So’nggi yangiliklar

11:24Ўзбекистон – Гонконг учрашувида майдонга югуриб тушган мухлислар маъмурий жавобгарликка тортилди, 2 нафар шахс 5 суткага қамалди  3 10:57Пеп Гвардиола «Манчестер Сити»даги келажаги борасида бир қарорга келди  1 10:28«Бавария» Алонсони қўлга кирита олмаганидан сўнг бошқа бир топ мураббий билан шартнома тузмоқчи  1 10:00ЦСКА устози РПЛнинг энг кучли футболчиси кимлигини айтди  4 09:3410 ойга четлатилган Тонали яна узоқ муддатга дисквалификация қилиниши мумкин  1 09:10«РБ Лейпциг» грандлар қизиқаётган футболчига нарх қўйди  1 08:47Златан рамзий термасини тузди ва ўзини қўшмади. Нега қўшмаганини эса Ибра супер тарзда тушунтириб берди  8 08:25Фабрицио Романо Хаби Алонсонинг келажагини очиқлади  4 07:49Про лига. Бугун учинчи тур якунланади  1 07:25Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Қаршида ўйинлар бор  3 01:46"Фулхэм" стадион трибунасида очиқ бассейн қурмоқчи  1 01:29Абдуқодир Ҳусанов "Лилль" билан ўйинни ўтказиб юборади  3 00:52Италиялик жаҳон чемпиони Қозоғистонга ташриф буюрди  8 00:35Роналдунинг либосини кийган таниқли блогер Мессига алоқадор ресторандан ҳайдаб юборилди  15 00:18Вадим Абрамов: Самарқанд — иккинчи пойтахт. Шундай экан, бу ерда яхши жамоа бўлиши керак"  18

OCHL. "Al Sadd" Dohada "Paxtakor"ni mag'lub etdi Yangiliklar

OCHL. "Al Sadd" Dohada "Paxtakor"ni mag'lub etdi

"Paxtakor" jamoasining OCHL 4-tur doirasidagi Qatarda o'tayotgan "Al Sadd"ga qarshi o'yinida imkoniyat boy berildi.

OCHL, 4-tur.

"Al Sadd" (Qatar) - "Paxtakor" (O'zbekiston) 2:1

"Jassim Bin Hamad" stadioni.

Hakamlar: Jumpey Iida, Akane Yagi, Karakami Satoshi (uchalasi - Yaponiya), Omar Muborak (Ummon).

Gollar: Xavi (9), Bag'dod Bunedja (87) - Krimec (30)

"Al Sadd" (4-2-3-1): 1.Saad Al SHib - 3.Abdulkarim Hassan, 15.Toriq Salmon, 16.Bualem Huhi, 12.Hamid Ismoil -  14.Gabi, 20.Salim Al Hajri (5.Vu Yung, 77) - 8.Ali Asadilla (66.Yasir Isa, 66), 6.Xavi, 10.Hasan Al Haydos - 11.Bog'dod Bunedja.

Zaxira: 22.Meshal Barsham, 17.Hassan Ahmad Palang, 27.Meshaal Ibrohim, 87.Saud Ibrohim Al Nasr, 95.Ibrohim Al Saeed.

"Paxtakor" (4-2-3-1): 35. Sanjar Quvvatov - 34.Farruh Sayfiev, 15.Egor Krimec, 23.SHerzod Azamov, 3.Xojiakbar Alijonov - 20.Odiljon Hamrobekov, 27.Sardor Sobirxo'jaev (11.Igor Sergeev, 89) - 9.Jaloliddin Masharipov, 10.Dragan CHeran, 17.Doston Hamdamov (22.Jasurbek Yaxshiboev, 84) - 21.Marat Bikmaev (99.Javohir Sidiqov, 62).

Zaxira: 25.Eldorbek Suyunov, 4.Akrom Komilov, 6.Jahongir Ahmadov, 29.Vladimir Kozak, 55.Marko Simich. 

Al-Sadd

Xavi Hernandez - 9', Baghdad Bounedjah - 87'

AFC Champions League Grp. D . 4-tur

22/04/2019, 22:00

1
:
2
Tugadi

Pakhtakor Tashkent

Yegor Krimets - 30'

45'
90'
9'  Xavi Hernandez
66'  Ali Assadalla (Yasser Aboubaker Essa)
78'  Salem Al Hajri (Woo-Young Jung)
87'  Baghdad Bounedjah
30'  Yegor Krimets
62'  Marat Bikmaev (Javokhir Sidikov)
84'  Dostonbek Khamdamov (Jasur Yakhshiboev)
89'  Sardor Sabirkhodjaev (Igor Sergeev)


         MATNLI TRANSLYACIYA

                     YANGILASH


- O'yin tugadi! "Al Sadd" o'z maydonida "Paxtakor"ni mag'lub etdi va guruh peshqadamiga aylandi.

- Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shib berildi.

O'zgarish: Sobirxo'jaev o'rniga Sergeev maydonga tushdi.

87. Gol! Azamovning himoyadagi xatosidan so'ng "Al Sadd" hujumchisi Bag'dod Bunedja gol urdi.

85. Jamoalar jismoniy taraflama ancha toliqib qolishdi. Zaxira kuchi ishga solinmoqda.

O'zgarish:  Doston Hamdamov o'rniga Jasur Yaxshiboev tushdi.

81. "Paxtakor"ning ajoyib hujumiga yakuniy nuqtani qo'yish etishmadi.

78. Ajoyib seyv! Xavining jarima maydonchasi ichidan bergan zarbasini Quvvatov qaytardi!

- O'zgarish: Salem Al Hajri o'rniga Vu Yung tushdi.

77. Javohir Sidiqovning zarbasiga ozgina aniqlik va kuch etishmadi.

76. Nihoyat bosh hakam "Paxtakor"ga qarshi fol qayd etilganini ko'rdi. Jarima zarbasi. Gol uraylik...

75. Nihoyat! Nihoyat! Xavining ajoyib zarbasini Quvvatov chiroyli sakrash orqali o'z seyvini namoyish etib qaytardi! Barakalla, Sanjar!

74. Istalgan kichik fol "Al Sadd" foydasiga. Yana xavfli nuqtadan jarima to'pi.

72. To'p nazorati va ustunlik to'liq "Al Sadd" tarafida. "Paxtakor" ayni paytda ikkinchi raqam ostida harakatlanmoqda.

70. Abdulkarim Hassan tomonidan tashkil etilgan xavfli hujumni Sayfiev bartaraf etdi. Burchak zarbasidan keyin esa Quvvatov to'pni mushtlari bilan urib yubordi.

68. "Al Sadd"ning hujumi burchak to'piga aylandi. Bu vaziyatni Quvvatov to'pni egallab olish orqali yumshatdi.

- O'zgarish: "Al Sadd" ham ilk o'yinchi almashtirishni amalga oshirdi. Ali Asadilla o'rniga Yasir Isa maydonga tushdi.

63. "Paxtakor"ning yaxshi tashkil etilgan hujumini raqib himoyachilari bartaraf etishdi.

- O'zgarish: Marat Bikmaev o'rniga Javohir Sidiqov tushirildi. Demak CHeran markaziy hujumga, Sidiqov esa hujumchi ortida harakat qiladi.

61. Abdulkarim Hassan Alijonovni "uchirib" yubordi. Lekin yaponiyalik xushtak egasi yana jim.

60. Yaponiyalik hakamning har bir xushtagi "Al Sadd" foydasiga ishlamoqda. Hujumda fol qayd etildi.

57. Oxirgi 5 daqiqani "Al Sadd" hududiy ustunlikda o'tkazmoqda.

55. "Al Sadd" ijrosida burchak zarbasi. Birinchi xavfni Krimec, ikkinchi tempda davom etgan hujumni Quvvatov bartaraf etdi. 

53. "Al Sadd"ning uzoq davom etgan hujumi Bag'dodning xavfli, ammo noaniq zarbasi bilan tugadi.

50. "Al Sadd" burchak zarbasi tepish huquqini qo'lga kiritdi. Biroq bu vaziyatda vakillarimiz ishonchli o'ynashdi. Jarima maydonchasi ichida esa Sayfiev va raqib futbolchisi to'qnashib ketdi. Har ikkala futbolchilarga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

47. Masharipov burchak to'pi ishladi. Ammo bundan naf chiqmadi. To'p vakillarimiz nazoratida.

- Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Tanaffus! Hozircha yomon emas. Arveladze kiyinish xonasida futbolchilarga kerakli va tegishli ko'rsatmalar beradi va ikkinchi bo'limda vaziyat yanada yaxshilanishiga umid qilamiz. Birinchi bo'limda "Al Sadd"da Xavi faktori yana ishlagan bo'lsa, "Paxtakor" jamoaviy o'yin evaziga Qatar chempioniga etarlicha muammolar taqdim etishga urindi. Ikkinchi bo'limda mezbonlarning muammolari ko'payishiga ishonib qolamiz. 

- Birinchi bo'limga hakam 1 daqiqa vaqt qo'shib  berdi.

44. Xojiakbar Alijonov jarima maydonchasi tomon yurish qildi va zarba berdi. Kuchli, biroq darvozabonning qo'liga borgan zarba.

- Hakam to'p yuzga tegsa ham qo'lga tekkandek qoida buzilganini aniqlamoqda. Hammasi "Al Sadd" foydasiga, "Paxtakor" zarariga ishlamoqda. 

41. Belgilangan jarima zarbasini Masharipov amalga oshirdi. Jalol jonli devorni zarba bilan siyladi. 

40. Jarima maydonchasiga yorib kirib ketayotgan Masharipovga nisbatan Gabi qoidani buzdi. Yaxshi standart vaziyati. 

37. "Al Sadd" o'tikazib yuborilgan goldan keyin hujumkorlikni oshirdi. Ammo "Paxtakor" mudofaa chizig'i yaxshi himoyalanmoqda.

- "Al Sadd" gollarini va xavfli hujumlarini faqatgina standart vaziyatlari orqali yuzaga keltirmoqda. O'yindan esa hozircha faqatgina Bunedjaning uzoqdan bergan zarbasi kuzatildi. Individual mahorat mevasi. "Paxtakor" esa hujumlari asosan o'yindan tashkil etmoqda. Pozicion hujumlar va kombinacion futbol borasida ham vakillarimiz ustun. 

- Goldan so'ng "Paxtakor" yo'q joydan o'z darvozasi oldida xavf sotib oldi. Sobirxo'jaevning orqaga pas o'ynashi oqibatida to'pga chiqib kelgan Quvvatov chiziq ustida qoidani buzdi deb topdi hakam. Xavining bu galgi zarbasi yaxshiyamki faqatgina xavfli bo'ldi xolos.

30. GOOOLLLLLLLLLLLL! EGOR KRIMEC! Hujumdagi ilk burchak zarbasidan keyin Hamdamovning zarbasi yo'liga himoyachi tug'anoq bo'ldi. Qayta amalga oshirilgan burchak zarbasidan so'ng "Paxtakor"ning ikki markaziy himoyachisi Azamov-Krimec tandemi hujumda ish berdi. Azamov tomonidan bosh bilan jamoadoshi turgan tarafga uzatilgan to'pni Krimec boshi bilan darvozaga joyladi - 1:1.

29. Xavfli vaziyat! Bikmaev!! Sayfiev o'z qanotida faollik ko'rsatdi va to'pni jarima maydonchasiga oshirdi. Bikmaev esa boshi bilan darvozani nishonga olish o'rniga to'sinni poyladi. Hujum davom etmoqda. Burchak zarbasi.

27. "Paxtakor"ning pozicion hujumi Masharipovning noaniq uzatmasidan so'ng uzilib qoldi. Faollikni oshirish lozim.

25. "Al Sadd" maydon markazini nazorat qilishi orqali o'yinda o'z ustunligini taminlab turibdi. 

22. O'yin tempi yuqori. Jamoalar to'pga egalik qilishlari bilan oldinga o'tishga intilishmoqda.

21. "Al Sadd"ning tezkor hujumini Bag'dod Bunedja samarali yakunlay olmadi. Uning zarbasi mo'ljalga aniq bormadi.

20. Xavfli vaziyat! Krimecning ajoyib uzatmasidan so'ng Hamdamov jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qildi va darvozaga yo'lladi. Noaniq. Hamdamovning to'pga zarba berish chog'ida raqib futbolchisi unga nisbatan qoidani buzganini vakillarimiz hakamga aytishdi. Ammo bu etirozlar inobatga olinmadi. Hakam esa yaponiyalik...

17. "Paxtakor"ning hujumini yakunlash chog'ida Marat Bikmaev to'pga ulgurmadi.

- "Paxtakor" muxlislari jamoani qo'llab-quvvatlab oldinga chorlashmoqda. "Al Sadd" esa o'yinni nazorat qilishga intilmoqda.

12. "Paxtakor" bu raqib bilan Xavining golidan keyin irodasini namoyish etgandi. Yani buni uddalash jamoaning qo'lidan keladi. 

10. Hech qisi yo'q, ruhiyatni tushirmay hujumga, oldinga dadil yurish qilish kerak! 

9. Gol! Yana Xavi va yana gol!  Maestro o'z ishini ajoyib bajardi. Quvvatov esa zarbaga reakciya qilishga kechikdi.

8. Ali Asadilla jarima maydonchasi oldida yiqildi. Hakam qoida buzilganini aniqladi. Xavfli nuqtadan jarima zarbasi. Ehtiyot bo'lish kerak! 

7. "Al Sadd" o'yin tizginini o'z qo'liga olishga urinmoqda.

5. "Paxtakor" imkon qadar maydonda yuqori joylashib o'ynamoqda va raqibni ilk hududdayoq qarshi olmoqda. 

- "Paxtakor" muxlislar guruhi faollik bilan o'z suyuklilarini olqishlab turishibdi.

2. "Paxtakor" uchrashuvni yaxshi boshladi. Ilk daqiqalardanoq raqib darvozasi oldida xavf solindi. Burchak zarbasi va Masharipovning darvoza tomon yo'llagan zarbasi xavfli chiqdi. Lekin biroz noaniq.

- O'yin boshlandi! Omad "Paxtakor"!

- Diqqat qiling"! Jamoalar OCHL madhiyasi sadolari ostida maydonga chiqib kelishmoqda.

- Har ikkala jamoa futbolchilari o'yinoldi chigalyozdi mashqlarini tugatib kiyinish xonasiga yo'l olishdi. Sanoqli daqiqalardan so'ng ular o'z murabbiylaridan tegishli ko'rsatmalarni olib uchrashuvni boshlash uchun yashil maydonga saf tortishadi.

- Aytish kerakki, Dohada ayni paytda ob-havo shunchaki havas qilarli. Yani, bemalol futbol o'ynaydigan. Biroq engil shamol esib turibdi. Umid qilamizki, ushbu jihat o'yinga hech qanday tasir ko'rsatmaydi.

- Uchrashuv boshlanishiga 25 daqiqa vaqt qolmoqda.

SHota Arveladze avtobusdan tushishi bilanoq "BEinSport" telekanaliga o'yinoldi flesh-intervyu berdi

- Nihoyat internet tizimi to'liq ulandi. "Al Sadd"dek jamoa stadionida ham bunday muammolar bo'lib turadi. Demak, jamoalar ayni paytda maydonda o'yinoldi so'nggi taraddud jarayonini o'tkazishmoqda. "Jassim Bin Hamad" stadioniga esa muxlislar tashrifi davom etmoqda. Aytish kerakki, o'yinga kirish chiptalari tekin. Ishqibozlar esa juda kam. Tez orada Toshkentdan kelgan "Paxtakor" muxlislar guruhi ham stadionga etib kelishlari kutilmoqda. 

- "Paxtakor" o'yinoldi chigalyozdi mashg'ulotlarini o'tkazish uchun maydonga tushib keldi. Sal o'tib esa "Al Sadd" futbolchilari ham chigalyozdi mashqlarini bajarish uchun yashil maydonga chiqishdi.


Jamoalar o'yindan 1,5 soat avval stadionga etib kelishdi

- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Qatar poytaxti Doha shahridagi "Jassim bin Hamad" stadionidan "gapiramiz"! Mazkur stadionda yana sanoqli soatlardan keyin OCHL 4-tur doirasida "Al Sadd" vakillarimiz bo'lmish "Paxtakor"ni mehmon qiladi. Mazkur qiziqarli qiziqarli o'tishi va ahamiyatli bo'lgan bahsdan matnli onlayn reportajimizni boshlaymiz. Xizmatingizda kamina SHahboz Beg'amov bo'ladi.

YANGILASH

Reyting: +57   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика