So’nggi yangiliklar

18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  0 17:40Гонсало Гарсия Ван Нистелройнинг натижасини такрорлади  0 17:23"Машъал" афсонаси Жамшид Ҳасанов фаолиятини якунлади  3 17:07Гвардиола "Челси" билан ўйинда икки ҳимоячисидан айрилди  4 16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  5 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  30 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  1 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  12 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  22 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  2

OCHL. Bikmaev Vilyanueva hamda Ahmedovning natijasini takrorladi Yangiliklar

OCHL. Bikmaev Vilyanueva hamda Ahmedovning natijasini takrorladi

Osiyo chempionlar ligasi 5-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Al Taavon" uchrashuvida jangovor 4:4 hisobidagi durang qayd etilganidan xabardorsiz.

Ushbu bahsda maydon egalari hujumchisi Marat Bikmaev Saudiya Arabistoni klubi darvozasiga uchta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Bu yilgi mavsumni o'zi uchun qoyilmaqom tarzda boshlagan Bikmaev xoh Osiyo chempionlar ligasida bo'lsin, xoh oliy liga bahslari bo'lsin maydonni deyarli golsiz tark etmayapti. So'nggi o'yinlarda esa u xatto ikkitadan gol urishni ham boshlab yuborgandi.

"Temiryo'lchilar" safini o'tgan yilgi to'purar Temurxo'ja Abduxoliqov tark etgach murabbiylar Marat Bikmaevni asosiy hujumchi rolida o'ynatishmoqda. Marat bu ishonchni to'lig'i bilan oqlayapti desak mubolag'a bo'lmasa kerak.

Oliy ligada hozirga qadar 6ta uchrashuvda maydonga tushib raqiblari darvozasini 7 marta ishg'ol qilishga erishdi. Ayni paytda chempionatimizda aynan Bikmaev yakka to'purar bo'lib turibdi. U "Nasaf" va "Paxtakor" bilan uchrashuvlarda o'z hisobiga ikkitadan gol yozib qo'yishga erishdi.



Osiyo chempionlar ligasida esa hujumchi Toshkentdagi barcha o'yinlarda gol urishga erishdi. Dastlab BAAning "Al Ahli" klubiga qarshi uchrashuvda to'p kiritdi. So'ngra Eroning "Istiqlol" jamoasi bilan o'yinda ham o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. Yuqorida aytganimizdek "Al Taavon" bilan uchrashuvda uchta to'p kiritib xet-trikka erishdi. Biroq bu jamoasining g'alabasiga etarli bo'lmadi va "Lokomotiv" o'z uyida Saudiya Arabistoni klubi bilan 4:4 hisobida durang o'ynadi.

Osiyo chempionlar ligasida O'zbekiston klubi safida ikki nafar futbolchi bir o'yinda uchta gol urishga erishgan.

2008 yil yulduzli "Bunyodkor" klubi musoabaqaning chorak finli javob bahsini Toshkentda Eronning "Saypa" klubiga qarshi o'tkazgan. O'sha uchrashuvda "qaldirg'ochlar"ning chililik hujumchisi Xose Luis Vilyanueva raqib darvozasini 9, 18 va 52-daqiqalarda nishonga olib xet-trik qayd etgan. Qizig'i Vilyanueva ham Bikmaev kabi bitta golini penaltidan urgan. O'sha kuni "Bunyodkor" raqibini 5:1 hisobida taslim qilib yarim finalga yo'llanmani qo'lga kiritgandi. Etiborli tomoni o'sha kun "Bunyodkor" safida o'ynagan Timur Kapadze Bikmaev xet-trik qayd etgan o'yinda "Loko" safida harakat qildi.



Osiyo chempionlar ligasida xet-trikka erishgan dastlabki o'zbekistonlik futbolchi esa Odil Ahmedov bo'lgandi. 2010 yilgi mavsumda "Paxtakor" guruh bosqichi, 5-turida o'z maydonida BAAning "Al Ayn" klubini qabul qilgan. Uchrashuvning 9, 12 va 29-daqiqalarida mezbonlar yarim himoyachisi Odil Ahmedov ketma-ket uch bor to'p kiritishga muvaffaq bo'lgandi. Uchrashuv 3:2 hisobida "sherlar"ning g'alabasi bilan tugagandi.



Narzulla Saydullaev

Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика