So’nggi yangiliklar

04:35Ла Лига. "Атлетико" илк турдаёқ камбэк қурбони бўлди  3 04:30Италия кубоги. "Милан" қийинчиликсиз "Бари"ни мағлуб этди  1 01:42Лига 1. Витиньянинг голи ПСЖга "Нант" устидан ғалабани тақдим этди  2 00:26Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" ўз уйида "Кайсериспор"ни мағлуб этолмади, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  10 23:54БАА Про лигаси. "Бани Яс" меҳмонда "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Мозговой 73 дақиқада ўйнади  1 23:47Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда дуранг ўйнади, Ўринбоев захирада қолдирилди  0 22:42Максим Шацких: "Менимча, айрим футболчиларимиз ҳали ҳамон фикри ҳаёли билан Про Лигада"  18 22:35Суперлига. “Қўқон-1912” — “Сурхон” 2:0  0 22:26АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди  34 22:13Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бухоро"ни мағлуб этди  12 22:08Отабек Нарзуллаев: "Андижон"га қарши ҳужум тактикада ўйнамасак бўлмасди"  0 21:43Таҳлил. "Қўқон-1912" уйғоняптими?  1 21:32Баҳром Ҳайдаров: "Тезкор голдан сўнг хато қилишга қўрқиб ўйнадик"  0 21:01Февзи Давлетов: "Бунёдкор" билан ўйинда кўп энергия йўқотдик, "Қўқон-1912"да тикланиш учун кўпроқ вақт бўлди"  1 21:00Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди  71

OCHL: CHorak final prevyusi: Server Jeparov OFK nigohida Yangiliklar

OCHL: CHorak final prevyusi: Server Jeparov OFK nigohida

Teglar :  OCHLServer Jeparov
Ertaga Osiyo CHempionlar Ligasi 1/4 final o'yinlariga start beriladi.

CHorak finalning dastlabki o'yinlari oldidan Osiyo Futbol Konfederaciyasi rasmiy sayti turnirda ishtirokini davom ettirayotgan 8ta jamoaning eng asosiy o'yinchilariga to'xtalib o'tdi va ular haqida ayrim faktlar, statistik malumotlarni taqdim etdi.

Eslatib o'tamiz, o'z tarixida ilk marotaba turnirning chorak finaliga yo'l olgan Toshkentning “Lokomotiv” klubi BAAning “Al Ayn” klubiga qarshi maydonga tushadi. Jamoalar o'rtasidagi ilk o'yinga 24 avgust kuni “Al Ayn” klubi mezbonlik qiladi.

OFK nigohi.

Server Jeparov – "Lokomotiv"
Osiyo CHempionlar Ligasidagi ishtiroki
Jami o'yinlari soni – 63ta
Kiritgan gollari soni – 6ta

Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi hamda terma jamoa safida 100dan ortiq o'yin ko'rsatgan futbolchilardan biri OFK talqiniga ko'ra bu yilgi mavsumda “Lokomotiv”ning Osiyo CHempionlar Ligasidagi eng muhim o'yinchilaridan biri deb topilgan. Aynan u “Lokomotiv”ning turnirdagi bu yilgi muvaffaqiyatlarida eng muhim rol o'ynagan futbolchilaridan biri.

Muvaffaqiyat kaliti

Ikki marotaba Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Jeparov bungacha, “Paxtakor” va “Bunyodkor” klublari bilan ham bir qator muvaffaqiyatlarga erishgan. Bungacha sakkiz marotaba O'zbekiston chempioni unvonini qo'lga kiritgan. Qolaversa, u Janubiy Koreya hamda Saudiya Arabistonida ham bir marotabadan chempionlikka erisha olgan.

“Paxtakor” safida 2004 yili Osiyo CHempionlar Ligasi yarim finalida o'ynagan futbolchi 2016 yilning avvalida O'zbekistonga qaytdi va “Lokomotiv”ning ushbu mavsumdagi ajoyib o'yinlariga o'z hissasini qo'shmoqda. Uni o'z safiga qo'shib olgan “Lokomotiv” esa, adashmadi. Aynan uning ikki bor to'p uzatishlaridan so'ng “Lokomotiv” avvalgi raundda “Al Hilol”ni mag'lub etgan edi – 2:1.

Jamoa uchun muhim o'yinchi

Bugungi kunda Server Jeparovni faxriy futbolchilar qatoriga qo'shish mumkin bo'lsa ham, u o'z istedodi va ayrim hususiyatlari evaziga jamoa uchun eng kerakli futbolchi bo'lishga ulgurgan. U o'z istedodi va tajribasi evaziga hozir ham o'yinda ko'plab golli vaziyatlar yarata oladigan salohiyatga ega. Jamoadoshlarini qulay poziciyalarga chiqarish va ko'plab golli vaziyatlarni yarata olishi qobiliyati evaziga bugun ham futbolchi etakchilar qatorida. Aytish mumkinki, bunday saviyadagi futbolchining jamoada borligi, “Lokomotiv”ning yutug'idir.

Boshqa etakchilar

“Lokomotiv” tarkibida o'yinini tomosha qilish tavsiya etiladigan futbolchilar qatorida shuningdek, jamoa sardori Timur Kapadze va tajribali Ignatiy Nesterov ham bor. Ularning ham “Lokomotiv”ning ushbu mavsumdagi g'alabalariga qo'shgan hissasi katta.

Server Jeparovdan tashqari, Timur Kapadze, Ignatiy Nesterov hamda gruziyalik Kaxi Maxaradze kabi futbolchilarning tajribalari “Lokomotiv”ga ushbu mavsumda katta kuch berishi va ularni g'alabalar sari etaklashi mumkin.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика