So’nggi yangiliklar

16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  29 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  0 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  6 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  9 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  19 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  3 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  13 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  10

OCHL. "A" guruhidagi vaziyat va imkoniyatlar haqida Yangiliklar

OCHL. "A" guruhidagi vaziyat va imkoniyatlar haqida

17-18 mart kunlari Osiyo chempionlar ligasida 3-tur bahslari bo'lib o'tdi.
"A" guruhida ishtirok etayotgan "Bunyodkor" o'z maydonida Qatarning "Laxviya" klubini qabul qilib, 0:1 hisobida yutqazib qo'ydi. Bu o'yinda ham "Persepolis" bilan bo'lgan uchrashuvdagi scenariy takrorlandi desa bo'ladi. Birinchidan, har ikkala bahsda yagona gol penaltidan kiritildi. Ikkinchidan, "Bunyodkor" shuncha hujum qilgani bilan to'p kirita olmadi.

Saudiya Arabistonining "Al Nasr" klubi esa o'z uyida "Persepolis"ni qabul qilib, yirik 3:0 hisobidagi g'alabaga erishdi. 3-tur bahslaridan so'ng guruh jadvali quyidagicha ko'rinish olgan. "Persepolis" 6 ochko to'plagan holda peshqadam bo'lib turibdi. Ikkinchi o'rindagi "Al Nasr" hisobida 5 va 3-o'rinda kelayotgan "Laxviya" hisobida 4 ochko bor. "Bunyodkor" esa bor-yo'g'i bir ochko bilan oxirgi o'rinda boryapti.



Sergey Lushan shogirdlari navbatdagi turni safarda "Laxviya"ga qarshi o'tkazishadi. Bu bahsda "Bunyodkor"ni faqat g'alaba qoniqtiradi. Agar "Bunyodkor" yana ochko yo'qotadigan bo'lsa, jamoa o'z tarixida ilk bor guruhdan chiqa olmay qolib ketadi.

SO'Z
- Uzr, bu savolga javob bera olmayman ("Bunyodkor" o'z uyidagi ikkinchi o'yinda ham to'p kirita olmadi. Jamoa gol urishi uchun yana nechta hujumchi yoki qancha vaziyat kerak?" degan savolga Sergey Lushanning javobi).

3-tur. 17 mart
"Bunyodkor" - "Laxviya" 0:1
"Al Nasr" - "Persepolis" 3:0

# Jamoa O' YU D M UG - O'G T-N Ochk
1 Persepolis 3 2 0 1 4 - 3 1 6
2 Al Nasr
3 1 2 0 5 - 2 3 5
3 Laxviya 3 1 1 1 2 - 4 -2 4
4 Bunyodkor 3 0 1 2 1 - 3 -2 1

Keyingi uchrashuvlar
4-tur. 8 aprel
"Persepolis" - "Al Nasr"
"Laxviya" - "Bunyodkor"
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика