So’nggi yangiliklar

01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  0 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  1 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  9 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5 18:30"Сурхон" россиялик футболчиси билан келишувини 2 йилга узайтирди  5

OCHL-2018. “Nasaf” – “Persepolis”. O'yinoldi rasmiy tadbirlar haqida Yangiliklar

OCHL-2018. “Nasaf” – “Persepolis”. O'yinoldi rasmiy tadbirlar haqida

Teglar :  NasafPersepolis
2 aprel dushanba kuni Qarshidagi “Markaziy” stadionda, “Nasaf” hamda Eronning “Persepolis” klublari o'rtasida OCHL-2018 guruh bosqichining 5-tur uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Uchrashuv soat 19:30da boshlanadi.

Ushbu uchrashuvdan bir kun avval, yani ertaga yakshanba kuni o'yinoldi rasmiy tadbirlar bo'lib o'tadi.

“Persepolis” vakillari ishtirokidagi o'yinoldi matbuot anjumani soat 12:00da boshlanadi. Unda jamoa bosh murabbiyi va jamoaning bir nafar futbolchisi ishtirok etishadi.  

"Nasaf" ustozi va bir nafar futbolchi ishtirokidagi matbuot anjumani esa 12:30da boshlanadi.

O'yinoldi matbuot anjumanlari “Markaziy” stadionning anjumanlar zalida bo'lib o'tadi.

SHu kuni har ikkala klub rasmiylari ishtirokidagi yig'ilish (miting) soat 13:30da boshlanadi. Yig'ilish ham “Markaziy” stadionda bo'lib o'tadi. Unda bir qator tashkiliy masalalar qatori, bo'lajak uchrashuvda jamoalarning qanday liboslarda maydonga tushishiga aniqlik kiritiladi.

“Nasaf”ning o'yinoldi rasmiy mashg'uloti ertaga  soat 18:30da boshlanadi.

“Persepolis” jamoasining o'yinoldi rasmiy mashg'uloti esa soat 19:30da boshlanadi. O'yinoldi rasmiy mashg'ulotlari ham  “Markaziy” stadionda o'tkaziladi.

Jurnalistlarga rasmiy mashg'ulotlarning dastlabki 15 daqiqasini kuzatish imkoniyati beriladi.

O'yinoldi matbuot anjumanlarida va jamoalarning rasmiy mashg'ulotlarida klub tomonidan akkreditaciyadan o'tgan jurnalistlar ishtirok etishlari mumkin.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика