL. "Paxtakor" o'z maydonida "Al Fayha"ga mag'lub bo'lib, joriy OCHLdagi ishtirokini yakunladi

OCHL guruh bosqichi 6-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Al Fayha" uchrashuvi yakunlandi.

OCHL. "A" guruhi. 6-tur 

"PAXTAKOR" (O'ZBEKISTON) – "AL FAYHA" (SAUDIYA ARABISTONI) 1:4

Gollar: Hojimat Erkinov 10', Feshn Sakala 40', 90+4', Sulton Mandash 46', Genri Onekuru 85'

Bosh hakam: Ahmed Abu Bakar Said Al Kaf (O'mon)

Yordamchi hakamlar: Abu Bakar Salim Mahad Al Amri, Rashid Hamid Al Gaiti (ikkalasi – O'mon)

Zaxira hakami: Pechsri Mongkolchai (Tailand)

VAR: Meshari Ali Al SHamari (Qatar)

AVAR: Tolib Salim Al Marri (Qatar)

Nazoratchi: Abdul Karim Said (Iordaniya)

Komissar: Rashid Mahbub Al Dosari (Qatar)

"Paxtakor": 36.Pavel Pavlyuchenko, 2.Behruz Asqarov, 4.Doston Tursunov, 8.Azizbek Turg'unboev, 10.Dragan CHeran (s), 11.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 20.Hojimat Erkinov (6.Muhammadali O'rinboev 90+8'), 28.Diyor Xolmatov, 34.Farruh Sayfiev, 55.Muhammadrasul Abdumajidov, 77.Dilshod Saitov.

Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 12.Sunnatilla Poyonov, 18.Saidumarxon Saidnurullaev, 31.Muhammadali Usmonov, 40.Kimi Merk, 49.Dilshod Abdullaev, 60.Islom Anvarov.

"Al Fayha": 28.Ahmad Al Kassar, 8.Abdulrahmon Al Safari, 12.Yusuf Haqavi (11.Holid Kaabi 77'), 17.Feshn Sakala, 22.Muhammad Al Baqavi, 23.Milan Pavkov (7.Genri Onekuru 58' (49.Ali Al Jubaya 88')), 27.Sulton Mandash, 29.Navaf Al Harti (75.Holid Al Rammah 88'), 33.Hussayn Al SHuvaysh (s), 70.Abdulrahmon Al Anzi (6.Saud Zaydan 58'), 80.Usama Al Halaf.

Zaxira: 1.Abdulrauf Al Dahil, 3.Gislen Konan, 66.Rakan Kaabi.

Ogohlantirishlar: Feshn Sakala 23', Abdulrahmon Al Anzi 58', Dragan CHeran 62', Holid Kaabi 90'

Pakhtakor Tashkent

Khozhimat Erkinov - 10'

AFC Champions League Grp. A . 6-tur

05/12/2023, 19:00

4
:
1
Tugadi

Al-Fayha

Fashion Sakala - 40', Sultan Mandash - 46', Henry Onyekuru - 85', Fashion Sakala - 90'

45'
90'
10'  Khozhimat Erkinov
10'  Dragan Ceran
62'  Dragan Ceran
90'  Khozhimat Erkinov (Mukhammadali Urinboev)
23'  Fashion Sakala
40'  Fashion Sakala
40'  Osama Al Khalaf
46'  Sultan Mandash
46'  Fashion Sakala
58'  Abdulrhman Al Anzi
58'  Milan Pavkov (Henry Onyekuru)
58'  Abdulrhman Al Anzi (Saud Zaydan)
77'  Yousef Haqawi (Rakan Kaabi)
85'  Henry Onyekuru
85'  Rakan Kaabi
88'  Nawaf Al Harthi (Khalid Al Rammah)
88'  Henry Onyekuru (Ali Al Jubaya)
90'  Rakan Kaabi
90'  Fashion Sakala
90'  Ali Al Jubaya


90+8. O'yin yakunlandi!

Feshn Sakala ikki himoyachidan o'tib darvozaga tepdi va gol urdi.

90+4. GOL! Feshn Sakala dublni rasmiylashtirdi!

90+2. Turg'unboevning jarima zarbasidan yo'llagan to'pi noaniq ketdi.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 8 daqiqa qo'shib berildi.

"Al Fayha" qarshi hujumga qochib ketdi, Genri Onekuru darvozabon bilan birga bir chiqib bordi va gol urdi. 

85. GOL! Genri Onekuru hisobni ikkita oshirib, masalani hal qilib qo'ydi.

83. Doston Tursunovning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.

80. Uchrashuvni bevosita stadionda 2150 nafar muxlis kuzatib bormoqda.

79. To'p nazorati: 67% - 33%.

74. Hojimat Erkinovning zarbasi noaniq bo'ldi.

70. Sayfievning chap qanotdan havolatib uzatgan to'pini Turg'unboev boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq.

69. Holdorxonov darvozaga yaqin masofadan zarba berdi, to'pni Ahmal Al Kassar qaytardi.

65. Aziz Turg'unboevning bosh bilan yo'llagan zarbasini darvozabon qaytarib yubordi.

64. Turg'unboevning zarbasi rekoshetga uchrab maydonni tark etdi.

60. Sultan Mandash darvozabon bilan birga bir chiqib bordi, to'pni bo'sh turgan sherigiga ham uzaytmay tepdi, Pavlyuchenkadan ajoyib seyv!

52. Behruz Asqarovning uzoqdan erlatib bergan kuchli zarbasini darvozabon ushlab oldi.

51. Diyor Holmatovning zarbasini darvozabon ushlab oldi.

49. "Paxtakor" faollikni yanada oshirmoqda. 

Sulton Mandash o'ziga uzatilgan to'p bilan oldinga yurish qildi, darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqdi va zarba berib, hisobni jamoasi foydasiga o'girdi. 

46. GOL! "Al Fayha" hisobni oshirmoqda!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+4. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+4. CHeranning darvozaga yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

42. Mehmonlar hujumlar uyushtirishdan tinmayapti. Jamoa yana bir burchak zarbasiga ega bo'lmoqda.

Burchakdan uzatilgan to'p Feshn Sakalaga etib keldi, uning bosh bilan yo'llagan to'pi darvozadan joy oldi.

40. GOL! "Al Fayha" hisobni tenglashtirdi!

39. Hussayn Al SHuvaysh jarima maydonchasiga kirib borib zarba berdi, darvozabon qaytardi.

39. Turg'unboevning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasi aniq bo'lmadi.

34. Feshn Sakalaning zarba berishiga mezbonlar himoyachilari yo'l qo'yishmadi.

28. Sayfievning chap qanotdan havolatib uzatgan to'pini Xoldorxonov darvozaga yo'lladi, biroq noaniq. 

24. Usama Al Halafning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Pavlyuchenko qaytardi.

22. CHeran Turg'unboevni oldinga boshladi, Azizning zarbasini raqib himoyachisi qaytardi.

13. O'yin tempi oshmoqda, bugun har ikki jamoaga ochko kerak.

CHeran to'pni nafislik bilan to'pni erlatib Hojimat Erkinovga uzatdi, uning zarbasi golga aylandi!

10. GOOOOL! "SHerlar" hisobni ochdi!

9. "Paxtakor" jarima zarbasini amalga oshirdi, biroq vaziyat xavfli tus olmadi.

4. Mehmonlar bahsni faol tarzda boshlab oldinga yurish qilishdi va burchak zarbasi ishlab olishdi.

1. O'yin boshlandi!

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

- Uchrashuv 19:00 da boshlanadi.

Reyting: -77   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика