

Unga ko'ra, OCHL G'arb mintaqasidagi guruh bosqichi va pley-off bahslari markazlashgan formatda sentyabr oyida o'tkaziladi. Ushbu uchrashuvlarga Qatarning Doha shahri mezbonlik qilishi ko'zda tutilgan.
Ushbu chempionatda O'zbekiston sharafini himoya qilayotgan Paxtakor jamoasi o'rin olgan "B" guruhining o'yinlar taqvimi quyidagicha:
"B" guruhi | Markazlashgan majmua, Doha
3-tur | 14 sentyabr
"Al Hilol" (Saudiya Arabistoni) - Paxtakor (O'zbekiston)
"Shabab Al Ahli" (BAA) - "Shahr Xodro" (Eron)
4-tur | 17 sentyabr
Paxtakor (O'zbekiston) - "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni)
"Shahr Xodro" (Eron) - "Shabab Al Ahli" (BAA)
5-tur | 20 sentyabr
"Shabab Al Ahli" (BAA) - Paxtakor (O'zbekiston)
"Shahr Xodro" (Eron) - "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni)
6-tur | 23 sentyabr
"Shahr Xodro" (Eron) - Paxtakor (O'zbekiston)
"Al Hilol" (Saudiya Arabistoni) - "Shabab Al Ahli" (BAA)
*Yuqorida e'lon qilingan sanalar mintaqadagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda o'zgartirilishi mumkin.
Bu esa "Al Rayyan" stadioni. Stadion hali rasman ochilgani yo'q, ammo 14 sentyabrda aynan shu stadionda OFK Chempionlar Ligasi o'yinlari ("Paxtakor" ishtirokidagi o'yin ham) o'tkazilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu stadion 2022 yilgi mundial o'yinlariga mezbonlik qiladi.






