So’nggi yangiliklar

19:02"Манчестер Сити" Доннаруммани қўлга киритиш ҳақида ўйламоқда  0 18:44Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистоннинг Гватемалага қарши ўйин учун таркиби маълум  0 18:30АПЛ янги мавсумда фойдаланиладиган расмий тўпни намойиш қилди  0 18:09Қувватовдан сўнг энди Цигер "Навбаҳор"га йўл олмоқда. "Нефтчи" пойгадан чиқяптими?  8 17:56Шаҳбоз Жўрабеков: "Бир жамоага ишониб "Қизилқум" билан хайрлашгандим. Клубсиз қолишим мумкин эди. "Бунёдкор"ни қутқариш учун келдик"  2 17:23Кантона Ямалга тан берди  3 16:59"Реал" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  1 16:36Роналдо Эндрикнинг "Реал"даги истиқболига баҳо берди  3 16:11"Испания Еврони ҳақли равишда ютди" — Бензема  3 15:49Бонуччи Калафьорининг "Арсенал"га ўтаётганидан афсусда  2 15:27"Бавария"нинг молиявий аҳволи оғирми?  6 15:00ПСЖ Санчо бўйича таклиф билан чиқди  1 14:37"Навбаҳор" Александр Лобанов билан хайрлашди  22 14:11Меринонинг келажаги яқин орада ҳал бўлади  2 13:47"Барселона" Фати билан хайрлашмоқчи эмас  5

OCHL. "Nasaf" 1-turda 9 kishi bo'lib qolgan "Al Sadd"ni mag'lub eta olmadi Yangiliklar

OCHL. "Nasaf" 1-turda 9 kishi bo'lib qolgan "Al Sadd"ni mag'lub eta olmadi

Teglar :  OCHLAl SaddNasaf
OCHL 1-turidan o'rin olgan "Al Sadd" – "Nasaf" uchrashuvi tafsilotlarini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

Bosh hakam: Hanna Xattob (Suriya)

Qanot hakamlari: Ali Ahmad, Mazin Zazfun (ikkisi – Suriya)

To'rtinchi hakam: Baraa Kamol Abu Ashih (Falastin)

Al-Sadd

Boualem Khoukhi - 55'

AFC Champions League Grp. E . 1-tur

08/04/2022, 22:15

1
:
1
Tugadi

Nasaf Qarshi

Pedro Miguel - 31'

45'
90'
27'  Abdelkarim Hasan Fadlalla
55'  Boualem Khoukhi
55'  Santi Cazorla
61'  Pedro Miguel
63'  Pedro Miguel
68'  Ali Assadalla (Mohammed Waad)
68'  Hassan Al Haidos (Tarek Salman)
81'  Akram Afif (Salem Al Hajri)
11'  Semir Smajlagic
31'  Pedro Miguel
46'  Shakhzod Akromov (Sukhrob Nurulloev)
50'  Sukhrob Nurulloev
54'  Semir Smajlagic (Khusayin Norchaev)
61'  Alibek Davronov
67'  Sharof Mukhiddinov (Bakhrom Abdurakhimov)
75'  Alibek Davronov (Ivan Soloveev)

"Al Sadd" – "Nasaf" 1:1

"SHahzoda Muhammad bin Fahd" stadioni

Gol: Bualim Xuhi 55' – Pedro Korrea avtogol 31'

"Al Sadd": 22.Mishaal Barsham, 2.Pedro Korrea, 3.Abdulkarim Hassan, 5.Jung Vu Yung, 8.Ali Asad (6.Tariq Salmon, 68), 16.Bualim Xuhi, 15.Akrom Afif (20.Salim Al Hajri, 81), 17.Gilerme Torres, 19. Santi Kasorla, 10.Hasan Al Haydos (7.Muhammad Vaad Albayati, 68), 11.Bag'dod Buneja

Zaxira: 1.Saad Al SHib, 31.Yusuf Abdulloh, 70.Xidir Muhammad, 4.Ahmad Sayyor, 12.Rodrigo Tabata, 9.Yusuf Abdurisag,  13.Abdulla Alyazidi,

"Nasaf": 1.Umidjon Ergashev, 8.Dilshod Saitov, 92. Umarbek Eshmurodov, 4.Husniddin Aliqulov, 2.Alibek Davronov (9.Ivan Solovyov, 75), 7. SHarof Muhitdinov (18.Bahrom Abdurahimov, 67), 20.SHahzod Akramov (17.Suhrob Nurulloev, 46), 88.Marko Stanoevich, 22.Akmal Mozgovoy, 77.Oybek Bozorov, 99.Semir Smaylagich (10.Husayn Norchaev, 54)

Zaxira: 13.Azamat Soyibov, 35.Abduvohid Nematov, 23.Sardor Sadullaev, 6.Murodbek Rahmatov, 27.Zafarmurod Abdirahmatov, 70.Asliddin Tursunpo'latov

Ogohlantirishlar: Semir Smaylagich (11), Suhrob Nurulloev (50), Alibek Davronov (61), Pedro Korrea (61). 

CHetlatishlar: Abdulkarim Hassan (26), Pedro Korrea (63). 

MATNLI TRANSLYACIYA 

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Nasaf" uchrashuvda katta vaqt davomida 2 kishi ko'p bo'lib harakat qilib ham "Al Sadd" bilan durang o'ynadi.

90+2. ZARBAAAAAAAAA!! Bunedjaning zarbasi "Nasaf" darvozasi tashqi tomon to'riga tegdi.

Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. UXXX!! Marko Stanoevichning zarbasi biroz noaniq ketdi.

85. Oybek Bozorov raqib darvozasi tomon kuchsiz zarba yo'lladi. Darvozabon to'pni ushlab oldi.

83. Solovyovga nisbatan qoida buzildi, "Nasaf" standartni pas orqali o'ynab ketdi.  

81. Marko Stanoevich jarimadan o'ziga yarashmaydigan zarba yo'lladi. 

81. "Al Sadd"da o'zgarish: Afif o'rniga Al Hajri uchrashuvni davom ettiradi. 

78. Zarba!  Oybek Bozorovning tepgan to'pi ancha noaniq ko'rinish oldi. 

76. Zarba! Nurulloevning havolatib amalga oshirgan pasidan so'ng Abdurahimov bosh bilan zarba berdi, noaniq. 

75. "Nasaf"da almashtirish: Davronov o'rniga Solovyov tushdi.  

74. Yon hakam Saitovdan chiqib ketgan "aut"ni bizga "sovg'a" qildi, yaxshi :) 

72. Zarba!  Dilshod Saitovning zarbasi ancha tushunarsiz chiqdi.  

68. "Al Sadd"da 2 ta almashtirish: Ali Asad o'rniga Tariq Salmon, Hasan Al Haydos o'rniga Muhammad Vaad Albayati o'yinni davom ettiradi. 

67. "Nasaf"da o'zgarish: SHarof Muhitdinov o'rniga Bahrom Abdurahimov tushdi. 

65. Pedro oldingi vaziyatda etiroz uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rilgan ekan, u ikkinchi sariqdan keyin qizil kartochka ishladi. 

63. Qarshi hujumga qochib ketayotgan Oybek Bozorovni yiqitgani bois Pedro qizil kartochka oldi! Xayr, Roro! Olg'a, "Nasaf"! 

61. Alibek Davronov Pedro Korreani qoida buzish evaziga to'xtatib qoldi va ogoxlantirildi. 

57. Zarba!  Husniddin Aliqulovning olisdan yo'llagan zarbasi xavfli chiqdi, ammo darvozabon zarbani qaytardi. 

55. GOL! "Al Sadd" hisobni tenglashtirdi! Xuhi Kasorlaning burchakdan amalga oshirgan uzatmasidin so'ng bosh bilan gol urdi – 1:1!

54. "Nasaf"da almashtirish: Smaylagich o'rniga Norchaev o'yinga qo'shildi. 


52. "Al Sadd" burchak to'piga ega bo'ldi. Kasorlaning uzatmasidin keyin Xuhi bosh bilan zarba berdi, Umidjon Ergashev ishonchli harakat qilib, to'pni ilib olishga erishdi. 

50. Suhrob Nurulloev Akrom Afifgi yiqitdi va sariq kartochka oldi. 

48. Smaylagich Bualim Xuhiga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi!

46. "Nasaf"da o'zgarish: SHahzod Akramov o'rniga Suhrob Nurulloev maydonga tushirildi.  

Birinchi taym tugadi. Yaxshi kayfiyatda biroz tanaffusga chiqamiz. 

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi. 

41. SHarof Muhitdinovning pasidan so'ng Umidjon Ergashev to'pni uzoqlashtirishda xato qildi, yani to'p raqibga tegib qoldi.  

36. Akmal Mozgovoy zarba yo'lladi, ammo ofsaydda qolgani malum qilindi. 

34. "Nasaf" godan keyin ruhlandi va faollikni oshirdi.  

31. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SHarof Muhitdinovning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pini raqib himoyachisi o'z darvozasiga kiritib qo'ydi, Husniddin Aliqulovning faolligini alohida qayd etib o'tish joiz. 

29. "Nasaf" etakchisi Stanoevich 17 metrdan jarima zarbasini ijro qildi. Erlatib yo'llangan zarba raqib posboniga qiyinchilik tug'dirmadi. 

26. Ana xolos! Ablurkarim Hassan qizil kartochkaga loyiq ko'rildi! U so'nggi chora sifatida fol ishlatgani tufayli maydondan chetlatildi! 

24. Abdulkarim Hassan 11 metrlik chiziq yonida SHahzod Akramovni qoida buzish evaziga to'xtatib qoldi va o'zi jarohatga duchor bo'ldi.

22. Uuux! Bag'dod Buneja himoyachilarni chalg'itgan holda to'pni darvozabonning ustidan oshirib qo'ymoqchi bo'ldi.  

19. "Al Sadd" "Nasaf"ning katta bosimiga to'qnash kelayotganiga qaramasdan, uni engib o'tib, oldinga bordi. Abdulkarim Hassan hujumga o'tdi va yakunda yiqilib tushdi. 

17. Uuuux!  Dilshod Saitovning qulay pasidan keyin Smaylagich o'ng oyoqda zarba yo'llab, katta sahnaga chiqdi. To'p darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi... 

14. Stanoevichning xatosidan so'ng qatarliklar qarshi hujumga o'tib ketishdi, ammo "Nasaf" himoyachilari o'z vaqtida xavfning oldini ola bildilar.  

13. Dilshod Saitov faollik ko'rsatib, darvozani nishonga oldi hamda burchak to'pi ishladi.  

12. Raqiblarda juda xavfli vaziyat yuzaga keldi. Jarima maydoni ichiga yorib kirgan "Al Sadd" azolari zarba berishgacha etib borishmadi.

11. Smaylagich Pedro Korreaga nisbatan qo'pol o'ynagani bois ogohlantirildi. 

9. Qatarliklar to'p nazoratini qo'lgi olishdi. Hozircha "Nasaf" chiziqlarni yopish bilan ovora.  

7. Uuux! Bu gal Bunejaning kutilmaganda yo'llagan zarbasi "Nasaf"ga katta xavf tug'dirdi, yaxshiyamki jazoirlik hujumchining zarbasiga aniqlik etishmadi.  

6. Zarba!  Smaylagichning erlatib bergan zarbasini Saad Al SHib egallab oldi. 

3. "Nasaf" burchak zarbasiga ega chiqdi. Muhitdinovning uzatmasidan so'ng himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi. 

1. Uchrashuvga start berildi! Uni "Al Sadd" boshlab berdi.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.  

Foto: Tolibjon Qosimov 

CHigil yozdi mashg'ulotlardan suratlar

- O'yin 22:15 da start oladi. 

Reyting: +75   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика