So’nggi yangiliklar

18:10Ўзбекистон кубоги. Учта ўйиндан ОНЛАЙН НАТИЖА  1 18:05Акобирхўжа Шукуруллаев ишлаган ўйинда меҳмон жамоага техник мағлубият ёзилди. Нимага?  0 17:57Сериал давом этади. Анчелотти Бразилия терма жамоаси билан музокараларни давом эттирмоқда  1 17:00Марказий Осиё. "Аркадағ" ва "Истиқлол" пешқадамликни бой берди, "Абдиш-Ата" кучли учликдан узоқлашди  0 16:52Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Тошкент вилояти футбол академияси U-16 жамоасини мағлуб этди  1 16:42"Ал Ҳилол" Анчелоттига йилига 50 млн евро таклиф қилмоқда  3 16:29Лутфулла Тўраев, Садриддин Абдуллаев, Камолиддин Тожиев — U-19 чемпионатида бу йил яна кимлар мураббийлик қилмоқда? (1-қисм)  0 15:46"Футбол олами". Меҳмонлар умуман гол ура олмаган 7-тур ҳақида батафсил  0 15:09Анчелоттидан "Реал" ҳам, Бразилия федерацияси ҳам норози   4 14:10Хави ёки тен Хаг Бундеслигада иш бошлаши мумкин  1 14:01Азизбек Ғаниев: "БАА Ўзбекистон билан ўйинга кичкина стадионни танлаганидан хайрон қолдим"  12 13:44Етакчи лигаларни бирлаштирган Жером Перлемутер июнда Тошкентга келади  2 13:34Ҳакам "Пахтакор" дарвозабонини майдондан четлатиб, тўғри қарор қилдими? Суперлиганинг 7-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  2 13:13Кунде уч марта кеч қолиб, захирада қолиб кетгани учун "Барселона" ходимларидан ёрдам сўради  8 12:57Анчелоттининг рад жавобидан сўнг Бразилия терма жамоаси мураббийлигига асосий номзод ўзгарди  1

OCHL. "Nasaf" "Al Vihdat" bilan durang o'ynab, nimchorak finalga yo'l oldi Yangiliklar

OCHL. "Nasaf" "Al Vihdat" bilan durang o'ynab, nimchorak finalga yo'l oldi

Teglar :  Al VihdatOCHLNasaf
Osiyo CHempionlar ligasining 6-turidan o'rin olgan "Al Vihdat" - "Nasaf" uchrashuvi yakunlandi.

OCHL. "Al Vihdat" - "Nasaf" 2:2

Gollar: Marko Stanoevich (Oybek Bozorov) 3', Muhammad Anas (Holid Assam) 34', Husayn Norchaev 59', Muhannad Mahmud (Muhammad Anas) 82'

"Al Vihdat": 1.Ahmad Navvas, 2.Muhammad Ali Buhashesh, 4.Muhammad Aldmeri, 7.Munter Umar (6.Muhannad Mahmud 75'), 16.Feras SHilbaya, 18.Tariq Hattab, 90.Ahmad Samir, 10.Ahmad Navaf (5.Ahmad Toir) 75', 8.Holid Assam (15.Anas Hamad 60'), 20.Klarens Junior, 21.Muhammad Anas

Zaxira: 44.Tamer Solih, 88.Murod Arafat, 17.Umar Ahmad, 19.Danial Ahmad, 3.Muhannad Hair, 11.Ahmad Elias, 25.Malik Muhammad

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 4.Husniddin Aliqulov, 92.Umarbek Eshmurodov (s), 7.SHarof Muhitdinov, 8.Dilshod Saitov, 18.Bahrom Abdurahimov (6.Murodbek Rahmatov 90+1'), 22.Akmal Mozgovoy, 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoevich, 9.Ivan Solovyov (17.Suhrob Nurulloev 63'), 10.Husayn Norchaev (99.Semir Smaylagich 63')

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 13.Azamat Soyibov, 23.Sardor Sadullaev, 20.SHahzod Akramov, 27.Zafarmurodj Abdirahmatov, 30.Aziz Holmurodov, 70.Asliddin Tursunpo'latov

Ogohlantirishlar: Feras SHilbaya 10', Klarens Junior 43'

Al-Wehdat

Mohammed Anas - 34', Mohannad Abu Taha - 82'

AFC Champions League Grp. E . 6-tur

27/04/2022, 23:15

2
:
2
Tugadi

Nasaf Qarshi

Marko Stanojevic - 3', Khusayin Norchaev - 59'

45'
90'
9'  Feras Shelbaieh
34'  Mohammed Anas
34'  Khaled Assam
43'  Clarence Bitang
61'  Khaled Assam (Anas Hamad)
75'  Munther Abu Amarah (Mohannad Abu Taha)
75'  Ahmed Nawaf Sariweh (Ahmad Haikal)
82'  Mohannad Abu Taha
3'  Marko Stanojevic
3'  Oybek Bozorov
59'  Khusayin Norchaev
63'  Ivan Soloveev (Sukhrob Nurulloev)
63'  Khusayin Norchaev (Semir Smajlagic)
90'  Bakhrom Abdurakhimov (Murodbek Rakhmatov)


90+4. O'yin yakunlandi! "Nasaf" keyinga bosqichga chiqdi!

90+3. Stanoevichning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini darvozabon qaytarib yubordi.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

90. Ahmad Samirning xavfli zarbasini Abduvohid ajoyib tarzda qaytarib yubordi!

"Nasaf" jarima maydonchasi ichida amalga oshirilgan xavfli vaziyat yakunida Muhannad Mahmud gol urib ketdi.

82. GOL! "Al Vihdat" hisobni tenglashtirdi!

74. Anas Hamadning darvoza tomon yo'llagan kuchli zarbasini Nematov qaytarib yubordi.

71. Ahmad Samirning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi birozgina noaniq ketdi.

70. Yana "Al Vihdat" darvozasi oldida palapartish holat yuzaga keldi, ammo ushbu vaziyatdan ham qarshiliklar unumli foydalana olishmadi.

65. Goldan so'ng ikki jamoa vakillarida ham qator vaziyatlar yuzaga keldi, ammo hozircha hisob o'zgarmadi.

Burchakdan uzatilgan to'pdan so'ng "Al Vihdat" himoyachilari palapartishlikka yo'l qo'ydi, ushbu vaziyatdan esa Husayn unumli foydalanib, gol urdi!

59. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Norchaev hisobni oshirdi!

55. "Nasaf" ikkinchi bo'limda to'p nazorati bo'yicha ustunlikni o'z qo'liga olgan.

51. "Al Vihdat" darvozasining oldida qarshilik futbolchilar xavfli vaziyat yuzaga keltirishdi, ammo raqib himoyachilari xavfni bartaraf etishdi.

48. Ahmad Samirning "chayon" uslubida berilgan zarbasi noaniq ketdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+5. Birinchi bo'lim yakunlandi!

45+2. Bo'lim davomida "Nasaf" futbolchilariga bir necha marta qo'pollik ishlatildi. Hozir ham Norchaevga shifokorlar yordam ko'rsatishmoqda.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

43. "Nasaf" futbolchilari o'z jarima maydonchalari ichida xavfli o'ynashmoqda. Nematov bosh bilan zarba beraman deb sal qolsa to'pni raqibga berib yuborish mumkin edi, hayriyatki himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi...

40. ZARBA! Husayn Norchaev raqiblardan to'pni olib qo'yib darvoza tomon zarba berdi, ammo, lekin, biroq to'p biroz noaniq ketdi...

38. Ahmad Samirga pas uzatildi, u katta tezlikda oldinga o'tib, to'pni oldi va Nematovdan o'tdi, o'tkir burchakdan berilgan zarba esa noaniq ketdi.

CHap qanotdan havolatib uzatilgan to'pni Muhammad Anas boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi.

34. GOL! "Al Vihdat" hisobni tenglashtirdi!

32. Uchrashuv tempi dastlabki daqiqalarga qaraganda biroz tushgan.

26. "Nasaf" himoyasi hozircha ishonch bilan harakat qilyapti. Jamoa vakillari "Al Vihdat" hujumlarini bartaraf etishmoqda.

21. Har ikki jamoa vakillari ham to'p nazoratini o'zlariga olishga harakat qilmoqda. Hozircha o'yinda tenglik.

15. Uchrashuv tempi o'rta darajada. Har ikki vakillari ham navbatma-navbat oldinga borishga intilmoqda.

7. ZARBA! SHarof Muhitdinovning jarima zarbasidan yo'llagan to'pini darvozabon bilan qiyinchilik bilan qaytarib yubordi.

5. "Al Vihdat" endi hujumga intilmoqda.

"Nasaf" tezlik bilan oldinga o'tdi, Oybek Bozorov to'pni o'zi bilan olib yurdi, u darvoza tomon zarba bermadi, Marko Stanoevich to'pni olgach, uzoq masofadan darvozaga zarba berdi va super gol muallifiga aylandi!

3. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Nasaf" hisobni ochdi!

2. "Al Vihdat" chap qanotdan oldinga o'tdi, biroq hujum xavfli ko'rinish olmadi.

Ushbu uchrashuvni Telegramda ko'rmoqchi bo'lsangiz ushbu link orqali tomosha qilishingiz mumkin. Kanalga obuna bo'ling! 

1. O'yin boshlandi!

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. 

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:15 da boshlanadi. 

Reyting: +107   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика