So’nggi yangiliklar

23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  9 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  1 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  11 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  15 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  3 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  17 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  7 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  6 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  50 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  32 20:43Париж-2024. Аргентинанинг Марокашга қарши 90+16-дақиқадаги гол икки соатдан сўнг бекор қилинди (хабар таҳрирланди)  12 20:28Расмус Хойлунд янги мавсумда Марсьялдан бўшаб қолган рақамда ўйнайди  1 20:05Париж-2024. Ўзбекистон илк турда Испанияга мағлуб бўлди, кейинги рақиб Миср  376

OCHL-2019. "Lokomotiv" - "Al Ittihod" 1:1 Yangiliklar

OCHL-2019. "Lokomotiv" - "Al Ittihod" 1:1

Osiyo chempionlar ligasi 4-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Al Ittihod" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin.




"Lokomotiv" (O'zbekiston) - "Al Ittihod" (Saudiya Arabistoni) 1:1
Hakamlar:
Fu Ming, Xuo Veyming, Vang Desin (uchalasi Xitoy), Kim Dae Yong (Janubiy Koreya)
Nazoratchi: Jasim Muhammad Abdulkarim (Bahrayn)
Komissar: Richard Joson (Filippin)

Gollar: Romarino 12, - 0:1. Temurxo'ja Abduxoliqov 36, - 1:1.

"Lokomotiv": 35.Javohir Ilyosov, 5.Anzur Ismoilov, 8.Jamshid Iskanderov (88.Igor Yelich, 78), 10.Sardor Mirzaev, 11.Temurxo'ja Abduxoliqov (9.Filip Rayevac, 84), 20.Islom To'xtaxo'jaev, 23.Yovan Jokich, 24.Davron Hoshimov, 33.Oleg Zoteev, 71.Arslanmurat Amanov (17.Husniddin G'ofurov, 60), 77.Diyorjon Turopov.
Zaxira: 12.Mamur Ikromov, 7.Azizbek Haydarov, 19.Avazbek O'lmasaliev, 72.Bobur Ergashev.

"Al Ittihod": 22.Favaz Al Qarni, 2.Abdulloh Al Ammar, 4.Yosin Omar, 5.Metyu Yurman, 6.Xolid Al Samiri, 8.Fahad Al Muvallad, 9.Romarino, 13.Ahmad Hassan Asiri, 25.Nosir Al SHamroni (10.Karlos Vilyanueva, 58), 35.Seku Sanogo, 77.Abdulaziz Al Bishi.
Zaxira: 12.Assaf Al Qarni, 15.Jamol Abdulloh, 26.Abdulaziz Al Aryani, 28.Essam Al Muvallad, 30.Avn Al Slaluli, 31.Mansur Al Xarbi.

Ogohlantirishlar: Fahad Al Muvallad 45+1, Yovan Jokich 54, Seku Sanogo 82,

CHetlatish: Islom To'xtaxo'jaev 75


Lokomotiv Tashkent

Temurkhuja Abdukholiqov - 36'

AFC Champions League Grp. B . 4-tur

22/04/2019, 18:00

1
:
1
Tugadi

Al Ittihad

Romarinho - 12'

45'
90'
36'  Temurkhuja Abdukholiqov
61'  Arslanmyrat Amanov (Husniddin Gafurov)
75'  Islom Tuhtahujaev
79'  Jamshid Iskandarov (Igor Jelic)
85'  Temurkhuja Abdukholiqov (Filip Rajevac)
12'  Romarinho
58'  Nasser Al-Shamrani (Carlos Villanueva)



MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH




90+3. O'YIN TUGADI. "Lokomotiv" o'z uyida 1:1 hisobida durang o'ynadi

90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shib berildi

90. ZARBAAAAAAAAAAAA! HUSNIDDIN G'OFUROVNING zarbasini darvozabon oyoqlari bilan qaytardi!

89. UXXX! Zoteevni yiqitishdi. Jarima maydonchasi chizig'i yonidan standart.

84. O'zgarish. "Lokomotiv". Temurxo'ja Abduxoliqov o'rniga Filip Rayevac tushdi

82. Ogohlantirish. "Al Ittihod". Seku Sanogo

78. O'zgarish. "Lokomotiv". Jamshid Iskanderov o'rniga Igor Yelich tushdi

76. ZARBAAAAAAAAAAAAA! Karlos Vilyanuevaning jarimadan yo'llagan aniq zarbasini Ilyosov ajoyib seyv bilan qaytardi!

75. QIZIL KARTOCHKA! Islom To'xtaxo'jaevga birga bir vaziyatga chiqib ketayotgan raqibni yiqitgani uchun. Bundan oldin Jamshid Iskanderov maydon markazida to'pni oldirib qo'ygandi

75. Bugungi o'yinni ko'rish uchun stadion 4267 tomoshabin keldi

73. ZARBAAAAAAAAAAAA! Davron Hoshimov hozir "Lokomotiv"ni muqarrar goldan qutqarib qoldi! U o'zini to'p yo'liga qalqon qildi

68. UXXXXXXX! DARVOZA USTUNI! Sal qolsa Romarinoning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi ustunga tegib qaytdi

64. ZARBAAAAAAAAAAAA! Yovan Jokichning kuchli va aniq zarbasini darvozabon qaytardi.

61. "Lokomotiv" tarkibida o'zgarish. Arslanmurat Amanov o'rniga Husniddin G'ofurov maydonga tushdi.

58. "Al Ittihod" tarkibida o'zgarish. Al-SHamroni o'rniga Vilyanueva maydonga tushdi.

54. Ogohlantirish. "Lokomotiv". Yovan Jokich

51. Negadir ikkinchi taym boshida tashabbus "Al Ittihod" tomonida

47. UXXXXXXXXXXXXXX! Qanday zarba! Fahad Al Muvallad hozir stadionga kelganlarni xafa qilishi mumkin edi, noaniq

46. Ikkinchi  taym boshlandi


45+1. Birinchi taym tugadi. Hozircha 1:1

45+1. Maydonda ikki jamoa azolari urishib ketishdi. Fahad Al Muvalladga sariq kartochka ko'rsatildi

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shib berildi

40. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! Abduxoliqov dublga erishishi mumkin ediya! Uning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi!

36. Jamshid Iskanderovning jarimadan uzatgan ajoyib pasini Abduxoliqov ohistagina darvozaga joylab qo'ydi

36. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! TEMURXO'JA ABDUXOLIQOOOOOOOOOV! 1:1 VIDEONI TELEGRAMDA KO'RISH


33. ZARBA! O'ng qanotdan oshirilgan to'pni Amanov boshi bilan darvozaga yo'lladi, darvozabon o'z o'rnida

31. UXXXX! Burchak to'pidan keyin Sardor Mirzaev sal qolsa avtogol sohibiga aylanardi

30. ZARBAAAA! Hozir Fahad Al Muvallad deyarli maydon markazida to'pni egallab "Loko" jarima maydoniga etib keldi, uning zarbasi yo'liga to'g'anoq bo'ldi


27. ZARBA! Uzoq davom etgan hujumni Arslanmurat Amanov noaniq zarba bilan yakunladi

23. Xavfli vaziyat! Fahad Al Muvallad birga bir vaziyatdan zarba berdi, xayriyatki Ilyosov to'pni ushlab oldi

18. "Lokomotiv" hujumga o'tdi, Arslanmurat esa raqibni aldab o'ta olmadi

15. Zarba! Temurxo'ja Abduxoliqovning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi.

13. Afsuski tezkor gol o'tkazib yubordik, endi "Lokomotiv"ga ikki karra qiyin bo'ladi. 

12. GOL! Romarino burchak to'pidan so'ng hisobni ochdi - 0:1 VIDEONI TELEGRAMDA KO'RISH


10. ZARBAAA! Arslanmurat Amanovning zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi

5. Xavfli vaziyat! Bu safar chap qanotdan Turopov to'pni oshirdi, Yovan Jokich zarba berdi, to'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi. Burchak to'pi esa hech qanday samara keltirgani yo'q

2. Dastlabki daqiqalarda tashabbus "Lokomotiv" tomonida. Ikki marta Zoteevning chap qanotidan hujum tashkil etildi, ammo samara keltirgani yo'q. 

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Hozircha stadionga u qadar ko'p muxlis kelgani yo'q.

"Lokomotiv" - "Al Ittihod". Stadionga kelayotgan go'zallar


- Har ikkala jamoa azolari chigalyozdi mashg'ulotlarini yakunlab kiyim almashtirish xonasiga kirib ketishdi. O'yin boshlanishiga 10 daqiqa qoldi

- Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi. 



YANGILASH


Reyting: -73   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика