So’nggi yangiliklar

17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  1 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  1 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  2 16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  4 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  5 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  1 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  2 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   5 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  10 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  38

OCHL oldidan. Andrey Fyodorov: "Al Ittihod"ning ichki chempionatda pastda borayotgani hech narsani anglatmaydi" Yangiliklar

OCHL oldidan. Andrey Fyodorov: "Al Ittihod"ning ichki chempionatda pastda borayotgani hech narsani anglatmaydi"

"Lokomotiv" Osiyo chempionlar ligasi 3-tur bellashuvini safarda o'tkazadi.

"Temiryo'lchilar" Saudiya Arabistonining Jidda shahrida "Al Ittihod" mehmoni bo'lishadi. O'yindan oldingi matbuot anjumanida ishtirok etgan "Loko" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov raqib kuchiga yuqori baho berdi. 

- "Hammaga salom. Ushbu shaharda bo'lib turganimizdan juda mamnunmiz. Ertaga bizni chiroyli o'yin kutmoqda deb o'ylayman. Garchi uchrashuv muxlislarsiz o'tsa-da, televizorda ko'radigan tomoshabinlar zerikib qolishmaydi deb o'ylayman. Osiyo chempionlavr ligasi nufuzli turnir, shu bois bunda ishtirok etayotgan har bir jamoa navbatdagi o'yinini yutishni xohlaydi. SHu jumladan biz ham", - deya fikr bildirdi Andrey Vitalevich. 

O'z navbatida jamoa bosh murabbiyiga hamrohlik qilgan Oleg Zoteevning fikrlari quyidagicha bo'ldi: 

- "Bosh murabbiyimizning aytganlariga qo'shilaman. Ertaga hammamizni chiroyli futbol kutib turibdi deb o'ylayman. Bu o'yinda kim g'olib chiqsa, keyingi bosqichga chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo'ladi. Ayni paytda guruhdagi barcha jamoalarda uch ochkodan bor, bu esa qolgan turlar ham qiziq o'tishini bildiradi". 

Bosh murabbiyga savol: "Al Ittihod"ning ichki chempionatda ishlari yurishmayapti. Bu "Lokomotiv" foydasiga xizmat qiladimi? 

A.Fyodorov: "Raqib haqida etarlicha malumotga egamiz. Saudiya Arabistoni chempionati Osiyoda eng etakchilardan biri hisoblanadi. Bu erda chempionat saviyasi juda yuqori. To'g'ri, hozirda "Al Ittihod" o'ziga yarashmagan o'rinda boryapti (13-o'rin), lekin bu hech narsani anglatmaydi deb o'ylayman. CHunki Saudiya chempionati bilan Osiyo chempionlar ligasi butunlay boshqa-boshqa musobaqa va bu ikki musobaqani o'zaro taqqoslash kerak emas". 

Futbolchiga savol: O'yin muxlislarsiz kechadi. OFK qarori tufayli stadion ikkita o'yinga diskvalifikaciya qilingan. Bu mehmon sifatida sizlarga yordam beradimi? 

O.Zoteev: "Avvalo muxlislarsiz futbol Osiyo futbolini ko'tarishga yordam bermaydi. Qolaversa Osiyo chempionlar ligasi nufuzini oshirish uchun muxlislar kerak. Lekin bu OFKning qarori. Bo'sh tribunalar qarshisida biz erkin o'ynaymizmi? Aslida futbolchi ishqibozlar ko'z o'ngida to'p tepsam deydi. Bu ham ko'proq kuch bag'ishlaydi. O'ylaymanki, bu o'yinga muxlislar kiritilmasligi uchrashuvga bo'lgan etiborni tushirmaydi. Har ikki jamoa bor kuchini berib harakat qiladi. Menga qaerda bo'lmasin tomoshabinlar ko'z o'ngida futbol o'ynagan maqul deb o'ylayman". 

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика