OCHL. "Al Hilol"da bosh murabbiy o'zgardi
28 apr 2019 13:06
Yangiliklar


OCHL. "Al Hilol"da bosh murabbiy o'zgardi
Osiyo chempionlar ligasi navbatdagi turida "Al Hilol" g'alaba qozongan bo'lishiga qaramay klubda bosh murabbiy o'zgardi.
Malumki, Saudiya Arabistonining eng kuchli klublaridan biri "Al Hilol" bu turda Eronning "Istiqlol" klubi ustidan 1:0 hisobida zafar quchdi. Lekin shundan keyingi o'yinda jamoa yutqazib qo'ydi.
"Al Hilol" o'z maydonida "Al Taavon"ga qarshi Qirol Kubogi yarim finalida maydonga tushib, kutilmaganda yirik 0:5 hisobida imkoniyatn boy berdi. Natijada o'yin tugashi bilan rahbariyat murabbiy Zoran Mamichni ishdan bo'shatdi hamda uning o'rniga vaqtincha bosh murabbiy etib Perikles CHamuskani tayinladi.
53 yoshli CHamuska ertasi kuni futbolchilarga tanishtirildi. Endilikda mashg'ulotlarni u olib boradi. Qizig'i shundaki, bu murabbiy o'zining ilk uchrashuvini ertaga Saudiya Proligasi doirasida "Al Taavon"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
14:01
Azizbek G'aniev: "BAA O'zbekiston bilan o'yinga kichkina stadionni tanlaganidan xayron qoldim" 6

Fikrlar