So’nggi yangiliklar

17:58"Барса" ўйинчиси Роке яна "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  0 17:30РПЛ. ЦСКА ва Файзуллаев Москвада "Оренбург"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  3 17:23Симонс яна бир мавсумни ижара асосида "Лейпциг"да ўтказади. У бир неча кундан сўнг тиббий кўрикдан ўтади  1 16:58Флик Кантенинг "Барса"га ўтишини блоклаб қўйди. Мураббий ёш ўйинчиларни афзал кўради  2 16:28Моуринью Гюндоганни "Фенербахче"да кўрмоқчи  0 15:54"Ливерпуль" ярим ҳимоячисини 17,5 млн еврога сотмади  1 15:16"Боруссия" форварди Францияга йўл олади  1 14:47Париж-2024. Ўзбекистонлик ҳакамлар ярим финал ўйинини бошқариб боришади  5 14:31Ашурматов "Химки"дан учралган мағлубиятга изоҳ берди  1 14:07Альвареснинг агенти келаси ҳафтада "Ман Сити" билан музокаралар ўтказади. Клуб ўйинчини 40-50 млн еврога сотмайди  1 13:39"Ливерпуль" Робертсонга ўринбосар топди  0 13:105та гол урилган "Андижон" — ОКМК ўйини ёҳуд олмалиқликларнинг даҳшатли камбэкидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 12:50Футзал. ЖЧ-1992. Пеле томоша қилган ҳамда онасининг қорнида тўп тепишни бошлаган ялангоёқ болакайнинг энг яхши ўйинчига айлангани ҳақида ҳикоя қиламиз  0 12:36"Атлетико" Альварес учун 47+12 млн фунт таклиф қилмоқда, "Ман Сити" 70+20 млн хоҳламоқда. Мадридликлар пессимистик кайфиятдалар  3 12:05Гвардиола Англия терма жамоасининг қизиқишини изоҳлади  0

OCHL. Dastlabki turda klublarimiz Saudiya Arabistoni va Eron klublariga qarshi Yangiliklar

OCHL. Dastlabki turda klublarimiz Saudiya Arabistoni va Eron klublariga qarshi

2015 yilgi Osiyo chempionlar ligasining ilk turida “Bunyodkor” va “Lokomotiv” Saudiya Arabistonida mos ravishda “Al Nasr” hamda “Al Hilol” klublariga qarshi o'ynaydi.
“Paxtakor” va “Nasaf” esa o'z maydonida Eronning ikki klubini qabul qiladi. Biz o'quvchilarimizga Saudiya Arabistoni – O'zbekiston va Eron – O'zbekiston klublari o'rtasida kechgan o'yinlar statistikasi haqida malumot berishga qaror qildik.

2002 yildan buyon muntazam ravishda o'tkazib kelinayotgan Osiyo chempionlar ligasida O'zbekiston va Saudiya Arabistoni klublari jami 34 marta to'qnash kelishgan. Katta ustunlik arablar tomonida. Ushbu mamlakat klublari 20 bor g'alaba nashidasini surishgan. 8ta uchrashuvda bizning klublari uch ochkoni qo'lga kiritishgan. Qolgan 6ta bahsda g'olibni aniqlashni imkoni bo'lmagan.

Saudiya Arabistonida kechgan 18 o'yinning 14tasida maydon egalari zafar quchishgan. 3 bahsda durang qayd etilgan bo'lsa faqat bir bor (!!!) O'zbekiston klubi ushbu yurtdan g'alaba bilan qayta olgan. 2009 yilning 27 may sanasida musobaqaning 1/8 finali doirasida “Paxtakor” “Al Ittifoq” klubi mehmoni bo'lgan. O'sha uchrashuvda mezbonlar hisobni ochishgandi. Uchrashuvning so'nggi 11 daqiqasida “sherlar” Zayniddin Tojiev va Aleksandr Geynrixning gollari evaziga irodali g'alabani tantana qilishgan. Aynan shu g'alaba klublarimiz tarixida Saudiya Arabistonida qo'lga kiritilgan yakkayu-yagona muvaffaqiyat bo'lib turibdi.

“Bunyodkor” Saudiya Arabistoni klublariga qarshi 13 marta maydonga tushgan. 4 bor "qaldirg'ochlar" g'alaba qozonishgan, 3ta uchrashuvda durang hisobi qayd etilgan. Qolgan 6ta bahsda arablar zafar quchishgan. Toshkent klubi hisobida 12ta gol bor, arablar "Bunyodkor" darvozasiga 18 bor to'p kiritishgan. “Al Nasr” esa ikki bor yurtimiz jamoalariga qarshi o'ynagan. 2011 yilgi mavsumda bu klub “Paxtakor” bilan bir guruhdan o'rin olgandi. Toshkentda kechgan bahsda 2:2 hisobi qayd etilgandi. “Al Nasr” maydonida kechgan uchrashuvda esa 4:0 hisobida mezbonlar g'alabaga erishishgan. “Qaldirg'ochlar” guruh bosqichining 1-turida to'rt bor ushbu mamlakat jamoalari bilan to'qnash kelgan.

2008 yilgi mavsumning ilk turini "Bunyodkor" Jidda shahrida "Al Ittihod"ga qarshi o'tkazgan. O'sha bahs Mirjalol Qosimov shogirdlari uchun OCHLdagi dastlabki rasmiy o'yin edi. Bahs oxirlarida braziliyalik Magno Alvesning kiritgan to'pi "Ittihod"ga g'alaba keltirgan.

2009 yilda "Bunyodkor" Toshkentda "Al Ittifoq" klubiga qarshi o'yin bilan guruh bosqichini boshlagan. Barchasi Rivaldo boshchilgidagi "qaldirg'ochlar" uchun ijobiy tugagan - 2:1. Anvar Soliev dublga erishgan.

Keyingi mavsum Skolari boshchiligidagi "qaldirg'ochlar" musobaqaning dastlabki turini "Al Ittihod" bilan o'tkazishgan. Rivaldo, Hasanov va Denilson gollari maydon egalariga yirik g'alabani taqdim etgan - 3:0.

2014 yilda ham “Bunyodkor” guruh bosqichini aynan Saudiya Arabistoni klubiga qarshi safarda boshlagandi. “Al Fath”ga qarshi kechgan o'yinda tomonlar raqib darvozasiga yo'l topa olishmagandi – 0:0.

OCHL guruh bosqichida debyut qiladigan “Lokomotiv” shu kunga qadar Saudiya Arabistoni klublariga qarshi bu musobaqada umuman maydonga tushmagan. “Temiryo'lchilar”ning raqibi “Al Hilol” esa 9 bor o'zbek klublari bilan bahs olib borgan. SHundan 7tasida “Hilol” g'olib bo'lgan, 1 marta durang qayd etilgan (“Paxtakor” bilan o'yinda) va bir bor mag'lub bo'lgan (“Mashal” bilan o'yinda).

Saudiya Arabistoni klublari O'zbekiston klublariga qarshi

#

Klub

G'alaba

Durang

Mag'lubiyat

1

“Al Ittihod”

7

3

2

2

“Al Hilol”

7

1

1

3

“Al Ittifoq”

2

0

3

4

“Al SHabab”

2

0

0

5

“Al Nasr”

1

1

0

6

“Al Ahli”

1

0

1

7

“Al Fath”

0

1

1


O'zbekiston klublari Saudiya Arabistoni klublariga qarshi

#

Klub

G'alaba

Durang

Mag'lubiyat

1

“Paxtakor”

3

3

11

2

“Bunyodkor”

4

3

6

3

“Mashal”

1

0

1

4

“Neftchi”

0

0

2



Osiyo chempionlar ligasida O'zbekiston va Eron klublari shu kunga qadar 31 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. Ko'rsatkichlar bo'yicha biroz ustunlik biz tomonda. Mamlakatimiz klublari ushbu yurt jamoalariga qarshi uchrashuvlarda 14 bor g'alaba qozonishgan. 11ta o'yinda fors klublari zafar quchgan. Qolgan 6ta bahsda durang qayd etilgan.

O'zbekistonda  kechgan 15 o'yinning 9tasida klublarimiz zafar quchishgan. 3 bahsda durang qayd etilgan bo'lsa yana shuncha o'yinda Eron klublari yurtimizdan g'alaba bilan qaytishgan.

“Paxtakor” Eron klublariga qarshi 11 marta maydonga tushgan. "SHerlar" 8 marta zafar quchishgan, 3ta bahsda raqib g'olib bo'lgan. Toshkent klubi o'z maydonida Eron klublariga qarshi o'tgan 6ta o'yinning barchasida uch ochkoga ega bo'lgan. “Naft Tehron” birinchi bor O'zbekiston klubiga qarshi maydonga tushadi.

OCHL guruh bosqichida ikkinchi bor qatnashadigan Qarshining “Nasaf” klubi o'tgan safargi ishtirokda Eronning “Istiqlol” klubi bilan bir guruhdan o'rin olgandi. O'shanda Tehrondagi bahsda 0:0 hisobi qayd etilgan bo'lsa Qarshida mehmonlar g'olib chiqishgandi – 2:0. “Traktor Sozi” ham xuddi “Naft” kabi bizning klublariga qarshi oldin umuman o'ynamagan.

Eron klublari O'zbekiston klublariga qarshi

#

Klub

G'alaba

Durang

Mag'lubiyat

1

“Sepaxon”

4

2

3

2

“Istiqlol”

3

1

3

3

“Zob Ohan”

3

0

1

4

“Fulad”

1

1

2

5

“Persepolis”

0

1

3

6

“Saypa”

0

1

1

7

“Saba Bateri”

0

0

2

 
O'zbekiston klublari Eron klublariga qarshi

#

Klub

G'alaba

Durang

Mag'lubiyat

1

“Paxtakor”

8

0

3

2

“Bunyodkor”

5

5

4

3

“Neftchi”

1

0

3

4

“Nasaf”

0

1

1

 
Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика