So’nggi yangiliklar

23:00Миллатлар лигаси. Англия Ирландиядан устун келди, Грузия, Молдова ва Арманистондан ишончли ғалаба  0 22:54Миллатлар лигаси. Тез орада бошланадиган Германия, Нидерландия ва Украина терма жамоалари иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари маълум  0 22:26FourFourTwo ўз талқинига кўра тарихдаги энг яхши итальян мураббийини эълон қилди  6 21:58Луис де ла Фуэнте "Барселона" футболчисининг жароҳатини маълум қилди  1 21:28Нима?! Серхио Рамос "Реал"га қайтиши мумкин  2 20:48Довбик жароҳат сабаб Украина терма жамоасидан Римга қайтди, "Рома" Шомуродовни кейинги ўйинга қўйиши мумкин  4 20:28Ўткир Юсупов қайтди, Ўзбекистон МТЖ машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  14 19:56Мадрид дербисидан аввал "Атлетико" "Реал"дан 2 кун кам дам олади. Бу Симеоне жамоасига ёқмаяпти  1 19:26Журналист: "Мураббий терма жамоани тарк этиши керак эди, унинг услублари эскирди"  9 18:44Трансфер мувозанати бўйича кўрсаткичларда АПЛ клуби 1,3 млрд евро зарарда экан  1 18:21Кроос Роналдунинг 900та голи ҳақида: "Машғулотларда урган голларимни қўшсам ҳам бунча бўлмайди"  1 17:39Футзал. Афғонистон терма жамоаси Тошкентда  6 17:192015 йилдан бери трансферларга энг кўп пул ишлатган клуб номини биласизми?  7 17:05Мундиал-2026. Рустам Ашурматов билан Қозондаги катта интервью   1 16:26Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси Вьетнамни таслим қилди  4

OCHL-2017 saralashi. "Nasaf" - "Al Hidd" 4:0 yoxud "ajdarlar" keyingi bosqichda Yangiliklar

OCHL-2017 saralashi. "Nasaf" - "Al Hidd" 4:0 yoxud "ajdarlar" keyingi bosqichda

Teglar :  NasafAl Hidd
OCHL-2017 pley-off bosqichi doirasidagi "Nasaf" - "Al Hidd" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

OCHL-2017, o'tish bosqichi.
“Nasaf” (Qarshi) - “Al-Hidd” (Bahrayn) 4:0
31 yanvar 2017. Toshkent. “Bunyodkor” stadioni. 16:00
Hakamlar:
Gamini Nivon Robish, Loku Udayakantha, Vellabada Primalal, Rajakrishna Kutiappa Rajaratnam (barchasi SHri Lanka)
Nazoratchi: Umar Muso Abu Lum (Iordaniya)
Komissar: Talal Ali Alsvaylmin (Iordaniya)

Gollar: SHahboz Erkinov 16, - 1:0. Igor Golban 26, - 2:0. Doniyor Narzullaev 76, - 3:0. Dragan CHeran 90+1, - 4:0.

"Nasaf": 35.Sanjar Quvvatov, 2.Akmal SHorahmedov, 6.Aziz G'aniev, 15.SHahboz Erkinov (45.Bobir Adbuholiqov, 79), 16.Bahrom Abdurahimov, 20.Islom Kenjaboev (38.Doniyor Narzullaev, 69), 22.Igor Golban, 23.SHerzod Azamov, 33.Odil Hamrobekov (10.Dilshod Rahmatullaev, 86), 34.Farruh Sayfiev, 69.Dragan CHeran.

Zaxira: 25.Eldorbek Suyunov, 4.Maqsud Karimov, 14.SHarof Muhitdinov, 27.Islom Rashidxonov.

"Al Hidd": 1.Abbos Ahmad, 2.Abdulla Fatadi (4.Ahmad Ibrohim Alhattal, 56), 6.Uche Agba, 7.Muhammad Al Dovud, 10.Akarndut Orok, 15.Ibrohim Al Obajli, 16.Said Muhammad Adnan,  17.Ifedayo Olusegun, 18.Isa Musabbah, 23.Rashid Al Xuti, 24.Ahmad Buhammar.

Zaxira: 21.Mahmud Mansur, 9.Abdulla Nosir Alsoqir, 12.Hamad Al Banki, 28.Holid Alsamhari, 29.Muhammad Maki Ali, 30.Ali Said.

Ogohlantirishlar: Ahmad Bugxammar 50


                                  MATNLI TRANSLYACIYA

                                            YANGILASH

O'YIN TUGADI. "Nasaf" ajoyib g'alabaga erishib keyingi bosqichga chiqdi. Endi 7 fevral kuni jamoa Saudiya Arabistonida "Al Fateh" mehmoni bo'ladi.

90+1. Legioner hujumchi uzoq masofadan chiroyli gol urdi! Geym, set, match deydilar buni!

90+1. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! CHERAAAAAAAAAAAAAAAAAAAN! 4:0

90. O'yinga 3 daqiqa qo'shildi

88. XAVFLI VAZIYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAT! Bobir Abdixoliqov birga bir vaziyatga chiqdi, ammo darvozabonni nishonga oldi! SHorahmedovdan ajoyib pas bo'lgandi

87. Bugun Sanjar Quvvatovga uncha ko'p ish bo'lmadi, lekin ish bo'lganda ham yaxshi o'ynadi

85. O'zgarish. "Nasaf". Odil Hamrobekov o'rniga Dilshod Rahmatullaev tushdi

83. "Al Hidd" taqdirga tan berib bo'ldi. Faqat hisobni qisqartirish uchun o'ynamoqda raqiblar

81. ZARBA! Aziz G'anievning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi!

78. O'zgarish. "Nasaf". SHahboz Erkinov o'rniga Bobir Abdixoliqov tushdi

78. "Al Hidd" o'yindan tashqari holatdan keyin gol urdi, tabiiyki gol hisoblanmadi

76. CHap qanotdan tashkil etilgan hujumni zaxiradan maydonga tushgan Doniyor gol bilan yakunladi - 3:0

76. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! DONIYOR NARZULAAAAAAAAAEV! 3:0

75. O'yinni ko'rish uchun stadionga 2888 tomoshabin keldi

74. "Nasaf"ning hujumi CHeranning aqlli pasidan keyin Erkinov birga bir vaziyatga chiqdi, biroq SHahbozning zarbasi noaniq chiqdi

72. "Pele" maydonga tushishga tayyorlanmoqda

70. "Nasaf" to'liq tashabbusga ega bo'lmoqda, hisobni yiriklashtirish shart!

Bugungi kashfiyot Islom Kenjaboev haqida

69. O'zgarish. "Nasaf". Islom Kenjaboev o'rniga Doniyor Narzullaev tushdi

65. Islom Kenjaboevda ajoyib imkoniyat bo'lgandi, biroq uning zarbasi noaniq va kuchsiz chiqdi

60. "Al Hidd" ham hujumlarga o'tib hisobni qisqartirishga urinmoqda. Xavfli vaziyatlar ko'paymoqda.

56. ZARBA! Islom Kenjaboevning zarbasi yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi

55. O'zgarish. "Al Hidd". Abdulla Fatadi o'rniga Ahmad Al Xattal tushdi

51. ZARBAAAAAAAA! G'anievning jarimadan yo'llagan zarbasini darvozabon ushlab qoldi

51. Islom Kenjaboev bugungi o'yinning haqiqiy kashfiyoti

50. Ogohlantirish. "Al Hidd". Ahmad Bugxammar

47. ZARBA! Azizjon G'anievning zarbasi noaniq ketdi

46. Ikkinchi taym boshlandi


45+2. Birinchi taym tugadi. 2:0 "Nasaf" oldinda

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi

45. Abdulla Fatadi burchak to'pini amalga oshirdi, Quvvatov o'z o'rnida

44. ZARBAAAAAAAAAAAAAAA! Raqib himoyachisi to'pni qaytarishda xatoga yo'l qo'ydi. Erkinov darvozabon bilan birga bir vaziyatda noaniq zarba berdi!

42. Birinchi taym yakunlanmoqda. Hozircha barchasi "Nasaf" uchun yaxshi o'tmoqda

37. Zarba! Azizbek G'anievning zarbasi noaniq ketdi!

34. "Nasaf"ning ajoyib hujumi... Kenjaboev-Hamrobekov-SHorahmedov kombinaciyasini CHeran yakunlay olmadi

32. Olesegunning zarbasini Sanjar Quvvatov ushlab oldi

29. ZARBAAAAAAA! "Al Hidd"ning o'yindagi ilk zarbasini Sayid Muhammad Adnan yo'lladi, xavfli lekin noaniq

28. Mehmonlar hujumga o'tishga urinishmoqda.

26. Dubl dva. Akmal SHorahmedov jarima to'pini amalga oshirdi, Igor Golban boshi bilan gol urdi 2:0!

26. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! GOLLLLLLLLBAAAAAAAAAAAAAAAAAAN!

25. Yana gol urilgan vaziyatdagi kabi jarima to'pi!

23. O'yin bir maromda davom etmoqda.

17. Yana bir xavfli vaziyat. Erkinov to'pni o'tkazib yubordi, Islom Kenjaboev zarba bera olmadi.

16. Akmal SHorahmedov jarima to'pini amalga oshirdi, SHahboz Erkinov boshi bilan gol urdi 1:0!

16. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ERKINOOOOOOOOOOOOOOV!

15. Mehmonlar o'yin boshidan himoyada o'ynashmoqda. "Nasaf"ning hujumlari soni ortib bormoqda. Faqat gol kerak.

10. Xavfli vaziyayayayayayayayayayayayayayayat! Erkinov to'pni egallab olib sheriklariga uzatdi, Islom Kenjaboev boshi bilan noaniq zarba berdi!

7. ZARBAAAAAAAAAAA! Burchakdan G'aniev tomonidan uzatilgan to'pni SHahboz Erkinov boshi bilan darvozaga yo'lladi, darvozabon to'pni qaytardi!

3. Islom Kenjaboev chap qanotdan jarima maydoniga yorib kirishga urindi. Biroq raqibga qo'pollik ishlatdi.

2. Dastlabki jarima to'piga mehmonlar ega bo'lishdi. Darvozaga chamasi 27 metr masofa bor

2. Saytimiz muxlislaridan mana bunday ruhdagi fikrlarni o'qish yoqimli:

liverpoolfc: Nasaf Sirdaryo sen bilan!!!

Galakticos: Buxorodan omad

1. DIQQAT O'YIN BOSHLANDI!

- Ayni paytda Toshkentda havo harorati 4 daraja iliqni ko'rsatmoqda. Umid qilamizki o'yin "qaynoq" kechadi va biz muzlab qolmaymiz)

- Ikkala jamoa maydonga tushib keldi. "Nasaf" oq, "Al Hidd" ko'k rangli formada...

- Bugun Akmal SHorahmedov o'zi uchun qadrdon bo'lib qolgan stadionda "Nasaf" libosida ilk bor maydonga tushadi.

- Stadionda "islandcha olqish" ajoyib tarzda amalga oshirildi. Uchrashuv boshlanishiga barcha narsa shay!


- Bahs boshlanishiga 10 daqiqa qoldi. Stadionda taxminan 1000 dan ortiq muxlis bor

- "Bunyodkor" stadionida muxlislar ko'p deya olmaymiz, lekin futbol muhiti sezilib turibdi. O'zbekistonda 2017 yilgi dastlabki rasmiy o'yin bugun bo'ladi.

- Ikkala jamoa azolari chigalyozdi mashg'ulotlarini bajarib kiyim almashtirish xonasiga kirib ketishdi.

- Uchrashuvning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.



Reyting: +68   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика