So’nggi yangiliklar

18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  1 18:00"Қўқон-1912" — "Қизилқум" 1:1 (матнли трансляция)  7 17:57Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи". Таркиблар маълум  12 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  14 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15

OCHL. OFK nega g'arbiy mintaqadagi o'yinlarni o'tkazish uchun Toshkentni emas, Dohani tanladi? Yangiliklar

OCHL. OFK nega g'arbiy mintaqadagi o'yinlarni o'tkazish uchun Toshkentni emas, Dohani tanladi?

Xabaringiz bor, "Paxtakor" ishtirokidagi qolgan guruh bosqich o'yinlari sentyabrda Dohada bo'lib o'tadigan bo'ldi.

Xo'sh, OFK nega OCHL g'arbiy mintaqasidagi o'yinlarni o'tkazish uchun Toshkentni emas, Dohani tanladi?

Birinchidan, g'arb mintaqasining 4ta guruhdagi barcha o'yinlari bitta mamlakatda bo'lib o'tishi kerak. Sababi 1/4 va 1/8 finallar ham aynan shu davlatda bo'lib o'tadi. SHunday ekan, faqatgina Qatar va BAA barcha o'yinlarga mezbon qila oladi. O'zbekiston esa bunga tayyor emas. Sababi mamlakatimizda bu o'yinlarni qabul qilish uchun stadionlar va infrastruktura etarli darajada emas. Bundan tashqari, O'zbekistonda epidemiya bilan bog'liq holat yaxshi emasligini ham qo'shimcha qilish mumkin.

Bizda maksimum 2ta guruh o'yinlari o'tkazilishi mumkin edi, OFK esa 4ta guruh o'yinlarini o'tkaza oladigan mamlakatlarni o'rgandi. Bunday talablarga esa faqat Qatar javob bera oladi.

Qatar bundan tashqari klublarning turar-joyi, xavfsizlik va tibbiy reglamentning to'liq taminlanishini kafolatladi.

Tabiiyki OFKda Qatardan boshqa variant yo'q edi. Bundan tashqari, Qatar bu orqali JCH-2022 o'tkaziladigan stadionlarni tekshirib oladi. Qayd etish kerakki, Toshkentning "Paxtakor" klubi JCH-2022 uchun qurilgan stadionlarda to'p tepadigan ilk jamoalardan bo'ladi.

→ OCHL. G'arb mintaqasidagi o'yinlar qaerda bo'lib o'tishi va "Paxtakor"ning o'yin sanalari malum bo'ldi

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика